Bosh Shartlarga o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida xabarnoma
07.09.2025
Hurmatli mijozlar, 2025-yil 18-sentyabrdan boshlab "TBC Bank" ATBda "TBC Bank" ATBning bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha Bosh shartlariga (keyingi o‘rinlarda - BSH) kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kiradi.
BShning 18.7-bandiga asosan - 18.7.Tomonlar o‘rtasida shartnomalardan yoki ular bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmagan taqdirda, nizo javobgar ro‘yxatdan o‘tgan joydagi yoki Bank ro‘yxatdan o‘tgan joydagi sudda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Bank o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahrining vakolatli tumanlararo sudlaridan biriga murojaat qilish huquqiga ega.2025-yil 18-sentyabrdan keyin TBC UZ ilovasida bank mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanishni davom ettirib, siz "TBC Bank" ATBning bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha BShga kiritilgan o‘zgartirishlarga rozilik bildirasiz. Bosh shartlarga kiritilgan o‘zgartirishlardan norozi bo‘lgan taqdirda, siz mavjud bo‘lgan har qanday aloqa kanallari orqali Bankka tegishli ariza bilan murojaat qilish huquqiga egasiz.