

Oddiy, xavfsiz va maxfiy to‘lov usuli
NFC funksiyali Android qurilmangizda Google Pay orqali TBC kartangizdan do‘konlar, ilovalar yoki saytlarda onlayn to‘lov qila olasiz
Bir marta sozlab, doim foydalanasiz
Google Wallet’ni o‘rnating va kartalarni qo‘shing. Keyin NFC funksiyali Android qurilmangiz bilan internet, ilovalar va do‘konlarda bemalol to‘layverasiz

Istalgan joyda xarid qilasiz
Kassada "To‘lov" knopkasi yoki maxsus belgi bo‘lgan hamma joyda Google Pay orqali bittada to‘lay olasiz. Uni dunyo bo‘ylab millionlab sotuvchilar qabul qiladi va u Google Pay yoki kontaktsiz to‘lov o‘tadigan hamma joyda ishlaydi

Bosasiz, to‘lov o‘tadi. Bo‘ldi
Google Pay orqali buyurtmani to‘laganda manzil yoki CVC kodni kiritmaysiz. Shuning uchun TBC kartangiz orqali bittagina tugmani bosib, to‘lov qila olasiz

Xavfsizlikni hisobga olib, ishlab chiqilgan
Google Pay orqali to‘lovlarni qurilmangiz ichki xavfsizlik vositalari — barmoq izi, grafik kalit, pin kod yoki yuzni tanish funksiyasi bilan tasdiqlash talab qilinadi. Debet yoki kredit kartangiz raqami sotuvchilarga hech qachon ko‘rsatilmaydi. Uning o‘rniga ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlash uchun hamma to‘lovlarda qurilma noyob raqami ishlatiladi

TBC kartangizni bir nechta qadamda qo‘shing

Google Play’dan Google Wallet ilovasini yuklab oling

"Google Wallet’ga qo‘shish" knopkasini bosing va ko‘rsatmalarga amal qiling

Bo‘ldi! Qo‘shilgan karta orqali to‘lov qilaverasiz
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Google Pay’ga TBC Salom Visa va TBC Osmon Mastercard kartalarini qo‘shish mumkin.
NFC texnologiyasiga ega hamma Android qurilmalarida Google Pay ishlaydi.
Google Wallet ilovasini oching va "Walletga qo‘shish" knopkasini bosing. "To‘lov kartasi"ni tanlang, TBC kartasini qo‘shing va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qiling. Kerak bo‘lsa, kartani tasdiqlang.
Keyin karta Google Pay orqali to‘lashga tayyor bo‘ladi.
Yo‘q. Google Pay’ni ulash va u orqali bajariladigan hamma operatsiyalar — bepul. Komissiyalar odatdagidek va karta turiga bog‘liq. Ya’ni TBC Salom Visa va TBC Osmon Mastercard komissiyalari farq qiladi.
Google Pay uchun alohida limitlar belgilanmagan. Unda ham TBC Salom Visa kartangiz uchun belgilangan limitlar amal qiladi.
Kontaktsiz terminal ishlaydigan hamma joyda: do‘konlar, restoranlar, zapravkalar, dorixonalar, transport. Kassadagi NFC belgisiga qarab bilib olasiz.
Dunyo bo‘ylab, jumladan, onlayn do‘konlar va ilovalarda ham ishlaydi
Do‘konlarda kerak bo‘lmaydi. To‘lov internetsiz va NFC chip orqali o‘tadi. Onlayn xaridlar uchun esa, har qanday onlayn to‘lovdagidek internetga ulanish kerak bo‘ladi.
Kartangiz raqami sotuvchiga ko‘rsatilmaydi va qurilmada ham saqlanmaydi. Uning o‘rniga qurilma noyob raqami ishlatiladi. Har bir to‘lov barmoq izi, grafik kalit, pin kod yoki yuzni tanish orqali tasdiqlanadi. To‘lashga faqat o‘zingiz ruxsat bera olasiz.
Ha, karta odatdagidek ishlashda davom etadi. Google Pay — plastik kartaning o‘rnini bosmaydi. U shunchaki qo‘shimcha to‘lov usuli. Ikkalasi ham bo‘lsa, yanada qulayroq to‘laysiz.