
TBC Bank omonati UzPost orqali naqd pulda qanday to‘ldiriladi
Katya Bulgakova
TBC omonatini faqat ilovada emas, pochta aloqa bo‘linmalarida ham to‘ldirish mumkin. O‘zbekistonda 1600 ga yaqin bo‘lim bor. Uyingiz yoki ishingizga yaqin joydan o‘zingizga qulay joyni topishingiz mumkin. Buni qanday qilishni tushuntiramiz.
Qaysi omonatlarni UzPost orqali to‘ldirish mumkin
UzPost orqali hamma omonatni ham to‘ldirib bo‘lmaydi. Siz ochgan omonat to‘g‘ri kelishini tekshiring.
Muhim:
1. Omonat allaqachon ochilgan bo‘lishi kerak. UzPost bo‘limida yangi omonat ocholmaysiz. Faqat bor omonatni to‘ldirish mumkin.
2. Omonat so‘mda bo‘lishi kerak. Faqat so‘mdagi omonatlarni va oyiga 200 mln so‘mgacha to‘ldirish mumkin.
3. Omonat to‘ldiriladigan bo‘lishi va undagi summa limitga yetmagan bo‘lishi kerak. Shartlarga ko‘ra omonatni to‘ldirish mumkin bo‘lmasa, pochta orqali ham pul kiritolmaysiz. Masalan, to‘ldirish ko‘zda tutilmagan muddatli omonatni to‘ldirib bo‘lmaydi, "Odat" omonatini esa to‘ldirish mumkin.
1-qadam. Deposit ID raqamingizni bilib oling
Deposit ID — bu omonatni to‘ldirish uchun kerakli raqam. Uni TBC UZ ilovasidagi depozit kartochkasidan topasiz. Raqam omonat nomining o‘ng tomonida turadi.
2-qadam. UzPost bo‘linmasiga boring
O‘zingiz bilan pasport, ID-karta yoki haydovchilik guvohnomasini oling. Xodimga omonatingizni to‘ldirish uchun Deposit ID raqamingizni ayting va naqd pulni kiriting.
Sizga naqd pul bilan to‘ldirish uchun qolgan limit va omonatga qo‘yish mumkin bo‘lgan maksimal summa ko‘rsatilgan push xabar keladi. SMS orqali OTP-kod ham yuboriladi. Kodni UzPost xodimiga ayting va naqd pulni topshiring. To‘lovdan keyin sizga chek yoki kvitansiya beriladi. Pul omonatga tushguncha uni saqlab qo‘ying.
Odatda pul 3–4 daqiqada omonatga tushadi. Bu haqda TBC UZ ilovasida xabar keladi. Operatsiya bir muddat “Jarayonda” deb ko‘rinsa, xavotir olmang. Bank xodimlari omonatni kun davomida to‘ldirib berishadi.
Eng yaqin UzPost bo‘limini va uning ish vaqtini saytdagi indeks yoki xarita orqali topish mumkin.
Xizmat narxi
TBC ham UzPost ham omonatni to‘ldirganlik uchun hech qanday komissiya olmaydi.
Pullar tushmasa nima qilish kerak
Chek yoki kvitansiyadagi Deposit ID raqamini tekshiring. Raqamda xatolik bo‘lsa, omonatni to‘ldirgan UzPost bo‘limiga murojaat qiling. U yerda o‘tkazma rekvizitlarini qanday tuzatish yoki pulni qaytarishni tushuntirishadi.
Deposit ID raqamida xato bo‘lmasa, UzPost bilan 1165 yoki (+998 71) 233-57-47 raqami orqali bog‘lanib, holatga aniqlik kiriting.
UzPost o‘tkazma yuborilganini tasdiqlasa, lekin pullar omonatga tushmagan bo‘lsa, TBC UZ ilovasidagi TBC qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yozing yoki (+998 78) 777-27-27 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Amaliyotni tasdiqlash uchun chek yoki kvitansiyani tayyorlab qo‘ying.
Jamg‘armalar
Orzularga pul jamg‘armoqchi bo‘lganlar uchun foydali maslahatlar




