
Kompaniyalar uchun korporativ karta
Biznes vazifalarini xodimlarga topshiring va pullaringizni onlayn boshqaring
Bepul
Chiqaramiz, xizmat ko‘rsatamiz va yetkazib beramiz
Komissiyasiz
Kartani hisobraqamdan to‘ldirish
Visa imtiyozlari
Biznes-zallarga kirish va servislarga chegirmalar
Har qanday biznes vazifalar uchun korporativ kartalar
Xodimlaringiz uchun kartalar oching, pullarni taqsimlang va xarajatlarni onlayn boshqaring
Barcha biznes xarajatlari uchun foydalaning
Karta bilan biznes xizmatlari, vakillik va xizmat safarlari xarajatlarini to‘lang yoki uni ish uchun kerakli servislarga ulang

Biznes vazifalarni xodimlaringizga topshiring
Istalgan xodimingiz nomiga karta oching va unga xaridlar, transport hamda boshqa xarajatlar uchun pul o‘tkazing

Istalgancha karta oching
Kompaniya xodimlari uchun
To‘lovlar qiling
Do‘konlarda va onlayn 24/7
Do‘konlarda va onlayn 24/7
TBC Biznes internet-bankida karta oching
Bu juda oddiy — xuddi odatiy karta ochishdek. Direktor kartani o‘ziga yoki istalgan xodim nomiga ochishi mumkin
Menejer qo‘ng‘irog‘ini kuting
U siz bilan kartani yetkazib berish vaqtini kelishadi va yoningizda bo‘lishi kerak hujjatlar haqida aytadi
TBC Biznes korporativ kartangizni oling
Tayyor! Karta biznes to‘lovlaridan tortib, xizmat safarlaridagi barcha ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan
TBC Biznes korporativ kartasi
Biznesingiz xaridlarini to‘lang va xarajatlarini o‘zingizga qulay tarzda boshqaring
Karta ochish
Ilovada bir necha daqiqada
To‘lov tizimi
Visa Platinum Business
TBC Biznes ilovasida
Karta xarajatlarini onlayn kuzatib boring

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Kartani istalgan xodim, jumladan, buxgalter nomiga ham ochish mumkin. Ammo unga faqat kompaniya direktori yoki rahbari buyurtma bera oladi. Karta TBC Biznes ilovasida bir necha daqiqada ochiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar esa biznes karta ochishlari mumkin.
Korporativ karta bilan barcha biznes xarajatlarini to‘lashingiz mumkin:
- ish uchun kerakli servislar va dasturlarga obunalar;
- biznes uchun tovar va xizmatlar;
- chiptalar, mehmonxonalar va xizmat safarlaridagi boshqa xarajatlar;
- aloqa, internet va onlayn servislar;
- vakillik va boshqa ish xarajatlari.
Karta xarajatlarni turli toifalarga ajratish imkonini beradi. Masalan, ofis jihozlari uchun alohida karta ochib, uni mas’ul xodimga berishingiz mumkin. Bu budjetni rejalashtirish va pullarning asosiy qismi nimaga sarflanayotganini nazorat qilishga yordam beradi.
Yuridik shaxs cheklanmagan miqdorda karta ochishi mumkin, ammo har bir xodimga faqat bittadan karta beriladi. Xodimlar kartalaridagi pullarni faqat kompaniya direktori yoki rahbari TBC Biznes internet-banki orqali boshqarishi, limitlarni sozlashi va xarajatlarni kuzatib borishi mumkin.
Barcha xodimlar uchun mavjud operatsiyalar:
- Internetda va to‘lov terminallarida xaridlarni to‘lash.
- Kartani ish uchun kerakli servislarga, masalan, reklama kabinetlari, bulutli xotira xizmatlari va boshqalarga ulash. Hozircha kartani payme kabi to‘lov servislariga ulab bo‘lmaydi.
Faqat direktor yoki kompaniya rahbari uchun mavjud operatsiyalar:
- TBC Biznesdagi asosiy hisobraqamdan kartaga va undan qayta pul o‘tkazish.
- TBC Biznesdagi asosiy hisobraqamdan kartani to‘ldirish.
Taqiqlangan operatsiyalar:
- Boshqa odamlarning hisobraqamlari va kartalariga pul o‘tkazish.
- Bankomatdan naqd pul yechish va to‘ldirish.
- Kartadan ish haqi, nafaqa, stipendiya va dividendlar olish uchun foydalanish.
- Chet elda kartadan to‘lov qilish.
- Valyuta ayirboshlash.
Visa Platinum Business ko‘plab imtiyozlar taqdim etadi:
- Biznes-zallarga kirish, Fast Track, xizmat safarlari va sayohatlarni yanada qulay qiluvchi boshqa servislar.
- Sayohat vaqtida $500 000 gacha qoplanadigan xalqaro sug‘urta.
- Costa Coffee va Bon! kafelarida bepul qahva.
- Levi’s, Ecco, Cole Haan va boshqa brendlarga 10% chegirma.
- Microsoft, SignNow, Meta, LinkedIn, X va boshqa biznes servislarga 50% gacha chegirma.
Visa imtiyozlar ro‘yxati va ulardan foydalanish shartlarini o‘zgartirishi mumkin. Barcha amaldagi takliflar bilan to‘lov tizimi saytida tanishishingiz mumkin.
Faqat direktor yoki kompaniya rahbari quyidagilarni bajara oladi:
- Kartani faollashtirish.
- Pin kod o‘rnatish va o‘zgartirish.
- Barcha kartalar balansi va operatsiyalar tafsilotlarini ko‘rish.
- Har bir xodim kartasi uchun limit o‘rnatish.
- Kartadan pul yechilgani haqida bildirishnomalar olish.
Bularning barchasini TBC Biznes internet-bankida qila olasiz.
Karta nomiga ochilgan xodim ushbu funksiyalardan foydalana olmaydi, ammo u kartani o‘zi bilan olib yurishi va barcha biznes xarajatlarini to‘lashi mumkin.

Biznes karta bilan biznes qilish osonroq
Aloqa ma’lumotlaringizni qoldiring — barcha savollaringizga javob beramiz va kartaga qanday buyurtma berishni tushuntiramiz
Biznes uchun foydali materiallar
Muhim yangiliklardan xabardor bo‘ling



