YTT uchun biznes karta

Pullaringizni onlayn boshqaring va biznesingiz xarajatlarini nazorat qiling

  • Bepul

    Chiqaramiz, xizmat ko‘rsatamiz va yetkazib beramiz

  • Naqd pul yechish

    Bank kassasiga bormasdan

  • Visa imtiyozlari

    Biznes-zallarga kirish va servislarga chegirmalar

Har qanday biznes vazifalar uchun bitta karta

Pudratchilar bilan hisob-kitob qiling, tovarlar sotib oling va biznesingiz xarajatlarini kuzatib boring

Barcha biznes xarajatlari, hatto chet elda ham foydalaning

Tovarlar xarid qiling, ijara va xizmatlar haqini to‘lang yoki kartani ish uchun kerakli servislarga ulang

Shaxsiy va biznes xarajatlarini bir-biridan ajrating

Qancha pul topayotganingiz va ularni nimaga sarflayotganingizni bilasiz — shunda budjetni rejalashtirish osonroq bo‘ladi

Kartani to‘ldirish

Hisobraqamdan komissiyasiz

To‘lovlar va o‘tkazmalar

Onlayn, 24/7

Atigi 3 qadamda karta oching

01

TBC Biznes internet-bankida karta oching

Bu juda oddiy — xuddi odatiy karta ochishdek

02

Menejer qo‘ng‘irog‘ini kuting

U siz bilan kartani yetkazib berish vaqtini kelishadi va yoningizda bo‘lishi kerak hujjatlar haqida aytadi

03

TBC Biznes kartangizni oling

Tayyor! Karta ijara haqini to‘lashdan tortib, tovarlar xaridigacha barcha biznes xarajatlari uchun mo‘ljallangan

Biznesingiz pullari doim yoningizda

Dunyo bo‘ylab xarajatlarni biznes karta bilan to‘lang va moliyangizni qulay boshqaring

  • Karta ochish

    Ilovada bir necha daqiqada

  • To‘lov tizimi

    Visa Platinum Business

  • TBC Biznes ilovasida

    Karta xarajatlarini onlayn kuzatib boring

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Yakka tartibdagi tadbirkor biznes karta ochishi va undan barcha biznes xarajatlari uchun foydalanishi mumkin. Karta TBC Biznes ilovasida bir necha daqiqada ochiladi.

 

Yuridik shaxslar esa direktor va har qanday xodim nomiga korporativ karta ochishlari mumkin.

Karta bilan barcha biznes xarajatlarini to‘lashingiz mumkin:

  • sarf materiallari;
  • transport xarajatlari;
  • oflayn va onlayn do‘konlar va marketpleyslardan xaridlar;
  • soliq va budjetga to‘lovlar;
  • ijara haqi;
  • biznes uchun xizmatlar va servislar.

 

Biznes karta shaxsiy va ish xarajatlarini bir-biridan ajratishga yordam beradi. Budjetni rejalashtirasiz va pullarning asosan nimaga sarflanayotganini kuzatib borasiz.

 

Naqd pul kerak bo‘lib qolsa, bank kassasiga bormasdan, shahardagi bankomatlardan yechishigiz mumkin.

YTT faqat bitta biznes karta ocha oladi. TBC Biznes internet-bankida kompaniya pullarini boshqarish, limitlarni sozlash va xarajatlarni kuzatish mumkin.

 

Mavjud operatsiyalar:

  1. Internetda va to‘lov terminallarida xaridlarni to‘lash.
  2. Chet elda biznes xaridlari uchun to‘lash.
  3. TBC Biznesdagi asosiy hisobraqamdan kartaga va undan qayta pul o‘tkazish.
  4. Shaxsiy kartaga pul o‘tkazish.
  5. TBC Biznesdagi asosiy hisobraqamdan kartani to‘ldirish.
  6. Bankomatlardan naqd pul yechish. Boshqa banklar bankomatlari yechiladigan summaning o‘rtacha 1–2% miqdorida komissiya olishi mumkin.
  7. Biznes kartani ish uchun kerakli servislarga, masalan, reklama kabinetlari, bulutli xotira xizmatlari va boshqalarga ulash. Hozircha kartani payme kabi to‘lov servislariga ulab bo‘lmaydi.

 

Taqiqlangan operatsiyalar:

  1. Boshqa odamlarning hisobraqamlari va kartalariga pul o‘tkazish.
  2. Bankomatda kartani to‘ldirish.
  3. Kartadan ish haqi, nafaqa, stipendiya va dividendlar olish uchun foydalanish.   
  4. Valyuta ayirboshlash.
     

Visa Platinum Business ko‘plab imtiyozlar taqdim etadi:

  • Biznes-zallarga kirish, Fast Track, xizmat safarlarini yanada qulay qiluvchi boshqa servislar.
  • Sayohat vaqtida $500 000 gacha qoplanadigan xalqaro sug‘urta.
  • Costa Coffee va Bon! kafelarida bepul qahva.
  • Levi’s, Ecco, Cole Haan va boshqa brendlarga 10% chegirma.
  • Microsoft, SignNow, Meta, LinkedIn, X va boshqa biznes servislarga 50% gacha chegirma.

 

Visa imtiyozlar ro‘yxati va ulardan foydalanish shartlarini o‘zgartirishi mumkin. Barcha amaldagi takliflar bilan to‘lov tizimi saytida tanishishingiz mumkin.

Biznes kartadan qilingan to‘lovlar uchun alohida soliq hisoboti talab qilinmaydi. Ammo biznes xarajatlarini tasdiqlovchi chek va boshqa hujjatlarni saqlab qo‘yishni tavsiya qilamiz. Soliq tizimingizga qarab, ular soliq hisoboti uchun kerak bo‘lishi mumkin.

 

Internet-bankda barcha operatsiyalar tafsilotlarini ko‘rishingiz va to‘lov kvitansiyalarini yuklab olishingiz mumkin.
 

Biznes karta bilan biznes qilish osonroq

Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring — barcha savollaringizga javob beramiz va kartaga qanday buyurtma berishni tushuntiramiz

Biznes uchun foydali materiallar

Muhim yangiliklardan xabardor bo‘ling