
Orzungizni amalga oshirishga yordam beramiz
Kreditga avtomobil olish maksimal darajada oddiy bo‘ldi
Hamma qiyinchiliklarni ko‘rib chiqdik va yechim topdik
Bankka bormasdan onlayn ariza yuborasiz
1 daqiqada dastlabki javobni*bilib olasiz
Vakilimiz yoningizda bo‘ladi
Salonda kutib olamiz va jarayonda yordam beramiz
Bayram kunlarida ham foydalanolasiz
O‘sha kunning** o‘zida avtomobilga ega bo‘lasiz
Tariflar oddiy, shartlar esa sizga moslashadi
Yashirin komissiyalar va qiyin so‘zlar yo‘q
Avtomobil markasi va modelini tanlang
muddat va boshlang'ich to'lov bilan
Oylik to'lov tashkil etadi
22 342 668 UZS
Avtomobilning aniq narxi va kredit foiz stavkasini TBC UZ ilovasida bilib olishingiz mumkin
TBC Avtokredit
Orzungizdagi avtomobil qanday olinadi
Onlayn ariza bering — javobi 1 minutda chiqadi
TBC UZ ilovasini yuklab oling va orzungizdagi avtomobil uchun avtokredit oling
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Hamkorlarimiz
BYD
Zeekr
Li Auto
Chery
Haval
Kia
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Avtokreditni faqat Toshkentdagi hamkorlarimizning avtosalonlarida rasmiylashtirish mumkin.
Ularning to‘liq ro‘yxati yuqorida ko‘rsatilgan.
Ikkita yo‘li bor.
Onlayn. TBC Bank Uzbekistan ilovasida “Kredit” → “Avtokredit” bo‘limiga kiring, mashina modelini tanlang, o‘zingizga qulay shartlarni ko‘rsatib, mos keladigan taklifni belgilang va ariza yuboring. Javobi bir minutda keladi. Keyingi qadamlar ilovaning o‘zida ko‘rsatilgan.
Oflayn. Hamkor avtosalonga borib, xodimga avtokreditni TBC Bank’dan olmoqchi ekanligingizni ayting. Xodim bilan birga onlayn anketani to‘ldirib, ariza yuboring va bir minutda javobini oling. Keyingi qadamlarni avtosalon xodimi tushuntiradi.
Ha, boshlang‘ich badal mashina narxining kamida 25% qismini tashkil qilishi kerak. Uni faqat oflayn tarzda, istalgan bankning kassasida to‘lasa bo‘ladi. To‘lov uchun rekvizitlar kredit shartnomasi tuzilgandan keyin ko‘rinadi.
Avtokreditni 12 oydan 60 oygacha bo‘lgan muddatga, 1 mlrd so‘mgacha yillik 0% dan 29,5% gacha bo‘lgan stavka bilan rasmiylashtirsa bo‘ladi. Aniq shartlar ariza topshirilib, ma’qullangandan keyin aniq bo‘ladi.
Mashina egasi o‘zingiz bo‘lasiz. Barcha hujjatlarda ism-sharifingiz yoziladi. Kreditni to‘liq yopmaguningizgacha mashinani sota olmaysiz, hadya qila olmaysiz yoki ijaraga bera olmaysiz.
Kasko kredit yopilgunicha mashina bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisalar va shikastlanish xarajatlarini qoplab beradi. Kredit ma’qullangach, hamkor avtosalon orqali Kaskoni rasmiylashtirishga yordam beramiz.
Avtokreditlar va avtomobil sotib olish haqida ko‘proq ma’lumot oling
*Dastlabki javobni olish muddati kredit tarixingiz va skoring tekshiruviga bog‘liq. Haqiqiy vaqt bir daqiqadan kamroq yoki ko‘proq bo‘lishi mumkin. Dastlabki javob kredit ajratish haqidagi yakuniy qaror hisoblanmaydi.
**Avtokredit uchun arizalar dam olish va bayram kunlari ham qabul qilinadi hamda ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqishning amaldagi muddati ish kuni bo‘lmagan kunlarda tizimning yuklama darajasi va hujjatlarni qo‘shimcha tekshirish zaruratiga qarab uzayishi mumkin.
O‘zbekistonda onlayn avtokredit
Hozirgi kunda avtomobil sotib olish uchun pulingiz yetmasa, avtokredit olishingiz mumkin. Biz uning qanday ishlashi, TBC Bank qanday shartlarni taklif qilishi va arizani onlayn tarzda qanday topshirish kerakligini tushuntirib beramiz.
Avtokredit nima?
Avtokredit — avtomobil sotib olish uchun beriladigan kredit. Iste’mol kreditidan farqli ravishda, bank pulni qarz oluvchiga emas, birdaniga avtomobil sotuvchisiga o‘tkazadi. Avtomobil narxining bir qismini xaridorning o‘zi boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘laydi.
Kredit to‘liq yopilguncha avtomobil bankda garovda turadi.
Kreditga qanday avtomobil olsa bo‘ladi?
Avtokreditni bankning Toshkentdagi hamkor dilerlaridan yangi avtomobil xarid qilish uchun olsangiz bo‘ladi. Hamkorlar orasida Chevrolet, KIA, Hyundai, BYD, Haval, Toyota, Nissan, Changan, Chery, Li Auto, Zeekr va boshqa brendlar bor.
Shuningdek, BYD, Zeekr, Li Auto va boshqa brendlarning elektromobil va gibridlari uchun ham avtokredit olish mumkin. Ular uchun alohida dasturlar amal qiladi. Shu sababli kreditga ariza berganda shartlarga aniqlik kiriting.
Avtokredit shartlari qanday?
TBC Bankdan avtokredit olish uchun asosiy shartlar:
- kredit muddati — 12 oydan 60 oygacha;
- summasi — 1 mlrd so‘mgacha;
- foiz stavkasi — yillik 29,5% gacha;
- boshlang‘ich to‘lov — avtomobil narxining kamida 25 foizi.
Foiz stavkasi avtomobil modeli, boshlang‘ich to‘lov summasi va kredit muddatiga bog‘liq. Alohida hamkorlik dasturlari bo‘yicha 2026-yilda avtokreditlashning imtiyozli shartlari amal qiladi: stavka pasayishi, ba’zan yillik 0% gacha tushishi mumkin. Ariza ma’qullangach, bank aniq shartlarni ma’lum qiladi. Shartnomani imzolash vaqtida kasko rasmiylashtirish talab qilinadi. Sug‘urta butun kredit davomida amal qilishi kerak.
Avtokreditni kimlar olishi mumkin va qanday hujjatlar kerak bo‘ladi?
TBC Bankda avtokreditni 18 yoshdan oshgan, doimiy daromadga ega O‘zbekiston fuqarolari olishi mumkin.
Kredit olish uchun quyidagilar talab qilinadi:
- O‘zbekiston fuqarosining pasporti;
- avtomobil oldi-sotdi shartnomasi.
Zarurat tug‘ilsa, bank qo‘shimcha hujjatlar so‘rashi mumkin.
Avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov
TBC Bankda avtokredit bo‘yicha boshlang‘ich to‘lov — avtomobil narxining kamida 25 foizi. Uni istalgan bank kassasida oflayn to‘lash kerak. To‘lov uchun rekvizitlar kredit shartnomasi olinganidan keyin taqdim etiladi.
Avtokredit to‘lovi qanday hisoblanadi?
Ariza berishdan oldin taxminiy oylik to‘lovni oldindan hisoblab ko‘rish mumkin. Buning uchun TBC Bank saytidagi avtokredit kalkulyatoridan foydalaning. Taxminiy to‘lovni hisoblash uchun avtomobil narxini, kredit muddatini va boshlang‘ich to‘lov summasini kiriting. Bu byudjetingiz uchun qancha summa qulay bo‘lishini tushunishga yordam beradi.
TBC Bankdan avtokreditni qanday olsa bo‘ladi?
Avtokreditni olishning ikkita usuli bor.
Avval ariza berib, keyin avtomobil tanlash. Siz TBC Bank ilovasida ariza berasiz va dastlabki qarorni olasiz. Keyin ma’qullangan summa doirasida hamkor dilerdan avtomobil tanlab, shartnomani rasmiylashtirishga o‘tasiz.
Avval avtomobil tanlab, keyin ariza berish. Hamkor avtosalonida avtomobil tanlaysiz, xodim esa kreditga ariza berishga yordam beradi. Bank ma’lumotlarni tekshiradi, to‘lovlarni hisoblaydi va qarorni ko‘rsatadi.
Ariza ma’qullangach, boshlang‘ich to‘lov qilish, hujjatlarni imzolash, garovni rasmiylashtirish va avtomobilni olib ketish kerak bo‘ladi.
TBC Bank ilovasida avtokreditga ariza qanday beriladi?
TBC Bank ilovasidagi “Barcha xizmatlar” → “Avtokredit” bo‘limiga kiring, avtomobil modelini tanlang, shartlarni ko‘rsating va arizani yuboring. Javob 1 minutda keladi.
Arizalar har kuni, dam olish va bayram kunlari ham qabul qilinadi.
Ariza berish

















