Avtokredit kalkulyator: avtomobil uchun qarz shartlarini hisoblang

Avtomobil markasi va modelini tanlang

muddat va boshlang'ich to'lov bilan

Oylik to'lov tashkil etadi

73 759 448 UZS

Avtomobilning aniq narxi va kredit foiz stavkasini TBC UZ ilovasida bilib olishingiz mumkin

Mashina sotib olish uchun pul so‘rab bankka murojaat qilganingizda, siz duch keladigan dastlabki ikki raqam — bu foiz stavkasi va muddat.


Qarz foiz stavkasi

Avtokredit stavkasi kamdan kam hollarda hamma uchun bir xil belgilanadi. Bu o‘zgaruvchan ko‘rsatkich va bank o‘z xavflarini baholab, har bir mijoz uchun uni individual tarzda hisoblaydi. Yakuniy foizga bir nechta asosiy omillar ta’sir qiladi:

 

  • Sizning kredit tarixingiz.
  • Avtodilerdagi aksiyalar.
  • Boshlang‘ich to‘lov summasi.


Kreditlash muddati

TBC Bankda avtokreditni 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga olishingiz mumkin. Aslida, kredit muddatini tanlash har doim murosa. Qisqa muddat — bir yildan uch yilgacha — minimal qo‘shimcha to‘lovni ta’minlaydi, biroq oylik to‘lov ham ancha yuqori bo‘ladi. Har qanday byudjet ham buni qiyinchiliksiz ko‘tara olmaydi. Agar uzoqroq, ya’ni 4–5 yilga olinsa, to‘lovlar yengillashadi, bu rost. Lekin yakunda bankka mashinaning asl narxidan ancha ko‘proq pul to‘laysiz.
 

Kredit oylik to'lovini bosqichma-bosqich hisoblash yo'riqnomasi

Onlayn kalkulyator ariza berishdan oldin bo‘lajak kreditni oldindan baholashga yordam beradi. Bu bir daqiqadan kamroq vaqt oladi va tanlangan qarz summasi sizga mos kelishini darhol tushunish imkonini beradi.


Kredit kalkulyatorida avtokreditni to‘g‘ri hisoblash uchun bir nechta oddiy qadamlarni bajarish yetarli:

 

  • Avtomobil narxini yoki kredit summasini kiriting.
  • Qarzni qaytarish muddatini tanlang.
  • Kerak bo‘lsa, boshlang‘ich to‘lov summasini ko‘rsating.
  • Foiz stavkasini tanlang.
  • Dastlabki hisob-kitobni oling.


Keyin servisning o‘zi hammasini hisoblab beradi — taxminiy oylik to‘lov, bankka to‘lanadigan umumiy summa va butun muddat davomida qancha foiz qo‘shilishini ko‘rsatadi.


Unutmang, dastlabki hisob-kitob hali yakuniy qaror emas. Bank yakuniy raqamlarni faqat hujjatlaringizni tekshirib, daromadingizni baholagach va ariza bo‘yicha qaror qabul qilgach aytadi. Ammo dastlabki hisob-kitoblarni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak — ular turli takliflarni taqqoslashga va unchalik foydali bo‘lmaganlarini darhol chetlatishga ancha yordam beradi.


Turli kreditlash shartlari bilan bir nechta hisob-kitob qilganingiz yaxshi. Ba’zan muddatni atigi bir yilga uzaytirish oylik to‘lovni sezilarli darajada kamaytiradi. Agar kattaroq boshlang‘ich to‘lov hisobiga kredit summasini biroz kamaytirsangiz, qo‘shimcha to‘lovni ancha qisqartirishingiz mumkin.
 

Avtokredit kalkulyatori: parametrlar va qo'shimcha to'lov

Avtokredit uchun kredit kalkulyatori qarz summasiga ta’sir qiluvchi bir nechta parametrlarni bir vaqtning o‘zida hisobga oladi. Ularning asosiylari:

 

  • kredit summasi;
  • foiz stavkasi;
  • kreditlash muddati;
  • boshlang‘ich to‘lov (agar kerak bo‘lsa).


Ushbu ma’lumotlar asosida kalkulyator oylik to‘lov, to‘lovlarning umumiy summasi va foizlar bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovni hisoblab chiqadi.


Aynan qo‘shimcha to‘lov summasi kreditdan foydalanish imkoniyati uchun bankka aslida qancha to‘lashingizni ko‘rsatadi. Foiz stavkasi qanchalik yuqori va kredit muddati qanchalik uzoq bo‘lsa, yakuniy qo‘shimcha to‘lov ham shuncha ko‘p bo‘ladi.


Minimal qo‘shimcha to‘lovga intilish eng to‘g‘ri yechim bo‘lmasligi ham mumkin. Ba’zan biroz ko‘proq to‘lagan yaxshi, lekin buning evaziga oylik to‘lovlar qulay bo‘lishi va sizga zarar bermasligi kerak. Asosiysi, to‘lovlar oilaviy byudjet uchun muammoga aylanmaydigan shartlarni tanlash.


Shuningdek, avtomobil sotib olish bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni ham hisobga olish kerak: sug‘urta, ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa majburiy to‘lovlar. Ularni moliyaviy rejalaringizga oldindan kiritib qo‘ying.
 

Avtokredit kalkulyatori: to'lovlarni qaytarish jadvali

Annuitet — aksariyat kreditlar uchun standart to‘lov usuli. Bunda oylik to‘lov butun muddat davomida o‘zgarmaydi. Dastlabki to‘lovlar asosan foizlarni, keyingilari esa asosiy qarzni so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Kalkulyator bu jarayonni yaqqol ko‘rsatib beradi.

 

Kredit kalkulyatori quyidagilarni ko‘rsatadi:

 

  • qat’iy belgilangan oylik to‘lov;
  • har bir to‘lovdagi foizlar va asosiy qarz ulushi;
  • Ortiqcha to‘lovning umumiy summasi.
     

Har xil turdagi kreditlar uchun universal kredit kalkulyatori

Kredit kalkulyatori faqat bir turdagi qarz uchun mo‘ljallanmagan. Undan quyidagi maqsadlarda foydalanish mumkin:

 

  • iste’mol kreditlari;
  • avtokreditlar;
  • nasiya;
  • ipoteka kreditlari.


Siz bemalol parametrlarni o‘zgartirib, variantlarni solishtirasiz: muddatni uzaytirish, summani kamaytirish yoki foiz stavkasining to‘lovlarga qanday ta’sir qilishini ko‘rasiz. Shu orqali tayyor takliflarga moslashish o‘rniga, o‘z holatingizdan kelib chiqib shartlarni tanlay olasiz.
 

Ko'p beriladigan savollar

TBC Bank saytida avtokredit kalkulyatorini ochib, kerakli summalarni kiriting: muddat, summa, boshlang‘ich to‘lov va foiz stavkasi. Oylik to‘lovni hisoblash uchun bir necha soniya yetarli.
 

TBC Bankdan olinadigan avtokreditning foiz stavkasi yillik 29,5% gacha bo‘lishi mumkin. Aniq stavkani kredit ma’qullangach, shartnomada ko‘rasiz.
 

Ha. Oylik to‘lovni hisoblash uchun kredit parametrlarini kiritsangiz bo‘ldi:

 

  • muddat;
  • summa;
  • foiz stavkasi;
  • boshlang‘ich to‘lov.


Keyin oylik to‘lov summasini darhol ko‘rasiz.
 

Oylik to‘lov ariza ma’qullangach va kredit shartnomasi imzolangach, individual tarzda hisoblanadi. Uning summasi quyidagilarga bog‘liq:

 

  • kredit summasi;
  • kredit muddati;
  • boshlang‘ich to‘lov summasi;
  • foiz stavkasi.


Agar kredit muddatini uzaytirsangiz yoki boshlang‘ich to‘lovni ko‘proq to‘lasangiz, oylik to‘lovni kamaytirishingiz mumkin.
 

Pasport yoki ID kartaning o‘zi kifoya.