Barcha maqolalar
Yangiliklar

Shomurodov imzosi tushirilgan eksklyuziv TBC Salom kartasini olish

Katya Bulgakova

 

O‘zbekiston birinchi marta Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi. Yozda “Oq bo‘rilar” Shimoliy Amerika stadionlarida Kolumbiya, Portugaliya va Kongo jamoalariga qarshi o‘ynaydi. TBC bu tarixiy voqea sharafiga Eldor Shomurodov dastxati tushirilgan maxsus TBC Salom kartasini chiqardi. Uni qanday olishni tushuntiramiz.

Bu qanday karta

Bu oddiy TBC Salom kartasi. U bilan xaridlar qilish, keshbek olish, pul saqlash va har kuni ishlatish mumkin. Lekin dizayni boshqacha. Karta jamoamizga va Jahon chempionatiga bag‘ishlangan va unda Eldor Shomurodovning imzosi bor.


Shomurodov — terma jamoa sardori va eng yaxshi to‘purari. Muxlislar uchun u jamoaning eng asosiy o‘yinchilaridan biri. U boshchiligida O‘zbekiston birinchi marta Jahon chempionatiga chiqdi. Bu karta shunchaki futbol haqida emas, u hozir butun mamlakat kuzatayotgan katta voqea haqida.


Karta ochish narxi — 30 000 so‘m.

Karta shartlari

stalgan do‘kondagi xaridlar uchun 1% keshbek, bank hamkorlarida 5% gacha keshbek, karta qoldig‘iga yillik 12% foyda. TBC UZ ilovasida ham komissiyasiz o‘tkazmalar va kartani to‘ldirish.


Kartani O‘zbekistonda ham, chet elda ham ishlaydi. Jamoani jonli qo‘llab-quvvatlash uchun Jahon chempionatiga borganda yoki sayohatda karta kerak bo‘ladi. 


TBC Salom bilan Visa imtiyozlaridan — masalan, aeroportlardagi biznes-zallar va Fast Track’dan foydalanish mumkin.

Karta qanday ochiladi

Shomurodov imzosi tushirilgan TBC Salom kartasini TBC UZ ilovasida ochasiz. Sizda hali ilova bo‘lmasa, uni yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.


Keyin “Kartalar” bo‘limida TBC Salom x Shomurodov kartasini tanlang va “Buyurtma berish” tugmasini bosing. Karta narxi — 30 000 so‘m. Karta uch kun ichida sizga yetkazib beriladi.

 

Sizda allaqachon TBC Salom Humo yoki Visa bo‘lsa, kartani qayta chiqarish shart emas. Miqdori cheklangan TBC Salom × Shomurodov kartasini qo‘shimcha ravishda buyurtma qilasiz. Eski karta esa ishlashda davom etadi. Kartalar bo‘yicha hisob umumiy bo‘ladi.

Avval TBC UZ ilovasidan foydalanmagan bo‘lsangiz, kartani rasmiylashtirish uchun OneID’dan ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak. Buni haqida maqolamizda batafsil yozganmiz.