TBC Salom haqida eng ko‘p berilgan savollar

Bu yerda TBC Bankning foydali bonuslarga ega TBC Salom plastik kartasi haqida eng ko‘p berilgan savollarga javob topasiz. Bu karta sizga 5% gacha keshbek, komissiyasiz pul o‘tkazish va kartada turgan 100 000 so‘mdan ko‘p pul uchun yillik 12% bonus taqdim etadi. Shuningdek, 10 mln so‘mgacha naqd pul yechsangiz, komissiya qaytariladi.

 

Agar izlagan javobingizni topolmasangiz, qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga telefon qiling — operatorlarimiz dam olish kunlarisiz ishlashadi va savollaringizga javob berishadi. Telefon raqami: 1150

Visa kartasi deyarli butun dunyoda qabul qilinadi, shuning uchun TBC Salom bilan siz nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham onlayn va oflayn xaridlar uchun to‘lov qila olasiz. Bundan tashqari, TBC Salom Visa egalari qo‘shimcha imkoniyatlarga ega:  

  • Karta bilan qilingan barcha xaridlardan 1% keshbek.
  • Aeroportda: kutish uchun biznes-zallarga kirish;
  • Fast Track xizmati orqali tezlashtirilgan tekshiruvdan o‘tish.

Yo‘q, qayta chiqarish bepul.

Kartani chiqarish ham, uygacha yetkazib berish ham bepul.  

Yo‘q, biz hech qaysi karta amaliyoti uchun komissiya olmaymiz. Komissiyani faqat boshqa bank bankomatlari, to‘lov terminallari, shuningdek, siz to‘lov qilgan ilova va servislar olishi mumkin.  

Bu kartaga bog‘liq:

  • TBC Salom Humo — har oy hamkorlarimizdan va maxsus kategoriyalarda qilingan xaridlar uchun 5% keshbek hisoblaymiz. Keshbekni keyingi oyda o‘tkazib beramiz.
  • TBC Salom Visa — har oy hamma xaridlar uchun 1% va hamkorlarimizdan hamda maxsus kategoriyalarda qilingan xaridlar uchun 5% keshbek hisoblaymiz. Keshbekni oy oxirida o‘tkazamiz.  

Agar funksiya yoqilgan bo‘lsa, har kuni kartada 100 000 so‘mdan boshlab qolgan mablag‘ uchun yillik 12% hisoblaymiz. Foizlarni TBC Salom Visa kartalari uchun o‘sha oy oxirida, TBC Salom Humo kartalari uchun esa keyingi oy o‘rtasida to‘lab beramiz. Summa bo‘yicha cheklovlar yo‘q.

 

Misol: agar oyning 30 kunidan faqat 5 kuni davomida kartada 100 000 so‘mdan ko‘p pul  bo‘lsa, foizlar faqat o‘sha 5 kun uchun hisoblanadi.

 

Bonusni TBC Uzbekistan ilovasida yoqishingiz mumkin: TBC Salom → "Boshqa" → "Qoldiq uchun mukofot".  

Ikkita usulda va ikkalasi ham bepul. TBC UZ ilovasiga ulangan istalgan kartadan komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin. Istalgan bankomatda naqd pul bilan to‘ldirganda, sizdan komissiya olinadi, lekin biz uni oy oxirida qaytaramiz.   

Ha, albatta. Oyiga 10 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni yechib olish uchun komissiya oy oxirida qaytariladi.

Ha, buning uchun TBC Bank Uzbekistan ilovasida ikkinchi kartaga buyurtma bering. “Kartalar” bo‘limiga kiring, ekranning yuqori qismidagi “+” belgisini bosing, pastdagi kartalar ichidan ikkinchi TBC Salom kartasini tanlang.  

35 kun ichida istalgan xarid yoki to‘lov uchun kamida 2 mln so‘m sarflang. Visa xarajatlarni ko‘radi va siz bir yil davomida kartaning hamma imkoniyatlaridan foydalanish imkoniga ega bo‘lasiz:

  • Butun dunyo aeroportlarida DragonPass biznes lounjidan foydalanish.
  • Aeroportlarda Fast Track International servisi bilan tezlashtirilgan nazoratdan o‘tish.
  • Toshkent xalqaro aeroportida bagajni bepul o‘rash.
  • Bon!’dan bepul qahva.
  • Costa Coffee’dan bepul qahva.

TBC Salom va Visa Platinum’ning boshqa hamma imtiyozlaridan yuqoridagi shartlarni bajarmasdan foydalanishingiz mumkin. Barcha imtiyozlar ro‘yxatini Visa saytining ushbu sahifasida ko‘rishingiz mumkin.