Biznes uchun kredit

600 mln so‘mgacha

biznes kredit

Biznes rivoji uchun onlayn kredit oling

Navbatlarsiz

Hammasi TBC Biznes ilovasida

3-36 oy

kredit muddati

Garov va kafillarsiz

Ochiq shartlar va tushunarli tariflar

Ariza berish

Ortiqcha hujjatlarsiz

TBC Bankda hisobraqam ochsangiz bo‘ldi

33-38%

kredit stavkasi

Uzoq kutmaysiz

Ajratilgan kredit birdan hisobraqamingizga tushadi

3 kun

kredit javobi chiqadigan vaqt

Agar oladigan kreditingiz summasi

Muddati va stavkasi quyidagicha bo‘lsa

Oylik to‘lanadigan summa

3 518 324 UZS

TBC UZ ilovasida ariza berib, aniq foiz stavkasi va oylik to'lovni bilib oling

Biznes kredit qanday olinadi

01

Biznes kreditga ariza bering

Pastdagi knopkani bosib, ko‘rsatmalarga amal qiling

ariza berish
02

Javobni kuting

Ariza 3 kun ichida ko‘rib chiqiladi

03

TBC Bankda hisobraqam oching va pulni oling

ERI va ortiqcha hujjatlarsiz, tbcbusiness.uz saytida

Biznes rivoji uchun 
600 mln so‘mgacha kredit oling

TBC Biznes ilovasini yuklang, kreditga ariza bering va javobini kuting. Kredit ma’qullansa, TBC Bankdagi hisobraqamingizga pulni o‘tkazib beramiz

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Talablar: 

  • Biznes ariza bergan kundan kamida 6 oy oldin ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsin.
  • Kredit tarixida muddati o‘tgan qarzlar bo‘lmasin.
  • Ta’sischilar, direktor yoki YaTT — O‘zbekiston rezidenti bo‘lsin.
  • Bloklangan hisobraqamlar bo‘lmasin.  

Javobni uzog‘i bilan uch ish kuni ichida yuboramiz. Lekin odatda u ariza yuborilganidan bir necha soat o‘tib tayyor bo‘ladi.  

Biz pulni TBC Biznesdagi hisobraqamingizga o‘tkazib beramiz. Agar hisobraqamlaringiz bir nechta bo‘lsa, o‘zingiz ulardan birini tanlaysiz.  

Ushbu sahifaga o‘ting va yo‘riqnomaga amal qiling.

TBC Bank biznes krediti

 

TBC Bankda biznes uchun garovsiz, hujjatlarsiz va kafillarsiz onlayn kredit olish mumkin. Pulni xohlagan maqsadda ishlatish mumkin: pul aylanmasi, uskunalar xaridi, ijara to‘lovi, reklama va biznesni rivojlantirish uchun boshqa har qanday ehtiyojlar. Biz kichik va o‘rta biznes, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun biznes kredit taqdim etamiz.

 

TBC Bankdagi biznes krediti shartlari

 

Kreditni 3 oydan 36 oygacha muddatga olish mumkin. Summa — 10 mln so‘mdan 600 mln so‘mgacha. Foiz stavkasi — yillik 33% dan 38% gacha.

 

Butun jarayon TBC Business shaxsiy kabinetida bo‘ladi. Qaror tezda qabul qilinadi va tasdiqlangach, pul darhol asosiy hisobraqamingizga o‘tkaziladi. Pulni darhol biznesning har qanday ehtiyojlari uchun cheklovlarsiz sarflashingiz mumkin.

 

Kreditni to‘lash muddatlarini kuzatib borish shart emas. Chunki to‘lovlar har oy belgilangan sanada avtomatik hisobraqamdan yechib olinadi.

 

TBC Bank biznes kreditini olish uchun biznesga qo‘yiladigan talablar

 

Quyidagi shartlarga javob bersa, har qanday tadbirkor ariza yuborishi mumkin:

  • kamida 6 oylik faoliyat;
  • ijobiy kredit tarixi;
  • bloklangan hisobraqamlarsiz;
  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan asoschilar.

 

Agar biznes ushbu talablarga javob bermasa, ariza yuborilganda, darhol xatolik va uning sababini ko‘rsatuvchi xabar paydo bo‘ladi.

 

Biznes kreditini qanday olish mumkin?

 

TBC Bankda kreditni faqat onlayn olish mumkin. TBC Business shaxsiy kabinetiga kirib, "Kreditlar" bo‘limini ochasiz va "Ariza yuborish" knopkasini bosasiz. Keyin summa va muddatni ko‘rsatasiz. Yuridik shaxslar kompaniya ta’sischilarining ma’lumotlarini ham kiritishi kerak.

 

Agar biznesingiz talablarga mos kelsa, tizim arizani tekshirishga yuboradi. Odatda, bu uch kungacha vaqt oladi. Qaror tayyor bo‘lgach, sizga xabar beramiz.

 

Tadbirkorlar nega TBC Bankni tanlashadi?

 

Biznes uchun onlayn kreditini TBC Business shaxsiy kabinetida olishingiz mumkin . Bankka borish, bank xodimlari bilan uchrashish va telefon qilish shart emas. Shunchaki, onlayn ariza yuborib, qarorni kutasiz. Bank arizani tasdiqlashi bilan pul darhol TBC Business’dagi hisobraqamingizga o‘tkaziladi.

 

TBC Bankda biznes kreditini tez va hujjatlarsiz olish mumkin. Hujjatlar to‘plamini yig‘ish, kafil topish yoki garov qo‘yish talab qilinmaydi. Biz tadbirkorlarga ishonamiz, shu sababli jarayonni iloji boricha soddalashtirganmiz.

 

TBC Bank biznes kreditining maqsadlari

 

Kreditni biznesni rivojlantirishga ham, hozirgi jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashga ham sarflashingiz mumkin. Bu biznes oldida turgan vazifalarga bog‘liq. Biz tadbirkorlarga o‘z bizneslarining manfaatlari yo‘lida pullarini qanday taqsimlashni mustaqil hal qilish imkoniyatini taqdim etamiz.

 

Biz kreditni biror aniq maqsadga bog‘lamaymiz va pulni nimaga sarflayotganingizni ko‘rsatishni talab qilmaymiz. Ma’qullangan summa TBC Business’dagi hisobraqamingizga o‘tkaziladi va siz undan biznesingiz uchun istaganingizcha foydalanasiz. Masalan, siz uskunalar xarid qilish, pul aylanmasi, ijara to‘lovi, reklama yoki boshqa har qanday operatsion xarajatlar uchun kredit olishingiz mumkin.

 

Bugunoq boshlang

 

TBC Bankdan garovsiz biznes kredit oling va biznesingizni o‘zingizga qulay holatda rivojlantiring. TBC Business shaxsiy kabineti orqali onlayn ariza yuborishingiz mumkin: summa va muddatni ko‘rsating, arizani yuboring va qarorni kuting. Ma’qullangach, pulni biznesingizning istalgan ehtiyojlariga sarflang.

 

Teglar

biznes uchun kredit
kichik biznes uchun kreditlar
biznes boshlash uchun kredit
biznes kredit
biznes uchun kreditlar