Barcha maqolalar
Kreditlar

TBC Avto’da mashina tanlash va xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma

Alisa Granova

 

Yangi TBC Avto servisida yangi mashinani topish, takliflarni solishtirish va mos xarid usulini tanlash mumkin. Masalan, mashina uchun pulni to‘liq to‘lash, kreditga yoki 0% li kreditga sotib olish mumkin. Servisdan qanday foydalanishni ko‘rib chiqamiz.

1. TBC Avto’ni oching

TBC Avto TBC UZ ilovasida joylashgan. Sizda Ilova bo‘lsa, servisda alohida ro‘yxatdan o‘tish shart emas. TBC Avto bo‘limini oching va mashina tanlashni boshlang. Ilovada TBC Avto bo‘lmasa, uni oxirgi versiyagacha yangilang.


Sizda TBC UZ ilovasi bo‘lmasa, uni yuklang va ro‘yxatdan o‘ting. Keyin TBC Avto’ni oching.


TBC UZ’ni yuklash: App Store | Google Play

2. Mashinani toping

TBC Avto bosh sahifasida qidiruv va filtrlar orqali mos mashinani topish mumkin. “Mashhur”, “Premium” va “Byudjet” tayyor to‘plamlarini ham ko‘rib chiqsa bo‘ladi.

 

Qaysi mashina kerakligini bilsangiz, qidiruvga rusum va model nomini yozing. Sizda mashina variantlari ko‘p bo‘lsa, ularni filtrga kiriting. Servis sizga mos mashinalarni ko‘rsatadi. Mashinani dastlabki to‘lov summasi bo‘yicha ham qidirish mumkin. Servis pulingizga qarab variantlarni chiqaradi. 


Hali aniq qarorga kelmagan bo‘lsangiz, katalogni varaqlang. Avtomobillar ro‘yxatida narx, mavjud takliflar va minimal oylik to‘lov ko‘rinadi. Mashinani kreditga olmoqchi bo‘lsangiz, bu juda qulay. Shunda variantlarni solishtirib, o‘zingizga mos kartochkani ochishingiz mumkin.

3. Takliflarni solishtiring

Mashinaning kartochkasini ochib, uning xususiyatlari va mavjud takliflarini ko‘rib chiqing. Bitta model uchun taklif ko‘p bo‘lishi mumkin. Ularning xarid shartlari ham bir-biridan farq qiladi.

   
Ularni o‘zaro solishtiring va mos variantni tanlang.

4. Xarid usulini tanlang

Tanlagan avtomobilingiz kartasida xarid usulini belgilang. Mashina narxini birdaniga yopish yoki kredit olish mumkin. Ba’zilarini esa 0% li kreditga olsa bo‘ladi.

5. Rasmiylashtirishni avtosalonda davom ettiring

Keyingi jarayon tanlagan xarid usuliga bog‘liq 


Mashina uchun pulni birdaniga to‘lasangiz, TBC Avto vakili siz bilan bog‘lanadi. U keyingi qadamlarni tushuntiradi, savollaringizga javob beradi va avtosalonda uchrashuv belgilaydi. Rasmiy ishlarni u yerda davom ettirasiz. 


Kredit yoki 0% kreditni tanlasangiz, TBC Avto’da ariza topshirasiz. Birinchi javob bir daqiqa ichida keladi. Ariza ma’qullansa, TBC Avto vakili siz bilan bog‘lanadi, xarid shartlarini tushuntiradi, savollaringizga javob beradi va avtosalonda uchrashuv belgilaydi.

Mashinani kreditga olish uchun nimalarni bilish kerak

TBC Avto’da mashina kimlarga beriladi? 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari mashina sotib olishlari mumkin. Kreditga olinadigan mashina uchun rasmiy daromad manbai bo‘lishi shart. Kredit uchun arizani o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va YTT ham topshirishlari mumkin.

 

Kasko polisi kerakmi? Ha, kreditga olingan mashina uchun Kasko majburiy. Bank vakili avtosalonda sug‘urtani olishga yordam beradi.

 

Mashina kimning nomida bo‘ladi? Mashina xaridor nomiga olinadi. Ammo kredit to‘liq yopilguncha avtomobil bank garovida turadi. Shuning uchun mashinadan kredit shartlaridagi cheklovlarni hisobga olib foydalanasiz.

 

Ro‘yxatdan o‘tkazishda kim pul to‘laydi? Ro‘yxatdan o‘tkazish va texnik pasport uchun xaridorning o‘zi to‘laydi.

 

Ariza topshirgandan keyin boshqa mashinani tanlash mumkinmi? Ha. Fikringiz o‘zgarib, boshqa mashinani tanlamoqchi yoki xarid shartlarini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, TBC Avto vakilining qo‘ng‘irog‘ini kuting. Keyin bu haqda unga ayting. U mavjud variantlar bo‘yicha maslahat berib, rasmiylashtirish jarayonida yordam beradi.

TBC Avto’da o‘zingizga mos mashinani toping

TBC Avto’da yangi mashinalarni solishtirish va o‘zingizga mos xarid usulini tanlashingiz mumkin. TBC Avto vakili xaridni rasmiylashtirishda yordam beradi va mashinani olguningizcha oldingizda bo‘ladi.