TBC Bank omonatchilari uchun Salom Card bilan aksiya
29.09.2025
O‘zbekistondagi birinchi raqamli bank TBC Bank 10 mln so‘mdan ko‘proq “Odat” omonatini ochgan mijozlar uchun aksiya boshlanganini e’lon qiladi. Aksiya doirasida bank omonatchilari jismoniy terminal orqali Salom Card bilan to‘langan barcha xaridlardan 5% keshbek olishadi.
Aksiya shartlari:
1. Bank mijozi 10 000 000 so‘mdan kam bo‘lmagan summada “Odat” omonatini ochishi va ushbu summani butun oy davomida omonatda saqlashi lozim.
2. Ishtirok etish uchun TBC UZ mobil ilovasining "Yutuqlarni olish" bo‘limidan chipta olish zarur.
3. Qo‘lga kiritilgan keshbek keyingi oyning birinchi 10 kuni ichida bank tomonidan kartaga avtomatik o‘tkaziladi, lekin u 500 000 so‘mdan oshmasligi kerak.
Aksiya shartlari haqida batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.