Barcha maqolalar
Kreditlar

Yangi mashinani tanishlarsiz qanday olish mumkin

Olga Mokshina

 

Avtosalondan mashina olish uchun bir nechta bosqichdan o‘tish kerak. Avval mashinani tanlaysiz, keyin o‘zingizga mos taklifni topasiz, hujjatlarni tayyorlaysiz, shartnoma shartlarini ko‘rib chiqasiz, sug‘urta va xaridni rasmiylashtirasiz. Shuning uchun ko‘pchilik avtosalonga do‘sti yoki qarindoshi bilan boradi. Oldingizda bu jarayonni yaxshi tushunadigan odam bo‘lishi kerak. Bunday tanishingiz bo‘lmasa, sizga TBC Avto vakili yordam beradi. U xarid shartlarini tushuntiradi, diler bilan uchrashuvga tayyorlanishingizga yordam beradi va mashinani olguningizcha jarayonni kuzatib boradi.

TBC Avto — rasmiy dilerlardan yangi mashina tanlash va sotib olishga yordam beradigan servis. Unda mashinalar, narxlar va avtosalonlardagi mavjud variantlarni ko‘rish, takliflarni solishtirish va xaridni to‘liq to‘lov, kredit yoki 0% kredit orqali rasmiylashtirish mumkin. 


TBC Avto’dan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomani alohida maqolada o‘qing.

TBC Avto vakili nimalar qiladi

Mashina va to‘lov usulini tanlaganingizdan keyin TBC Avto vakili siz bilan bog‘lanadi. U keyingi qadamlarni tushuntiradi, xaridni rasmiylashtirish uchun nima qilishni va qaysi hujjatlarni olib kelish kerakligini aytadi. Keyin avtosalonda uchrashuv belgilaydi. Fikringiz o‘zgarib, boshqa mashinani ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, vakil sizga variantlarni solishtirish va o‘zingizga mos mashinani tanlashda ham yordam beradi. 


Avtosalonda ham TBC Avto vakili siz bilan birga bo‘ladi 


Mashina tanlovida va qulay xarid shartlarini tanlashda yakuniy qarorga kelishingizga yordam beradi. Rejangiz o‘zgarsa, masalan, boshqa model, komplektatsiya yoki to‘lov usulini tanlamoqchi bo‘lsangiz, vakil keyingi qadamlarni moslashtirib beradi. 


Kreditga olinayotgan mashinani yakuniy kredit tekshiruvidan o‘tkazadi. Vakil tanlagan shartlaringiz bo‘yicha kredit arizasini yakuniy baholashdan o‘tkazadi. Shundan keyin bank kredit bo‘yicha yakuniy qarorni beradi. Vakil esa keyin nima qilish kerakligini tushuntiradi. 


Xaridni rasmiylashtirishda yordam beradi. Kredit tasdiqlangach, vakil hujjatlarni tayyorlashga va sug‘urtani rasmiylashtirishga ko'maklashadi. Biror savol tug‘ilsa, avtosalonda kimdan so‘rashni o‘ylab yurmaysiz. Savollaringizni TBC Avto vakiliga berasiz. 


U mashinani qabul qilib olguningizcha xarid jarayonida siz bilan birga bo‘ladi.

TBC Avto vakili nega kerak

TBC Avto vakili siz uchun mashina tanlamaydi. U xarid jarayonidagi ortiqcha tashvishlarni kamaytiradi. Kimga qo‘ng‘iroq qilish, qayerga borish yoki qanday hujjatlarni tayyorlash kerakligi haqida bosh qotirmaysiz. TBC Avto vakili barcha savollarga javob beradi va keyingi qadamlarni tushuntiradi.

 

TBC Avto vakili diler bilan bog‘lanib, avtosalonga borish vaqtini kelishadi. U xarid shartlarini tushunishga, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishga yordam beradi va mashinani olguningizcha jarayonni kuzatib boradi.