Muddatli omonatlar haqida mashhur savollar
TBC Bank muddatli omonatlari haqida ko‘p beriladigan savollarga javoblar. Muddatli omonatlarni so‘mda va dollarda ochish mumkin. Maqsadingizga mos shartlarni o‘zingiz tanlaysiz.
Siz izlagan savol bo‘lmasa, operatorlarimizdan so‘rang. Qo‘llab-quvvatlash markazimiz har kuni ishlaydi. Telefon: 1150
Hech qanday. Shunchaki TBC UZ ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. Muddatli omonat ochish uchun:
- "Omonatlar" bo‘limini toping.
- "Omonat ochish" tugmasini bosing.
- "Muddatli omonatlar"ni tanlang.
- Omonat shartlarini maqsadingizga moslang va "Keyingisi" → "Ochish" tugmasini bosing.
Eslatma: 100 000 so‘mdan boshlab muddatli omonat ochish mumkin.
Ha, 13 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga to‘ldiriladigan omonat ochsangiz bo‘ladi. Omonat ochish uchun minimal summa — 1000 dollar.
Dollarda omonat ochish uchun: "Omonatlar" → "Omonat ochish" → "Muddatli omonatlar" bo‘limiga kiring va omonat valyutasini dollarga o‘zgartiring.
Foizlarni biz har kuni hisoblaymiz va bir oyda bir marta — omonat ochilgan sanada to‘lab beramiz. Hisob-kitob uchun omonatdagi kunlik minimal qoldiqdan foydalanamiz.
Omonat ochilgan sanada. Misol uchun, agar omonatni 14-mayda ochgan bo‘lsangiz, foizlar har oyning 14-sanasida kartangizga o‘tkaziladi.
15 ta:
- 10 ta muddatli omonat — so‘mda.
- 5 ta muddatli omonat — dollarda.
Bu omonat turiga bog‘liq:
● To‘ldirilmaydigan va pul yechilmaydigan omonatda — 5 milliard so‘m;
● To‘ldiriladigan va qisman pul yechilmaydigan omonatda — 2 milliard so‘m;
● To‘ldiriladigan va qisman pul yechiladigan omonatda — 1 milliard so‘m;
● Dollardagi omonatda — 50 ming dollar.
Ha, TBC Bankda barcha omonatlar "Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida"gi qonun asosida davlat tomonidan sug‘urtalangan.Ya‘ni, mabodo sug‘urta hodisasi yuz bersa, davlat har qanday omonatingizdan 200 mln so‘mgacha bo‘lgan qismini qaytaradi, qolgan summani esa biz qoplab beramiz.
Ha, lekin foiz stavkasi pasayishi mumkin. Avval hisoblangan va to‘langan foizlar yangi stavka bo‘yicha qayta hisoblanib, farq omonat summasidan olib qolinadi.
Muddatli omonatni baribir yopmoqchi bo‘lsangiz: yopmoqchi bo‘lgan omonatingizni tanlang → "Boshqasi" → "Omonatni yopish".