TBC Bank omonatlar bo‘yicha aksiya e’lon qiladi
13.11.2025
14-noyabrdan 4-dekabrgacha mijozlarimizga omonatlar bo‘yicha noyob shartlarni taqdim etamiz
Aksiya omonatlari 1.1.
Aksiya davomida quyidagi barcha shartlarga javob beradigan har qanday identifikatsiyalangan Bank mijozi Aksiya ishtirokchisi bo‘lishi mumkin:
— 2025-yil 1-noyabrdan 2025-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan davrda 13 oydan ortiq muddatli omonati yopilayotgan mijoz;
— 2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra yopilayotgan omonatlarning umumiy summasi kamida 10 000 000 (o‘n million) so‘mni va ko‘pi bilan 1 mlrd (bir milliard) so‘mni tashkil etishi kerak
— Bank mobil ilovasining yangi dizaynini o‘rnatgan mijoz. Bu shart Mijoz bilan kelishilgan holda bajariladi, chunki yangilanish interfeysning sezilarli o‘zgarishiga olib keladi. Bank Mijoz bilan bog‘lanish va yangilanishni taklif qilish choralarini ko‘radi (SMS, push-xabarlar, qo‘ng‘iroqlar orqali). Agar Mijoz birinchi ikki shartga javob bersa, u Bank bilan mustaqil ravishda bog‘lanishi mumkin.
Biz taqdim etadigan shartlar:
- To‘ldirish va qisman yechib olish imkoniyatiga ega muddatli omonat
- Foiz stavkasi — yillik 22%
- Ochish uchun eng kam summa — 1 mln so‘m
- Eng ko‘p summa — 1 mlrd so‘m
- Aksiyali omonatlar soni — 1 ta
- Qisman yechib olish uchun minimal qoldiq — 10 mln so‘m
Batafsil ma’lumot olish uchun oferta bilan tanishishingiz mumkin. Aksiya omonati tariflari haqida batafsil ma’lumot olish uchun bu yerga kiring.