Barcha maqolalar
Yangiliklar

Jamoat transporti uchun 100% keshbekni qanday olish mumkin?

Katya Bulgakova

 

1-mayda TBC Bank’da aksiya boshlanadi. Endi jamoat transporti to‘lovlardan 100% keshbek olish mumkin. Aksiyada ishtirok etish tartibi, yo‘l haqini to‘lash usullari va qancha pul qaytarilishini tushuntiramiz.

Aksiya qanday ishlaydi

ATTO terminali orqali TBC Salom kartasi bilan yo‘l haqini to‘laysiz, bank esa xarajatni keshbek ko‘rinishida qaytaradi. Masalan, oyiga yo‘l haqiga 50 000 so‘m ishlatsangiz, aynan shuncha summa sizga qaytadi.

Aksiyada kimlar qatnashishi mumkin

Aksiyada faqat 2026-yil 1-maydan 30-iyungacha rasmiylashtirilgan yangi jismoniy TBC Salom kartalari qatnashadi.


Bu muddatdan oldin ochilgan yoki virtual kartalar bilan qilingan to‘lovlarga 100% keshbek tushmaydi.

Aksiyada qatnashib, keshbekni olish usullari

Keshbek olish uchun ikki qadam:

 

1. 2026-yil 1-maydan 30-iyungacha TBC Salom kartasini rasmiylashtirish.

 

2. Aksiya yakuniga qadar — 2026-yil 30-iyungacha karta orqali ATTO terminalida jamoat transporti uchun to‘lov qilish.



Keshbek avtomatik hisoblanadi va pul oy oxirida shu kartaga qaytariladi.

Qachon keshbek berilmaydi

Quyidagi holatlarda keshbek berilmaydi:

 

  • agar to‘lov TBC Salom Visa jismoniy kartasi orqali qilinmasa. TBC Bank’ning Uzcard, Humo va boshqa kartalar aksiyada ishtirok etmaydi;

 

  • agar 2026-yil 1-maygacha rasmiylashtirilgan kartani ishlatsangiz;

     

  • agar  yo‘l haqini ATTO terminali orqali to‘lamasangiz;

     

  • agar payme orqali QR bilan to‘lasangiz — sizga 5% hamkor keshbeki beriladi, lekin ATTO’dagi 100% keshbek berilmaydi; 

     

  • agar bank hamkorlari orqali taksi uchun to‘lov qilsangiz. Bu safarlar uchun ham 5% keshbek olasiz.

Qancha qaytarish mumkin

TBC Salom kartasi bo‘yicha umumiy keshbek limiti bir oyda 500 000 so‘m. Bu limitga safarlar uchun keshbek, hamkorlardagi xaridlar, boshqa aksiyalar va oshirilgan keshbeklar kiradi.


Agar limitni faqat jamoat transportiga ishlatsangiz, oyiga 300 to‘lovni qaytarish mumkin. Bu, kuniga taxminan 10 ta safar degani.

TBC Salom kartasini qanday olish mumkin

TBC Salom kartasini TBC UZ ilovasi orqali buyurtma qilish mumkin. Karta uyingizga bepul yetkazib beriladi, yetkazish muddati — 3 kungacha. 


Keyin yo‘l haqini karta orqali ATTO terminalida to‘lang va safarlar uchun keshbek oling.