Ishchilarga oyliklarni onlayn to‘lang

Hujjat yig‘ishga va bankka borishga vaqt sarflamang

Xodimlaringiz uchun TBC Salom Visa buyurtma qiling — bu foydali karta

TBC Salom — sizni maftun qiladigan karta

Kartani bepul chiqarib va yetkazib beramiz

0%

TBC Bank Uzbekistan ilovasida bepul o‘tkazmalar

O‘zbekistonda chiqarilgan istalgan Humo va Uzcard kartalariga

1%

Har bir xariddan keshbek

hamkorlardagi xaridlar uchun esa 5% keshbek

12%

Kartada turgan pul uchun bonus

balansda kamida 100 000 so‘m qolgan kunlarda

10М

Naqd yechilganda komissiya qaytariladi

Visa kartasi ishlaydigan istalgan bankomatda

Biznesingizni soddalashtirishga tayyormisiz?

TBC Biznesda ish haqi loyihasini ulang va hamma to‘lovlarni
kun-u tun onlayn boshqaring

ulash

Ortiqcha hujjatlarsiz tezda ro‘yxatdan o‘tasiz

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Bu xodimlarga ish haqini bank orqali to‘lash xizmati. TBC Biznes ish haqi loyihasi bilan xodimlarga maosh, mukofotlar, bonuslar va boshqa to‘lovlarni yuborishingiz mumkin.  

Loyiha xodimlariga maosh yuboradiganlarga mos keladi. Xizmatdan yakka tartibdagi tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes vakillari hamda buxgalterlar foydalanishlari mumkin.  

tbcbusiness.uz saytidagi akkauntingizga kirib, “Ish haqi loyihasi” bo‘limiga o‘ting va yangi loyiha yarating.  


Yo‘riqnomaga havola↗

TBC Biznes shaxsiy kabinetiga kiring “Ish haqi loyihasi” “Xodim qo‘shish”ni tanlang.  


Yo‘riqnomaga havola↗

Xodimning pasport yoki ID-karta raqami va JSHSHIR kerak.  

Yo‘q. Ish haqi to‘lovlarini faqat TBC Salom Visa va Humo kartalariga yuborish mumkin.

Xodimda bunday karta bo‘lmasa, uni TBC Bank Uzbekistan ilovasi orqali bepul ochsa bo‘ladi.  

“Ish haqi loyihasi” bo‘limida xodimlar ro‘yxatini oching. U yerda loyihaga qo‘shilgan barcha xodimlar ko‘rsatiladi.  

“Ish haqi loyihasi” bo‘limidagi xodimlar ro‘yxatini ochib, kerakli xodimni tanlang va “O‘zgartirish” tugmasini bosing.  

Xodimlar ro‘yxatida kerakli xodimni tanlab, “O‘chirish” tugmasini bosing.  

Xodim TBC Salom kartasini TBC Bank Uzbekistan ilovasida ochishi mumkin. Kartani chiqarish va yetkazib berish bepul va 3 kun davomida tayyor bo‘ladi.

 

Karta faollashtirilganidan keyin uning ma’lumotlari ish haqi loyihasiga avtomatik qo‘shiladi.  

Kartalarga xizmat ko‘rsatish bepul.  

Karta egalari quyidagi afzalliklarga ega bo‘ladilar:

 

  • hamkorlarda qilgan xaridlar uchun 5% keshbek.
  • TBC Salom Visa kartasi bilan qilingan xarid va to‘lovlar uchun 1% keshbek.
  • TBC Bank Uzbekistan ilovasida komissiyasiz pul o‘tkazmalari.
  • Oyiga 10 million so‘mgacha naqd pulni komissiyasiz yechib olish.
  • karta hisobidagi qoldiq summaga yillik 12% gacha daromad.  

 

Kartaning barcha bonuslari haqida ushbu sahifada bilish mumkin.  

TBC Biznes’da pastki o‘ng burchakdagi menyuni ochib “Ish haqi”  “Yangi ish haqi vedomosti” bo‘limiga o‘ting. Keyin ma’lumotlarni qo‘lda kiriting yoki tayyor faylni tizimga yuklang.  

Ha. Xodimning qayerda bo‘lishining farqi yo‘q. Asosiysi unda TBC Salom Visa yoki Humo kartasi bo‘lishi kerak. Xodim xorijda yashasa yoki yashashni rejalashtirayotgan bo‘lsa, TBC Salom Visa kartasini ochishi mumkin. Karta butun dunyo bo‘ylab ishlaydi.  

Ha, bunday o‘tkazmalar uchun cheklovlar yo‘q.