
Salom Card — sizni maftun qiladigan karta
Mukofot beradi, foizlarni qaytaradi
12% mukofot
kartadagi pul uchun
1% keshbek
har bir xariddan
Foizsiz
to‘ldirish, pul yechish va o‘tkazish

Yangi imtiyoz va bonuslarga — Salom!
Har bir xariddan 1% keshbek
hamkorlardan esa 5%
TBC UZ’da pul o‘tkazish 0%
shuningdek, kartani bankomat va terminal orqali to‘ldirganda komissiya qaytariladi
Oyiga 10 mln so‘mgacha
komissiyasiz pul yechish mumkin
Yillik 12% mukofot
har oy kartadagi 100 000 so‘mdan ko‘p qoldiq uchun
Chegarasiz to‘lovlar va xaridlar
195+
davlatda karta qabul qilinadi
Sayohatlarda qulaylik
Aeroportlardagi Fast track va biznes zallar
Sodiqlik dasturi doirasida 5% gacha keshbek qaytaramiz
Karta mutlaqo bepul
Ilovaga kirib, ariza qoldiring. Kartani 3 kunda bepul yetkazib beramiz: Uyingizga yoki O'zbekistonning istalgan hududidagi qulay TBC nuqtasigacha
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Visa kartasi deyarli butun dunyoda qabul qilinadi, shuning uchun Salom Card bilan siz nafaqat O‘zbekistonda, balki chet elda ham onlayn va oflayn xaridlar uchun to‘lov qila olasiz. Bundan tashqari, Visa’dagi Salom Card egalari qo‘shimcha imkoniyatlarga ham ega bo‘lishadi:
• Karta bilan qilingan barcha xaridlardan 1% keshbek.
• Aeroportda: kutish uchun biznes-zallarga kirish;
• Fast Track xizmati orqali tezlashtirilgan tekshiruvdan o‘tish.
TBC UZ ilovasida kartani qayta chiqarsangiz bo‘ldi. Buning uchun ilovaning asosiy ekranida Salom Card’ni tanlab, "Boshqalar" → "Kartani qayta chiqarish" knopkalarini bosing.
Humo tizimidagi Salom Card kartangizdagi pul TBC UZ ilovasidagi joriy hisobraqamingizga avtomatik o‘tkaziladi. Visa’dagi Salom Card’ni ishga tushirganingizdan keyin eski kartangiz yopiladi.
Ha, almashtirish narxi — 50 000 so‘m. Lekin uyga yetkazib berish xizmati hali ham bepul
Humo’dagi Salom Card kartangizdagi hamma pul TBC UZ ilovasidagi joriy hisobraqamingizga avtomatik o‘tkaziladi. Visa’dagi Salom Card’ni ishga tushirganingizdan keyin eski kartangiz yopiladi.
Agar avval Salom Card ochmagan bo‘lsangiz, chiqarish bepul. Agar kartangizni Humo’dan Visa’ga almashtirmoqchi bo‘lsangiz, buning uchun 50 000 so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Yo‘q, biz hech qaysi karta amaliyoti uchun komissiya olmaymiz. Komissiyani faqat boshqa bank bankomatlari, to‘lov terminallari, shuningdek, siz to‘lov qilgan ilova va servislar olishi mumkin.
Salom Card bilan to‘lov qilsangiz, oy oxirida esa pulning bir qismini qaytaramiz:
• Hamkorlarimizdan xaridlar uchun — 5%.
• Barcha to‘lovlardan — 1%.
Kartada 100 000 so‘mdan boshlab qolgan mablag‘ uchun yillik 12% hisoblaymiz. Dam olish va bayram kunlari uchun foiz oxirgi ish kuni balansiga ko‘ra hisoblanadi. Foizlarni keyingi oyda to‘lab beramiz. Summa bo‘yicha cheklovlar yo‘q. Misol uchun, agar oyning 30 kunidan faqat 5 kuni davomida kartada 100 000 so‘mdan ko‘p pul bo‘lsa, foizlar faqat o‘sha 5 kun uchun hisoblanadi.
Yo‘q, sizda faqat bitta Salom Card — Visa yoki Humo bo‘lishi mumkin.
Avval ochgan Salom Card Humo kartangiz cheklovlarsiz ishlashda davom etadi. Tariflar haqida batafsil ma’lumotni o‘ng tomondagi knopka orqali bilib olishingiz mumkin
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz
Salom Card nima?
Salom Card — bu TBC Bankning debet kartasi. Uni bank ofisiga bormasdan, TBC UZ ilovasining o‘zida ochish mumkin.
U kundalik xarajatlar uchun qulay: Salom Card bilan do‘konlardagi xaridlarni, onlayn buyurtmalarni tezda to‘lash, pul o‘tkazish va naqd pul yechib olish mumkin. Karta Visa to‘lov tizimida ishlaydi, chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov talab qilinmaydi.
Salom Card’ga buyurtma berish
Salom Card’ga faqat TBC UZ ilovasida onlayn buyurtma qilish mumkin. Ilovani ushbu havola orqali yuklab olishingiz mumkin. Ro‘yxatdan o‘tib, ilovaning asosiy ekranidagi "Kartalar" bo‘limida "Kartani qo‘shish / Buyurtma berish" tugmasini bosing va Salom Card’ni tanlang. Kartani chiqarish va yetkazib berish uch kungacha vaqt oladi.
Salom Card’ni yetkazib berish
Kartani buyurtma qilganingizdan keyin, uni chiqarish va yetkazib berishimiz uchun bir necha kun kerak bo‘ladi. Kuryer kartangizni belgilangan joyga — TBC nuqtasiga yoki uyingizga olib boradi.
TBC nuqtasiga yetkazib berilsa, kuryer kartangizni xodimlarimizga topshiradi, keyin sizga bu haqda SMS keladi va kartangizni olishingiz mumkin bo‘ladi.
Uyga yetkazib berilsa, kuryer yetkazib berish vaqtini aniqlash uchun sizga telefon qiladi va keyin kartani shaxsan qo‘lingizga topshiradi.
Muhim: kartani TBC nuqtasidan yoki kuryerdan olsangiz ham pasport yoki ID kartani ko‘rsatishingiz kerak.
Salom Card bonuslari va afzalliklari
Kartadan har kuni foydalanganingiz uchun bonuslar olasiz.
Kartani to‘ldirish va undan pul yechish — komissiyasiz.
Bankomat komissiya oladi, lekin biz uni keyingi oyda qaytarib beramiz. Bu oyiga 10 mln so‘mgacha pul yechganingizda amal qiladi, to‘ldirishda esa cheklovlar yo‘q.
Kartada turgan pul uchun kunlik mukofot.
Agar kartada kuni o‘rtacha 100 000 so‘m va undan ortiq pul saqlansa, har kuni yillik 12% hisoblaymiz. Foizlar keyingi oy boshida kartaga avtomatik o‘tkaziladi.
Komissiyasiz pul o‘tkazmalari.
TBC UZ ilovasidagi istalgan kartadan Salom Card’ni bepul to‘ldirish mumkin. Salom Card’dan boshqa bank kartalariga ham komissiyasiz pul o‘tkazasiz.
Barcha karta to‘lovlardan keshbek.
To‘lov terminali orqali Salom Card bilan to‘langan har bir xariddan 1% qaytaramiz.
Hamkorlarimizda to‘lovlar uchun ko‘paytirilgan keshbek.
Hamkorlarimizdan xaridlar va to‘lovlar uchun 5% keshbek oling. Hamkorlarning to‘liq ro‘yxati ushbu sahifada.
Salom Card’ni to‘ldirish usullari
Kartani Visa to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatuvchi istalgan bankomatda to‘ldirish mumkin. Bankomat buning uchun komissiya oladi, lekin biz uni keyingi oyda qaytarib beramiz. Uni boshqa karta bonuslari bilan birga keyingi oyda Salom Card kartangizga o‘tkazamiz.
Shuningdek, Salom Card’ni boshqa bank kartalaridan pul o‘tkazib to‘ldirishingiz mumkin. Eng foydali usul – buni TBC UZ ilovasida bajarish. Chunki u yerda Salom Card’ga komissiyasiz pul o‘tkazishingiz mumkin.
Salom Card’ning Osmon Card va TBC Bank’ning boshqa kartalaridan farqi nimada?
Osmon Card — bu kredit kartasi. Unda ma’lum shartlarga rioya qilgan holda sarflashingiz mumkin bo‘lgan bank mablag‘i saqlanadi. Karta bilan onlayn va oflayn xaridlarni qulay to‘lash mumkin. Biroq Salom Card’dan farqi, unda pul o‘tkazmalari va naqd pul yechish uchun komissiya bor.
TBC Virtual — bu plastiksiz Uzcard va Humo virtual kartalari. Ular bilan onlayn xaridlarni qulay tarzda to‘lasangiz bo‘ladi. Lekin oflayn to‘lovlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kartalarda bonuslar hisoblanmaydi va xizmat ko‘rsatish uchun komissiya olinadi.
TBC Visa Virtual — xorijiy saytlar va servislarda to‘lov qilish uchun mo‘ljallangan virtual karta. Uzcard va Humo Virtual kabi ishlaydi, lekin asosan xalqaro xaridlar uchun foydalaniladi. Unda ham xizmat ko‘rsatish uchun komissiya bor.
Salom Card — bu onlayn va oflayn to‘lovlar, kunlik bonuslar va keshbekni o‘zida jamlagan qulay universal karta. U bilan hamma joyda — do‘konlarda, restoranlarda, ilovalarda, servislarda va saytlarda to‘lov qilish imkoniga egasiz.
Teglar












