TBC Depozitdan O'zbekistondagi eng yuqori yillik stavka – 25%

30.05.2023

TBC Bank muddatli depozit uchun O'zbekistondagi eng yuqori yillik foiz stavkasini taklif qiladi. Bu haqda bankxizmatlari.uz portalida keltirilgan ma'lumotlar dalolat beradi.

 

Saytdagi axborotga ko'ra, TBC Bank mijozlari 24 oy muddatga butun depozit davri davomida o'zgarishsiz qoladigan 25% yillik stavka bo'yicha omonat ochishlari mumkin. Bu bank xizmatlari bozoridagi eng yaxshi taklif.


Bundan tashqari, foizlarni depozit hisobvarag'iga qayta sarmoyalash orqali yillik 30% gacha daromad olish ham mumkin.


Ta'kidlash joizki, TBC Bank depozitlari Fuqarolarning omonatlarini kafolatlash davlat fondi tomonidan sug'urtalangan. Bu mablag'larning xavfsiz saqlanishini ta'minlaydi.