Osmon Card

TBC Osmon — haqiqiy foyda keltiruvchi kredit karta

55 kungacha foizsiz kundalik xaridlar uchun

  • 1 minutda*

    javob chiqadi

  • 50 mln so‘mgacha

    limit ajratiladi

  • Bepul

    yetkazib beriladi

*oxirgi 100 000 foydalanuvchi orasida kredit kartasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun sarflangan o‘rtacha vaqt. Aniq vaqt kredit tarixingizga bog‘liq va bir minutdan kam yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Har qanday vaziyatda — pul yoningizda

Bir marta ariza berasiz

Pul doim kartangizda bo‘ladi

Birdan virtual karta ham ochiladi

Plastik kartani 3 kunda yetkazib beramiz

Faqat sarflangan pul uchun foiz to‘laysiz

Ortiqcha to‘lovlar yo‘q

Umuman foiz to‘lamasangiz ham bo‘ladi

Agar qarzni foizsiz davr ichida qaytarsangiz

Mastercard bilan yangi imkoniyatlar

Aeroport biznes zaliga kirish —LoungeKey

Yiliga 2 marta bepul

Nazoratdan tezroq o‘tish xizmati — Fast Track

Yiliga 2 marta bepul

Butun dunyo bo‘ylab rouming — Flexiroam

1 GB bepul internet

Foizsiz davr qanday hisoblanadi?

U 25 kundan 55 kungacha davom etadi. Xarid boshlangan sanani tanlang — foizsiz davrni ko‘rasiz

* Qarzdorlikni to'lov muddatining istalgan kunida to'lashingiz mumkin

TBC Osmon ochish 3 ta oddiy qadamdan iborat

01

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab oling

App Store yoki Google Play’dan quyidagi QR-kod orqali

02

Kartaga ariza yuboring

Ilovaning bosh ekranidagi «Kartalar» bo‘limida

03

Javobni kuting

15 daqiqadan so‘ng internet-do‘konlarda xaridlarni to‘lash mumkin bo‘ladi

TBC Osmon buyurtma qiling — virtual karta birdan ochiladi

Limit ma’qullangach, virtual kartani birdan ochib beramiz, plastik kartani 3 kunda yetkazamiz

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling

Savollar va javoblar

TBC Osmon’ni 18 yoshdan oshgan, ammo pensiya yoshiga yetmagan har qanday O‘zbekiston fuqarosi rasmiylashtirishi mumkin. Shuningdek, sizda doimiy daromad va ijobiy kredit tarixi bo‘lishi kerak — unda kechikishlar va qarzlar bo‘lmasligi kerak.  

TBC Bank Uzbekistan ilovasida ro‘yxatdan o‘ting, asosiy ekranda “Barcha xizmatlar” knopkasini bosing va kredit kartani tanlang. Arizani bering, natijani kuting va ekrandagi ko‘rsatmaga amal qiling.


Avval virtual karta chiqaramiz — u bilan O‘zbekistonda va xorijda onlayn xaridlarni to‘lashingiz mumkin. Agar oflayn xaridlarni ham to‘lashni istasangiz, TBC Osmon plastik kartasiga buyurtma bering. Biz uni bepul chiqaramiz va uyingizgacha yetkazib beramiz.  

O‘zbekistonning ushbu shaharlarida:  
• Olmaliq;  
• Angren;  
• Andijon;
• Bekobod;  
• Buxoro;  
• Qarshi;  
• Qibray;  
• Namangan;  
• Nurafshon;  
• Samarqand;  
• Toshkent;  
• Urganch;  
• Farg‘ona;  
• Chirchiq.  
Agar shahringiz ro‘yxatda bo‘lmasa, kartani sizga eng yaqin TBC nuqtasiga yetkazib beramiz. Uni ushbu xaritadan topishingiz mumkin  

Ha, salbiy kredit tarixi bilan tizim arizani avtomatik rad etishi yoki kamroq kredit limitini tasdiqlashi mumkin.  

Bu sarflangan pulni qo‘shimcha to‘lovlarsiz qaytarish mumkin bo‘lgan muddat. 

 
TBC Osmon imtiyozli davri 55 kungacha davom etadi va ikki bosqichga bo‘linadi:  
• Hisobot davri — xaridlar uchun 30 kungacha. Bu davrning oxirida ko‘chirma shakllanadi.  
• To‘lov davri — xarid uchun sarflangan summani foizsiz qaytarish uchun ko‘chirma shakllantirilgandan keyin 25 kun.

  
Agar hisobot davrining birinchi kunida TBC Osmon bilan xarid qilgan bo‘lsangiz, pulni kartaga qaytarish uchun roppa-rosa 55 kun vaqtingiz bo‘ladi. Agar hisobot davrining oxirgi kunida xarid qilinsa, imtiyozli davr 26 kun bo‘ladi: hisobot davrining 1 kuni va to‘lov davrining 25 kuni.

Bu — kredit karta orqali xaridlar va to‘lovlarga sarflash uchun bank tomonidan ruxsat berilgan eng katta summa. Xaridlar uchun foiz to‘lamaslik uchun sarflangan barcha summani imtiyozli davr ichida qaytarishingiz kerak.


Ariza topshirishda limit summasini o‘zingiz tanlaysiz, ammo yakuniy qarorni skoring tizimi qabul qiladi — u kamroq yoki ko‘proq summani tasdiqlashi mumkin.

Ha, Mastercard kartalariga xizmat ko‘rsatadigan har qanday bankomatda.  
Faqat ikki shartni esdan chiqarmang:


• Naqd pul yechib olish uchun bankomat komissiyasi hamda kredit karta amaliyoti uchun 3%, ammo kamida 90 000 so‘m komissiya olinadi.  
• Naqd pul olishda imtiyozli davr qo‘llanilmaydi. Ya’ni, yechilgan summaga har kuni naqd pul yechib olish uchun belgilangan stavka bo‘yicha foizlar hisoblanadi.  

Ha, TBC Bank Uzbekistan va payme ilovalarida.

Kredit kartaning imtiyozli davri boshqa kartaga pul o‘tkazilganda amal qilmaydi. Ya’ni, o‘tkazilgan summaga naqd pul yechib olish uchun belgilangan foiz stavkasi bo‘yicha har kuni foizlar hisoblanadi. Bu foiz stavkasini TBC UZ ilovasining: TBC Osmon — "Shartlar" bo‘limida bilib olishingiz mumkin.

Ha. Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ertasi kuni jarimalar hisoblanishni boshlaydi: birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, keyin esa qarz to‘lanmaguncha har bir kechiktirilgan kun uchun 0,35% dan.

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

Yordam bo‘limiga o‘ting

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz

Xaritani ochish

Agar kartangiz TBC Osmon Humo bo'lsa, o'ng tomondagi knopka orqali uning sahifasiga o'ting

TBC Bank kredit kartasi

 

TBC Osmon — bu shunchaki bank puli saqlanadigan plastik karta emas, balki qo‘shimcha mablag‘ kerak bo‘lib qolganda yordam beradigan qulay vosita. Karta orqali xaridlar uchun 55 kungacha foizsiz davr bor: to‘lov muddati tugaguncha sarflangan pulni qaytarsangiz, foiz hisoblanmaydi. Kredit limiti ko‘pi bilan 50 mln so‘mgacha. Kartani xaridlar va xizmatlarni to‘lash uchun istalgan ilova, servis yoki onlayn do‘konga ulasangiz bo‘ladi.

 

TBC Osmon kredit kartasi qanday ishlaydi?

 

TBC Osmon — bu bank puli saqlanadigan kredit karta. Undan har qanday xarid uchun foydalanish mumkin bo‘lgan. Agar siz pulni sarflab, uni imtiyozli davrning oxirigacha qaytarsangiz, foiz hisoblanmaydi. Qarzni o‘z vaqtida to‘lashga ulgurmasangiz, to‘lanmagan summaga foizlar hisoblanadi. Lekin kartangizni to‘ldirib, qarzni to‘liq yopsangiz, foizlar hisoblanishi to‘xtaydi.

 

Imtiyozli davr 55 kungacha davom etadi va ikki qismga bo‘linadi: hisobot va to‘lov davri. 30 kungacha davom etadigan hisobot davrida bank karta bo‘yicha barcha amaliyotlarni qayd etadi va ko‘chirma shakllantiradi. Keyin 25 kunlik to‘lov davri boshlanadi, bu davrda barcha xaridlar uchun minimal yoki to‘liq to‘lovni to‘lashingiz kerak.

 

TBC Osmon afzalliklari

 

Kartaning asosiy afzalligi — uzoq muddatli imtiyozli davr: har qanday xarid uchun 55 kungacha. Agar muddat tugaguncha sarflangan pulni kartaga qaytarsangiz, foizlar hisoblanmaydi. Yana bir afzallik — 50 mln so‘mgacha kredit limiti. Bu puldan oflayn xaridlar uchun ham, onlayn to‘lovlar uchun ham foydalanishingiz mumkin: saytlar va servislarda mahsulotlarni cheklovlarsiz to‘lang.

 

TBC Osmon kartasiga buyurtma berish uchun minimal talablar

 

TBC Osmon kredit kartasini 18 yoshdan oshgan har bir O‘zbekiston fuqarosi ochishi mumkin. Buning uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasida ro‘yxatdan o‘tsangiz va doimiy daromadga ega bo‘lsangiz, bo‘ldi. Kartani chiqarish va yetkazib berish bepul.

 

TBC Osmon kredit kartasini qanday ochish mumkin?

 

TBC Osmon kartasini ushbu havola orqali TBC Bank Uzbekistan ilovasida ochishingiz mumkin. "Kredit kartasi" bo‘limida onlayn arizani to‘ldiring, yetkazib berish manzilini tanlang — uyingizgacha yoki o‘zingizga qulay TBC nuqtasiga yetkazamiz. Kartani chiqarish va yetkazib berish ko‘pi bilan uch kun vaqt oladi.

 

TBC Osmon kartasidan qanday foydalaniladi?

 

Kredit karta har qanday xaridlar, xizmatlar va onlayn servislarni to‘lash uchun mos keladi. TBC Osmon kartasini payme go yoki QR kod orqali to‘lash uchun payme’ga ham ulashingiz mumkin. Yagona cheklov — pul o‘tkazmalari va naqd pul yechish: bu amaliyotlar uchun komissiya olinadi va imtiyozli davr amal qilmaydi.

 

TBC Osmon kredit kartasi foizlari qanday ishlaydi?

 

Xaridlar uchun foizlar faqat bitta holatda hisoblanadi: imtiyozli davr tugaguncha hamma qarzni to‘lamagan bo‘lsangiz. Agar kartadan foydalanmasangiz va pul shunchaki balansda tursa, buning uchun foiz hisoblanmaydi.

 

TBC Osmon kartasini to‘ldirish

 

Humo kartalarini qabul qiluvchi istalgan bank terminalida kartani to‘ldirish mumkin. Shuningdek, TBC Bank Uzbekistan ilovasi, payme va boshqa to‘lov servislarida ham TBC Osmon kartasiga pul o‘tkazishingiz mumkin.

 

TBC Osmon kredit limiti

 

Kredit limiti — bu kartani chiqarganda bank o‘zi ajratadigan pul. Kartani o‘z vaqtida to‘ldirib, bu pulni har qanday onlayn va oflayn xaridlarga sarflashingiz mumkin. TBC Osmon kredit kartasi uchun maksimal limit — 50 mln so‘m. Kartani ochishda tizim arizangizni avtomatik tekshiradi ва daromad darajasi hamda kredit tarixi asosida mos summani aniqlaydi. Agar kartadan doimiy foydalansangiz va to‘lovlarni o‘z vaqtida qaytarsangiz, bank limitingizni oshirishi mumkin. Ammo takroriy kechikishlar bo‘lsa, kredit limiti kamayishi ham mumkin.

 

Kreditning kredit kartadan farqi nimada?

 

Kredit foizlari uni olishingiz bilanoq butun qarz summasi uchun hisoblanadi. Hatto siz hali puldan foydalanmagan bo‘lsangiz ham. Kredit kartada foizlar faqat sarflangan summaga va 55 kungacha davom etadigan imtiyozli davr tugagandan keyin hisoblanadi.

Kredit karta
Credit card
Online kredit karta ochish
Kredit karta olish
Kredit karta nima