Barcha maqolalar
Biznes

Biznesni rivojlantirishda kredit qanday yordam beradi: kredit olishga arziydigan 6 ta holat

Katya Bulgakova

 

Кредит может помочь живому делу расти быстрее и не останавливаться в сложные периоды. Разобрались, в каких ситуациях кредит может быть полезным инструментом, и даём простой чек-лист, как оценить нагрузку на бюджет до подачи заявки.

#1. Biznesni kengaytirish

Biznes o‘sib borganda, mavjud resurslar yetmay qolishi mumkin: joy yetmaydi, mahsulot sig‘maydi, ishchi kuchi kamlik qiladi. Shu paytda kredit o‘sishni tezlashtiradigan vosita bo‘la oladi. Siz qo‘shimcha savdo nuqtasi yoki ombor ochishingiz, kerakli jihozlar olishingiz, mahsulot turini kengaytirishingiz yoki yangi xodimlar yollashingiz mumkin.

#2. Uskuna sotib olish yoki almashtirish

Uskunani yangilamaslik daromadning bir qismini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun zarur texnikani yangilash uchun kredit olish — bu o‘zini oqlaydigan qaror. Bu aynan biznes ishlashi uchun muhim bo‘lgan yoki daromadni oshiradigan uskunalar bo‘lishi kerak. Masalan, non pishiradigan pech yoki mahsulot buzilib ketmasligi uchun kerak bo‘ladigan muzlatkich. Bunga quyidagilar kiradi:

 

  • pechlar, muzlatkichlar, vitrinlar

 

  • stanoklar va ishlab chiqarish jihozlari

 

  • yetkazib berish uchun yengil yoki og‘ir mashinalari

     

  • ofis texnikasi va kompyuterlar


Kredit orqali siz pul yig‘ilguncha kutib o‘tirmaysiz. Daromad keltiradigan jarayonni ishga tushirish yoki kuchaytirish mumkin.

#3. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish

Ba’zan pul bajarilgan ishda qotib qoladi. Ish bajarilgan, lekin to‘lov hali kelmagan. Shu bilan birga xomashyo xarid qilish, mahsulot zaxirasini to‘ldirish va yangi buyurtmalarni bajarish kerak.


Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun olingan kredit kassadagi vaqtinchalik uzilishlarni yopishga va savdo aylanmasini ushlab turishga yordam beradi. Ayniqsa, katta buyurtma paydo bo‘lib qolsa, lekin tezlik bilan xarid qilish uchun yetarli pul bo‘lmasa, bu juda qo‘l keladi.

#4. Mavsumga tayyorgarlik

Bayramlar yoki yuqori mavsum kelganda biznesda yuklama keskin oshadi. Ko‘proq daromad qilish uchun tadbirkorlar oldindan mahsulot zaxirasini ko‘paytiradi, jamoani kuchaytiradi va assortimentni kengaytiradi.


Kredit mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi: kerakli tovarni oldindan xarid qilish, mijozlar ko‘payganida talabni o‘tkazib yubormaslik va eng yuqori davrda ko‘proq daromad olish mumkin. Masalan, Yangi yil oldidan sovg‘a to‘plamlari, dekor va ommabop mahsulotlarni erta xarid qilib qo‘yish, qo‘shimcha xodimlarni jalb qilish — bularning barchasi bayram haftalarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish hajmini oshiradi.

#5. Bino ta’miri yoki yangilash

Hatto yaxshi ishlayotgan biznes ham vaqti-vaqti bilan yangilanishga muhtoj bo‘ladi. Masalan, kafega mebel va peshtaxtani almashtirish, do‘konda vitrina, stend va yoritishni yangilash yoki ishlab chiqarishga qo‘shimcha ventilyatsiya kerak bo‘lishi mumkin.


Kredit ta’mirni yillar davomida cho‘zmasdan, tezroq tugatishga yordam beradi. Shunda ish joyi mijozlar va xodimlar uchun qulay va zamonaviy bo‘ladi.

#6. Yangi mahsulotlar chiqarish va reklama

Ko‘p kichik bizneslarda yangi mahsulot yoki xizmat g‘oyalari bo‘ladi, lekin ularni yo‘lga qo‘yish yoki reklama qilish uchun budjet yetmaydi. Siz yangi mahsulot ustida ishlayapsiz, xizmatning yangi formatini sinab ko‘rmoqchisiz yoki reklama kampaniyasini boshlamoqchisiz, lekin mablag‘ yetarli emas — kredit aynan shu joyda yordam berishi mumkin.


Muhim jihat — mablag‘ qayerga sarflanishini oldindan aniq rejalashtirish: ishlab chiqarish, qadoqlash, reklama, pudratchilar ishlari. Shunda siz kerak bo‘lgan kredit miqdorini aniq hisoblab, rejaga mos qilib olishingiz mumkin.

Kredit miqdori va kelajakdagi to‘lovlarni qanday hisoblash kerak

Ariza topshirishdan oldin biznesingiz kredit yuklamasiga dosh bera oladimi yo‘qmi, shuni aniqlang. Bunda kichik, ammo foydali chek-list yordam beradi.


Maqsad va xarajatlarni belgilang. Pul aynan nimaga ishlatilishini yozib chiqing: ijara, ta’mir, uskunalar, mahsulot, ish haqi yoki marketing. Shunda biznesga qancha mablag‘ kerakligini aniq ko‘rasiz.


Kichik zaxira qo‘shing. Amalda xarajatlar ko‘pincha rejalashtirilgandan ko‘proq chiqadi. Boshlang‘ich rejaga ozgina zaxira qo‘shish, sizga kutilmagan vaziyatlarda yordam beradi.


Kredit kalkulyatoridan foydalaning. U orqali oyma-oy to‘lov qancha bo‘lishini va bankka jami qaytaradigan summani oldindan ko‘rish mumkin. Masalan, 100 mln so‘mni 33% yillik stavkada 1 yilga olsangiz, 133 mln so‘m qaytaraman degani emas. Foiz qolgan qarz qoldig‘iga hisoblanadi, shuning uchun qaytariladigan umumiy summa taxminan 118,7 mln so‘m bo‘ladi.


Biznes imkoniyatlarini baholang. Kelajakdagi to‘lovni hozirgi sof foyda bilan solishtiring. To‘lovdan keyin sizda ijara, ish haqi, xarid va kutilmagan xarajatlarga yetadigan pul qolishi kerak. Agar kredit to‘lovi deyarli hamma pulni olib qo‘ysa, biznesga pasayish davrini yengib o‘tish qiyin bo‘ladi.

TBC Biznesda kreditni qanday olish mumkin

TBC Biznesda 10 milliondan 12 milliard so‘mgacha kredit olish mumkin. Kredit summasi biznesingizning ehtiyoji va ko‘lamiga qarab belgilanadi. Masalan, kichik kreditni mahsulot xarid qilish yoki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun olsa bo‘ladi. Kattaroq kredit esa uskuna, bino sotib olish yoki yangi filial ochish uchun kerak bo‘lishi mumkin.


Onlayn kredit olish uchun bir nechta shartlar bor:

 

  • O‘zbekiston rezidenti bo‘lish;

 

  • biznes kamida olti oydan beri ishlayotgan bo‘lishi;

 

  • kompaniya va ta’sischining kredit tarixi yaxshi bo‘lishi, muddati o‘tgan qarzlar bo‘lmasligi;

 

  • hisob raqamlari bloklanmagan bo‘lishi kerak.


Biznesingiz shu talablarga mos kelsa, kreditga ariza topshirishingiz mumkin*.

*Aniq shartlar — jumladan, kredit miqdori, foiz stavkasi va muddati — kompaniyangiz tahlil qilinib, skoringdan o‘tkazilgandan keyin aniqlanadi. Kredit shartlari.

Arizani onlayn topshirish mumkin. Javob odatda bir necha daqiqada keladi. Shartlar haqida batafsil ma’lumotni saytda yoki +998 78 777 27 07 raqami orqali olish mumkin.

Kreditga qanday ariza topshirish mumkin

Hali TBC Biznesdan foydalanmayotgan bo‘lsangiz, avval ro‘yxatdan o‘tib, hisob raqamini oching. Buni sayt yoki TBC Biznes ilovasi orqali qilish mumkin. Ilovani Google Play yoki App Store’dan yuklab oling.


Hisob ochilgandan keyin: 

 

  • Saytdagi TBC Biznes shaxsiy kabinetiga kiring yoki ilovani oching. 

     

  • “Kreditlar” bo‘limiga o‘ting.

     

  • Kredit arizasini to‘ldiring, kerakli summa va muddatni kiriting.


Ariza ma’qullansa, pul TBC Biznesdagi hisobingizga tushadi. Bu mablag‘dan mahsulot va xizmatlar uchun to‘lov qilish, yetkazib beruvchilarga pul o‘tkazish, maosh to‘lash yoki biznesingizdagi boshqa xarajatlar uchun foydalanishingiz mumkin.