“TBC BANK” ATB tariflariga kiritilgan o'zgartirishlar haqida xabar
27.04.2022
2022 yil 23 yanvardan boshlab "TBC Bank" ATBda talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i bo`yicha tariflarga o`zgartirishlar kiritilib, barcha yangi va joriy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uchun yillik foiz stavka 21% miqdorida belgilandi
Hurmatli mijozlar,
2022 yil 23 yanvardan boshlab "TBC Bank" ATBda talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i bo`yicha tariflarga o`zgartirishlar kiritilib, barcha yangi va joriy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari uchun yillik foiz stavka 21% miqdorida belgilandi.
Talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i Shartnomasining 3.2-bandiga ko`ra, talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`i bo`yicha foiz stavkasining o`zgarishi bilan bog`liq tariflarga o`zgartirishlar Bankning www.tbcbank.uz veb-saytida, mobil ilovasida va/yoki "TBC Bank" ATBning bo`linmalarida kamida 10 (o`n) kalendar kun davomida tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali Mijozni xabardor qilgan holda kiritilishi mumkin.
2022 yil 23 yanvardan keyin talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`idan foydalanishni davom ettirish orqali siz yangi tahrirdagi talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`iga belgilangan foiz stavkalar borasida o`z roziligingizni bildirasiz.
Yuqorida ko`rsatilgan o`zgartirishlar bilan rozi bo`lmasangiz, siz barcha pul mablag`lari va hisoblangan foizlarni talab qilish, shuningdek, "TBC Bank" ATB mobil ilovasida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag`ini yopish huquqiga egasiz.