Barcha maqolalar
Jamg‘armalar

Uyda pulni qanday saqlash kerak

Alisa Granova

 

Agar uyda pulingizni yoki premiyani ko‘rpacha tagida saqlasangiz, uni hech kim topolmaydigan joyga yashirish haqida o‘ylagan bo‘lsangiz kerak. Qaysi yashirin joylarni o‘g‘rilar birinchi bo‘lib tekshirishi, naqd pulni uyda qanday xavfsizroq saqlash va nima uchun hech bir yashirin joy to‘liq himoya bermasligini ko‘rib chiqamiz.

Nega biz pulni uyda yashiramiz

Naqd pul yonimizda bo‘lishi bizga nazorat hissini beradi. Pul doim qo‘l ostida turadi va uni istalgan vaqtda ishlatsa bo‘ladi. Avval pulini yo‘qotgan yoki moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan odamlar uchun bu muhim bo‘lishi mumkin. 


Lekin bu ishning xavfli tomonlari bor. Inflyatsiya sabab jamg‘armaning xarid qobiliyati pasayadi. Uyga o‘g‘ri tushsa, faqat pulni emas, mebel, texnika va boshqa buyumlarni ham olib ketishi yoki ularga zarar yetkazishi mumkin.

Alisa,
bolaligida ota-onasining uyiga o‘g‘ri tushgani esida qolgan


Bolaligimda Chilonzor jinoyatchilik ko‘p bo‘ladigan hudud hisoblangan. Kvartiralarda o‘g‘irliklar ko‘p bo‘lardi va ko‘pchilik bundan qo‘rqardi. Oilamiz badavlat yashamasdi, lekin bobom “Moskvich” olganidan keyin uyimizga o‘g‘rilar tushdi. Ular panjaralarni bukib, kunduzi birinchi qavatdagi uyimizga kirishgan. Bobomning ordenlari, ozgina pul va buvimning yantar taqinchog‘ini olib ketishdi.


O‘g‘rilar topilmadi. Buvim hamma jamg‘armalarini omonat daftarchasida saqlardi. Aynan shu narsa oilamizning pulini saqlab qolishga yordam bergan.

2025 yilda O‘zbekistonda jami 49 213 ta o‘g‘rilik jinoyati qayd etilgan. Bu raqamga faqat kvartiralarga tushgan o‘g‘riliklar emas, boshqa holatlar ham kiradi. Lekin bu statistikaga qarab xavf haqiqiy ekanini ko‘rish mumkin.

Pulni qayerga yashirmagan ma’qul

O‘g‘rilar ishni ko‘zga tashlanadigan joylardan boshlashadi. Bular shkaf, karavot yonidagi tumbochka, kiyim-kechaklar, kitoblar, qutilar, oshxonadagi bankalar va yumshoq mebellar. Xonadon egasiga noodatiy tuyulgan yashirin joy jinoyatchi uchun juda tanish bo‘lishi mumkin.


Kichkina kitob ko‘rinishidagi seyflar, qutichalar va maishiy texnika qutilari ham yaxshi variant emas. Ularni ochib o‘tirmasdan, ichidagi narsalari bilan olib ketishlari mumkin.

Ko‘chma mini seyfga ko‘p pul sig’maydi. Uni ichidagi narsalari bilan ko‘tarib ketish oson

Pul uyda turishi kerak bo‘lsa-chi

Naqd pulni biroz vaqtga uyda qoldirish kerak bo‘lsa, hamma biladigan joylarni tanlamang. Yaxshisi, devor yoki polga mahkamlanadigan ishonchli seyfdan foydalaning. Bunday seyfni olib ketish qiyin. Boshqa usullarga qaraganda ham bu ancha xavfsizroq.

Bunday seyflarga ishonsa bo‘ladi, lekin ular sizni barcha xavflardan himoya qilmaydi.

Aqlli uy texnologiyasi uyni kun davomida nazorat qiladi. Bunday tizimda harakat va eshik ochilishini aniqlaydigan signalizatsiya, ilovaga xabar yuboradigan kamera, eshik va derazalarning ochilganini aniqlab, telefonga signal yuboradigan datchiklar bo‘ladi.

Bunday datchikni onlayn do‘kondan xarid qilib, aqlli kolonkaga ulash mumkin.

Pulni qanday himoya qilish kerak

Uydagi seyf o‘g‘ridan himoya qilishi mumkin, lekin xavfsizlik bo‘yicha bankka teng keladigan yo‘q.

 

Omonatdagi pullar omonatlarni kafolatlash tizimi bilan himoyalangan. Bankda muammolar chiqsa, omonatchilarning zararini davlat belgilangan miqdorda qoplab beradi. Hozir bu summa har bir bank 200 mln so‘m.

 

Omonatdagi pul daromad ham keltiradi. Bank unga foiz hisoblaydi. Masalan, 10 mln so‘mni yillik 17% stavka bilan, kapitalizatsiya asosida 13 oyga omonatga qo‘ysangiz, muddat oxirida hisobingizda taxminan 12 mln so‘m yig‘iladi. Bundan 10 mln so‘mi boshlang‘ich summa, 2 mln so‘m hisoblangan foizlar bo‘ladi.

Uyda pul saqlash haqida qisqacha

Uyda katta miqdorda naqd pul saqlamang. Uydagi yashirin joy bankdek himoya bermaydi. Eng yaxshi seyf ham pulni o‘g‘irlik, yong‘in yoki suv bosishidan himoya qilmaydi.

 

Pulni vaqtincha uyda turishi kerak bo‘lsa, ishonchli seyfdan foydalaning. Devor yoki polga mixlangan, olib ketib bo‘lmaydigan seyfni tanlang.


Pulni hammaga biladigan joylarga yashirmang. Matras, shkaf, maishiy texnika qutisi yoki kitoblar faqat xonadon egasiga yaxshi joydek tuyulishi mumkin. Bunday joylar o‘g‘rilar birinchi bo‘lib tekshiradi.


Uzoq muddatli jamg‘armalar uchun omonatni tanlang. Bankdagi pul uyda yotgan puldan yaxshiroq himoyalanadi, daromad keltiradi va jamg‘armalarni saqlab turadi.

Jamg‘armalaringizni xavfsizroq saqlamoqchi bo‘lsangiz, TBC Bank Uzbekistan’da omonat oching. O‘zingizga mos muddatni tanlang va omonatni ilova orqali onlayn rasmiylashtiring.