TBC Salom — sizni maftun qiladigan karta

Mukofot beradi, foizlarni qaytaradi

  • 12% mukofot

    o'chirish va yoqish mumkin

  • 1% keshbek

    har bir xariddan

  • Foizsiz

    to‘ldirish, pul yechish va o‘tkazish

Yangi imtiyoz va bonuslarga — Salom!

Har bir xariddan 1% keshbek

va hamkorlardan yana 5%

TBC Bank Uzbekistan’da pul o‘tkazish 0%

TBC Bank Uzbekistan’da pul o‘tkazish 0% shuningdek, kartani bankomat orqali to‘ldirganda komissiya qaytariladi

Oyiga 10 mln so‘mgacha

komissiyasiz pul yechish mumkin

Yillik 12% mukofot kartadagi 100 000 so‘mdan ko‘p qoldiq uchun

“Kartani boshqarish” bo‘limida uni o‘chirishingiz yoki yoqishingiz mumkin

VISA Platinum bilan dunyoni kashf qiling

TBC Salom egalari uchun premium xizmatlar va imtiyozlar

Chegarasiz to‘lovlar va xaridlar

195+

davlatda karta qabul qilinadi

Sayohatlarda qulaylik

Aeroportlardagi Fast track va biznes zallar

Batafsil

Sodiqlik dasturi doirasida 5% gacha keshbek qaytaramiz

Karta mutlaqo bepul

Ilovaga kirib, ariza qoldiring. Kartani 3 kun ichida uyingizgacha bepul yetkazib beramiz

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Shunchaki ikkinchi kartaga buyurtma bering. "Kartalar" bo‘limiga o‘ting, ekranning yuqori qismidagi "+" belgisini bosing, pastdagi kartalar ichidan ikkinchi TBC Salom kartasini tanlang.  

Yo‘q, qayta chiqarish bepul.

Kartani chiqarish ham, uygacha yetkazib berish ham bepul.

Yo‘q, biz hech qaysi karta amaliyoti uchun komissiya olmaymiz. Komissiyani faqat boshqa bank bankomatlari, to‘lov terminallari, shuningdek, siz to‘lov qilgan ilova va servislar olishi mumkin.  

Bu kartaga bog‘liq:

  • TBC Salom Humo — har oy hamkorlarimizdan va maxsus kategoriyalarda qilingan xaridlar uchun 5% keshbek hisoblaymiz. Keshbekni keyingi oyda o‘tkazib beramiz.
  • TBC Salom Visa — har oy hamma xaridlar uchun 1% va hamkorlarimizdan hamda maxsus kategoriyalarda qilingan xaridlar uchun 5% keshbek hisoblaymiz. Keshbekni oy oxirida o‘tkazamiz.  

Agar funksiya yoqilgan bo‘lsa, har kuni kartada 100 000 so‘mdan boshlab qolgan mablag‘ uchun yillik 12% hisoblaymiz. Foizlarni TBC Salom Visa kartalari uchun o‘sha oy oxirida, TBC Salom Humo kartalari uchun esa keyingi oy o‘rtasida to‘lab beramiz. Summa bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

Misol: agar oyning 30 kunidan faqat 5 kuni davomida kartada 100 000 so‘mdan ko‘p pul bo‘lsa, foizlar faqat o‘sha 5 kun uchun hisoblanadi.

Bonusni TBC Uzbekistan ilovasida yoqishingiz mumkin: TBC Salom → "Boshqa" → "Qoldiq uchun mukofot".  

Ha, buning uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasida ikkinchi kartaga buyurtma bering. “Kartalar” bo‘limiga kiring, ekranning yuqori qismidagi “+” belgisini bosing, pastdagi kartalar ichidan ikkinchi TBC Salom kartasini tanlang.  

Avval ochgan TBC Salom Humo kartangiz cheklovlarsiz ishlashda davom etadi. Tariflar haqida batafsil ma’lumotni o‘ng tomondagi knopka orqali bilib olishingiz mumkin

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

bo‘limiga o‘tish

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz

Xaritani ochish

TBC Salom nima?

 

TBC Salom — bu TBC Bankning debet kartasi. Uni bank ofisiga bormasdan, TBC Bank Uzbekistan ilovasining o‘zida ochish mumkin.

 

U kundalik xarajatlar uchun qulay: TBC Salom bilan do‘konlardagi xaridlarni, onlayn buyurtmalarni tezda to‘lash, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olish mumkin. Karta Visa to‘lov tizimida ishlaydi, chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov talab qilinmaydi.

 

TBC Salom kartasiga buyurtma berish

 

TBC Salom’ga faqat TBC Bank Uzbekistan ilovasida onlayn buyurtma qilish mumkin. Ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tib, ilovaning asosiy ekranidagi "Kartalar" bo‘limida "Kartani qo‘shish / Buyurtma berish" tugmasini bosing va TBC Salom kartasini tanlang. Kartani chiqarish va yetkazib berish uch kungacha vaqt oladi.

 

TBC Salom kartasini yetkazib berish

 

Kartani buyurtma qilganingizdan keyin, uni chiqarish va yetkazib berishimiz uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Kuryer kartangizni belgilangan joyga — TBC nuqtasiga yoki uyingizga olib boradi.

 

TBC nuqtasiga yetkazib berilsa, kuryer kartangizni xodimlarimizga topshiradi, keyin sizga bu haqda SMS keladi va kartangizni olishingiz mumkin bo‘ladi.

 

Uyga yetkazib berilsa, kuryer yetkazib berish vaqtini aniqlash uchun sizga telefon qiladi va keyin kartani shaxsan qo‘lingizga topshiradi.

 

Muhim: kartani TBC nuqtasidan yoki kuryerdan olsangiz ham pasport yoki ID kartani ko‘rsatishingiz kerak.

 

TBC Salom bonuslari va afzalliklari

 

Kartadan har kuni foydalanganingiz uchun bonuslar olasiz.

 

  • Kartani to‘ldirish va undan pul yechish — komissiyasiz. Bankomat komissiya oladi, lekin biz uni keyingi oyda qaytarib beramiz. Bu oyiga 10 mln so‘mgacha pul yechganingizda amal qiladi, to‘ldirishda esa cheklovlar yo‘q.

     

  • Kartada turgan pul uchun kunlik mukofot. Agar kartada kuni o‘rtacha 100 000 so‘m va undan ortiq pul saqlansa, har kuni yillik 12% hisoblaymiz. Foizlar keyingi oy boshida kartaga avtomatik o‘tkaziladi.

     

  • Komissiyasiz pul o‘tkazmalari. TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi istalgan kartadan TBC Salom kartasini bepul to‘ldirish mumkin. TBC Salom’dan boshqa bank kartalariga ham komissiyasiz pul o‘tkazasiz.

     

  • Barcha karta to‘lovlardan keshbek. To‘lov terminali orqali TBC Salom bilan to‘langan har bir xariddan 1% qaytaramiz.

     

  • Hamkorlarimizda to‘lovlar uchun ko‘paytirilgan keshbek. Hamkorlarimizdan xaridlar va to‘lovlar uchun 5% keshbek oling. Hamkorlarning to‘liq ro‘yxati ushbu sahifada.

 

TBC Salom kartasini to‘ldirish usullari

 

Kartani Visa to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi istalgan bankomatda to‘ldirish mumkin. Bankomat buning uchun komissiya oladi, lekin biz uni keyingi oyda qaytarib beramiz. Uni boshqa karta bonuslari bilan birga keyingi oyda TBC Salom kartangizga o‘tkazamiz.

 

Shuningdek, TBC Salom kartasini boshqa bank kartalaridan pul o‘tkazib to‘ldirishingiz mumkin. Eng foydali usul – buni TBC Bank Uzbekistan ilovasida bajarish. Chunki u yerda TBC Salom’ga komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin.

 

TBC Salom kartasining TBC Osmon va TBC Bankning boshqa kartalaridan farqi nimada?

 

TBC Osmon — bu kredit kartasi. Unda ma’lum shartlarga rioya qilgan holda sarflashingiz mumkin bo‘lgan bank mablag‘i saqlanadi. Karta bilan onlayn va oflayn xaridlarni qulay to‘lash mumkin. Biroq TBC Salom’dan farqi, unda pul o‘tkazmalari va naqd pul yechish uchun komissiya bor.

 

TBC Virtual — bu plastiksiz Uzcard va Humo virtual kartalari. Ular bilan onlayn xaridlarni qulay tarzda to‘lasangiz bo‘ladi. Lekin oflayn to‘lovlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kartalarda bonuslar hisoblanmaydi va xizmat ko‘rsatish uchun komissiya olinadi.

 

TBC Visa Virtual — xorijiy saytlar va servislarda to‘lov qilish uchun mo‘ljallangan virtual karta. Uzcard va Humo Virtual kabi ishlaydi, lekin asosan xalqaro xaridlar uchun foydalaniladi. Unda ham xizmat ko‘rsatish uchun komissiya bor.

 

TBC Salom — bu onlayn va oflayn to‘lovlar, kunlik bonuslar va keshbekni o‘zida jamlagan qulay universal karta. U bilan hamma joyda — do‘konlarda, restoranlarda, ilovalarda, servislarda va saytlarda to‘lov qilish imkoniga egasiz.

Teglar

Onlayn karta ochish
Online karta buyurtma berish
Online plastik karta ochish
Visa karta haqida malumot
Visa card