“TBC Bank” ATB Boshqaruvi raisi murojaati
25.08.2025
Qadrli hamkasblar, hurmatli mijozlar va hamkorlar!
TBC Bank O‘zbekistonda o‘z faoliyatini bizni birlashtiruvchi va korporativ madaniyatimizning asosini tashkil etuvchi qadriyatlar – halollik, shaffoflik, innovatsiya va har bir insonga hurmat asosida quradi. Aynan shu tamoyillar bizga nafaqat muvaffaqiyatli moliyaviy tashkilot, balki millionlab mijozlar uchun ishonchli hamkor bo‘lish imkonini berdi.
Madaniyatimizning asosiy tamoyillaridan biri korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qat’iy murosasizlikdir. Korrupsiya ishonchni yo‘q qiladi va biz ishonadigan barcha qadriyatlarga zid keladi. TBC Bank korrupsiya va axloqsiz xatti-harakatlarga nisbatan qat’iy toqatsizlik siyosatini olib boradi va har birimiz ushbu standartlarga murosasiz rioya qilish uchun shaxsan javobgarmiz. Biz o‘z faoliyatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga, shuningdek, axloq va manfaatlar to‘qnashuvi masalalarini tartibga soluvchi ichki korporativ hujjatlarga tayanamiz:
• Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurashishni hamda soliqlarni toʻlashdan bo‘yin tovlashga ko‘maklashishni oldini olish siyosati;
• Manfaatlar to‘qnashuvi siyosati;
• Xulq-atvor kodeksi.
O‘zbekistondagi TBC Bank ta’sischilari orasida tan olingan xalqaro moliya tashkilotlari bor, bu esa bizning korporativ boshqaruv, shaffoflik va axloqning yuqori xalqaro standartlariga intilishimizni ko‘rsatadi, xususan:
• Buyuk Britaniyaning Poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni (The UK Bribery Act, 2010);
• Moliyaviy nazorat boshqarmasining moliyaviy jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘llanmasi (FCA Guideline on Preventing Financial Crime, January 2015);
• Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Volfsberg guruhi ko‘rsatmalari (Wolfsberg Anti-Corruption Guidelines, 2011-yil avgust);
• Buyuk Britaniyaning moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonuni (UK’s Criminal Finances Act, 2017).
Biz muntazam ravishda korrupsiya xavfini baholab, jamoa a’zolariga to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha treninglar o‘tkazamiz. Shu bilan birga, biz qoidabuzarliklar haqida xabar berish uchun xavfsiz sharoitlar yaratganmiz. Buning uchun mijozlar, hamkorlar va xodimlar foydalanishi mumkin bo‘lgan anonim kanal ishlaydi. Barcha murojaatlar maxfiylikni to‘liq saqlagan va murojaatchilarning ma’lumotlarini himoya qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, murojaat qilishingiz mumkin:
• elektron pochta orqali: incident_compliance@tbcbank.uz
• telefon orqali: 1150
Biz TBC Bank’da shaffoflik, halollik va professionallik madaniyati moliyaviy xizmatlar bozorini o‘zgartiradigan va odamlar hamda biznes uchun yangi imkoniyatlar ochadigan ekotizimni yaratishga imkon berishiga ishonamiz.
Men jamoamizning har bir a’zosiga, mijozlarimiz va hamkorlarimizga ishonch va birgalikdagi sa’y-harakatlar uchun minnatdorchilik bildiraman. Muvaffaqiyat nafaqat moliyaviy natijalar bilan, balki biz yashayotgan va rivojlanayotgan jamiyatga qo‘shgan hissamiz bilan ham o‘lchanadigan kelajakni birgalikda quramiz.
Hurmat bilan,
Spartak Tetrashvili
Boshqaruv raisi
O‘zbekistonda “TBC Bank” ATB