Oddiy, xavfsiz va maxfiy usulda to‘laysiz
Apple Pay orqali Apple’ning istalgan qurilmasida TBC kartangiz bilan onlayn va oflayn xaridlarni to‘lay olasiz
Hamma Apple qurilmalarida ishlata olasiz
Apple Pay iPhone, Apple Watch, Mac, iPad va Apple Vision Pro qurilmalariga o‘rnatilgan. Uni bir necha qadamda sozlash mumkin. Keyin kartangizdan hamma Apple qurilmalarida onlayn, ilovalar va do‘konlarda xarid qilsangiz bo‘ladi

Istalgan joyda to‘lov qila olasiz
"To‘lov" knopkasi yoki kassadagi shunga mos belgi bo‘lgan har qanday joyda Apple Pay orqali to‘lasangiz bo‘ladi. Apple Pay butun dunyo bo‘ylab millionlab sotuvchilar tomonidan qabul qilinadi va kontaktsiz to‘lovlar qabul qilinadigan hamma joyda ishlaydi

Bitta knopkani bosib to‘laysiz
Apple Pay orqali buyurtmani to‘lashda manzil yoki CVC kodni kiritib o‘tirmaysiz. Faqat TBC kartangizni ulab, bir marta qarasangiz yoki knopkani bossangiz bo‘ldi

Xavfsizlik haqida o‘ylamaysiz
Har bir Apple Pay tranzaksiyasi qurilmangizga o‘rnatilgan himoya vositalari — Face ID, Touch ID yoki parol yordamida tasdiqlanadi. Debet yoki kredit kartangiz raqami umuman sotuvchilarga berilmaydi va Apple serverlarida ham saqlanmaydi. Mabodo iPhone telefoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, TBC kartangiz orqali to‘lovni to‘xtatish uchun “Lokator” ilovasida uni “yo‘qolgan” deb belgilasangiz bo‘ldi

TBC kartangiz qanday ulanadi

1-qadam
TBC Bank Uzbekistan ilovasiga kiring

2-qadam
Apple Wallet’ga ulanadigan TBC kartasini tanlang

3-qadam
“Apple Pay’ga ulash” knopkasini bosing

4-qadam
Karta ma’lumotlarini tekshiring va “Keyingisi” knopkasini bosing

5-qadam
Shartlarni o‘qib chiqing va kartani ulashni tasdiqlang

6-qadam
Bo‘ldi! Kartangiz Apple Wallet’ga ulandi. Endi Apple Pay orqali to‘lov qilsangiz bo‘ladi
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Apple Pay’ga TBC Salom Visa debet kartasi va TBC Osmon Mastercard kredit kartasini ulash mumkin.
iPhone, Apple Watch, iPad, Mac va Apple Vision Pro. Qurilmangizda iOS 10 yoki undan yuqori versiya o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Wallet ilovasini oching → “+” knopkasini bosing → “Debet karta”ni tanlang → kamerani kartaga qarating → SMS kod orqali tasdiqlang. Yoki xuddi shu harakatlarni TBC Bank ilovasining “Kartalar” bo‘limida bajaring. Bu ko‘pi bilan ikki daqiqa vaqt oladi.
Bitta qurilmaga 10 tagacha karta ulay olasiz. Agar sizda bir nechta TBC Salom Visa kartasi bo‘lsa, hammasini ulashingiz mumkin.
Yo‘q. Apple Pay’ni ulash ham, u orqali bajariladigan hamma operatsiyalar ham bepul.
Komissiyalar oddiy TBC Salom Visa kartasi bilan bir xil.
Apple Pay uchun alohida cheklovlar yo‘q. Faqat TBC Salom Visa kartangizdagi limitlar amal qiladi.
Kontaktisiz to‘lov terminali bor har qanday joyda: do‘konlar, restoranlar, zapravkalar, dorixonalar va transportda. Kassadagi Apple Pay yoki NFC belgisiga qarab bilib olasiz.
Apple Pay butun dunyo bo‘ylab, jumladan, onlayn do‘konlar va ilovalarda ham ishlaydi.
Do‘konlarda — kerak emas. To‘lov internetsiz, NFC chip orqali o‘tadi. Onlayn xaridlar uchun esa internet kerak bo‘ladi.
Kartangiz raqami sotuvchiga berilmaydi va qurilmada saqlanmaydi — uning o‘rniga shifrlangan tokendan foydalaniladi. Har bir to‘lov Face ID, Touch ID yoki qurilma paroli orqali tasdiqlanadi. To‘lovni faqat siz tasdiqlay olasiz.
iCloud’ga kiring → “Topish” bo‘limini oching → “Yo‘qolganlik rejimi”ni yoqing — shunda Apple Pay avtomatik o‘chadi. Kartadagi pullaringiz xavfsiz bo‘ladi. Kartani bloklash uchun bizga 1150 raqamiga telefon qiling yoki TBC Bank Uzbekistan ilovasidan foydalaning.
Uchta narsani tekshiring: qurilmangiz Apple Pay’ni qo‘llab-quvvatlaydimi, iOS’ning oxirgi versiyasi o‘rnatilganmi, karta ma’lumotlari to‘g‘ri kiritilganmi. Agar muammo to‘g‘irlanmasa TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi chatga yozing yoki 1150 raqami orqali TBC Bank yordam xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.
Ha, karta odatdagidek ishlayveradi. Apple Pay — bu plastik kartaning o‘rnini bosadigan vosita emas. U shunchaki qo‘shimcha to‘lov usuli
TBC Bank ilovasi orqali TBC Salom Visa hamda TBC Osmon Mastercard kartalarini Apple Wallet’ga qo‘shing va birinchi to‘lov uchun 100% keshbek oling. Aksiya 2026-yil 30-noyabrgacha amal qiladi. Keshbek limiti — 50 000 so‘m

iOS va Android uchun ilovani yuklab olish


