Barcha maqolalar
Yangiliklar

Toshkent aeroporti biznes zaliga qanday bepul kirish mumkin

TBC Blog tahririyati

 

O‘tgan yili Toshkent xalqaro aeroportida yangi biznes zal — Anjir ochildi. U taxminan 120 mehmonni sig‘dira oladi va 2 yoshdan katta barcha uchun pullik: kattalar uchun — 40$, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 20$. Lekin u yerga bepul kirish mumkin. Quyida shuni tushuntiramiz.

Anjir biznes zalida nimalar bor

Zalga CIP‑zona orqali ham, terminal ichidan ham kirish mumkin. Zal steril zonaning chap tomonida joylashgan — yo‘nalish uchun katta ekranli installyatsiya mavjud. 

 

Biznes zal umumiy kutish hududiga qaraganda qulayroq: yumshoq gilam shovqinni kamaytiradi, siz parvozingizni qulay kreslo yoki divanda kutasiz, stollar va bepul Wi‑FI mavjud.

Birinchi qavatda keng tanlovga ega bufet joylashgan. Sharbatlar, suv, gazli ichimliklar, choy yoki qahva olish mumkin. 

 

Shirinliklardan pishiriqlar, maffinlar va biskvitlar bor. Issiq taomlar: qovurilgan kartoshka, palov va sho‘rva. 

 

Yengil tamaddilar ham mavjud: go‘sht va pishloq kesimlari, sabzavotlar, zaytunlar, makkajo‘xori. Spirtli ichimliklar ham tashrif narxiga kiradi.

Shaxsiy buyumlar uchun yopiq javonlar bor. Ularga qo‘l yuklari yoki qimmatbaho narsalarni qoldirish mumkin.


Har bir javonda toza sochiq va bir martalik shippaklar qo‘yilgan. Mehmonlar dushdan foydalanishlari mumkin, shuningdek, chekish xonalari va ona-bola xonalari ham mavjud.

Zalga bepul kirish uchun nima qilish kerak

Zalga kirish uchun TBC Salom Visa kartasi kerak — u yiliga 2 marta bepul kirish imkonini beradi.


Kirish kartaning o‘zi bilan emas, balki Telegram’dagi VisaConcierge botidan olinadigan QR‑kod orqali amalga oshiriladi — bu jarayon 5–10 daqiqa vaqt oladi.


Quyida kartani qanday olish va botdan qanday foydalanishni tushuntiramiz.

TBC Salom Visa kartasini qanday rasmiylashtirish mumkin

TBC UZ ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va kartani buyurtma qiling. U 3 kun ichida yetkaziladi.


Xizmatni faollashtirish uchun parvoz sanasidan 35 kun oldin kartadan kamida 2 mln so‘m sarflangan bo‘lishi kerak. So‘nggi 5 kun ichidagi xarajatlar hisobga olinmaydi — bu davrda ular bo‘yicha ma’lumotlar qayta ishlanadi.


Shu bois kartani oldindan buyurtma qilib, foydalanishni erta boshlagan ma’qul.

Zalga kirish uchun QR-kodni qanday olish mumkin

Telegram’da VisaConcierge botni oching. Telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘ting — SMS-kod yuboriladi. So‘ng mamlakat va tilni tanlang, ismingizni kiriting va maxfiylik siyosatiga rozilik bildiring.


Ro‘yxatdan o‘tgach, Visa Travel bo‘limiga kiring. Airport Lounges bo‘limini ochib, xizmatning mavjudligini tekshiring.

Bot karta qo‘shishni so‘raydi — siz maxsus himoyalangan sahifaga yo‘naltirilasiz. Tekshiruvdan so‘ng mavjud zallar paydo bo‘ladi ulardan Anjirni tanlang. So‘ng aksiya shartlari bilan tanishganingizni tasdiqlang va ism familiyangizni hujjatdagidek kiriting

Jarayon yakunida sizga QR‑kod beriladi — u biznes zalga kirishda skaner qilinadi.