O'zbekistonning yetakchi fintex kompaniyalaridan birida karyerangizni boshlang!

09.01.2025

TBC Bank × payme texnika oliygohlarining 3-4-kurs talabalari va sohaga oid ma'lumotga ega bitiruvchilarni boshlang'ich Android dasturchilari uchun maosh to'lanadigan amaliyotga taklif qiladi.

 

Sizga nima beramiz:

  • tajribali mentorlar rahbarligida haqiqiy loyihalar va vazifalar bilan ishlash;
  • mobil ilova yaratish bo'yicha amaliy ko'nikmalar va jamoa bilan ishlash tajribasi;
  • olingan bilim va ko'nikmalarni tasdiqlaydigan sertifikat;
  • amaliyotdan keyin ishga kirish imkoniyati.

 

Talablar:

  • Android dasturlash asoslari va Java tilini boshlang'ich darajada bilish;
  • rus tilida erkin muloqot;
  • ingliz tilini kamida B1 darajasida bilish;
  • Kotlin tili bilan ishlash bilimi va tajribasi qo'shimcha ustunlik beradi;
  • o'zingiz ishlab chiqqan ilovalar va portfoliongiz bo'lsa, qo'shimcha ustunlik beradi.

 

Amaliyotda quyidagilarni o'rganasiz:

  • Kotlin tili asoslari;
  • Android ilovalarining arxitekturasi;
  • foydalanuvchi interfeyslarini yaratish;
  • ma'lumotlar bilan ishlash — lokal saqlash va tarmoq so'rovlari;
  • Git versiyalarni nazorat qilish tizimi bilan ishlash.

 

Format:

Amaliyot 2025-yil mart oyida boshlanadi va 3 oy davom etadi.

Ish jadvali — 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha.

Manzil — TBC Bank × payme ofisi.

 

Ro'yxatdan o'ting va O'zbekistondagi fintex kelajagini o'zgartradigan yetakchi jamoaning a'zosiga aylaning.