AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIGʻILISHINI OʻTKAZISH TOʻGʻRISIDAGI XABAR

31.05.2024

“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!

“TBC Bank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!

 

“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2024-yil 31-maydagi qaroriga asosan Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 2024-yil 24-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 16-00 da o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

 

KUN TARTIBI:

  1. “TBC Bank”ATB Kuzatuv Kengashining 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.
  2. “TBC Bank”ATB Kuzatuv Kengashi a’zolari tomonidan o‘z vakolatlarini amalga oshirishni davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  3. “TBC Bank”ATBning 2023 yil uchun yillik hisoboti va MHXS hisobotini tasdiqlash.
  4. 2024-yil uchun majburiy audit o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash, uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdori va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
  5. “TBC Bank”ATB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishining 2023-yil 23-iyundagi qarori bilan belgilanadigan “PricewaterhouseCoopers” MChJ auditorlik tashkilotining 2023-yilda auditorlik tekshiruvi xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdoriga o‘zgartirishlar kiritish.
  6. Bankning ustav kapitalini oshirish bilan bog‘liq qo‘shimcha masalalarni ko‘rib chiqish.

 

Manzil (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy

Elektron pochta manzili: contact@tbcbank.uz.

Yigʻilishni oʻtkazish joyi: Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy                      

Aksiyadorlarni roʻyxatga olish sanasi, vaqti va joyi: 2024 yil 24 iyun, Toshkent vaqti boʻyicha soat 15:00 dan 16:00 gacha, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va ovoz berish tartibi:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqi aksiyador-yuridik shaxs tomonidan o‘z vakili orqali amalga oshiriladi.

Aksiyador istalgan vaqtda Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida oʻz vakilini almashtirishga haqli.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyador-yuridik shaxsning vakili oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etadi.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida kun tartibiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha ovoz berish ovoz berish byulletenlari yordamida amalga oshiriladi.

Boshqa ma’lumotlar:

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar reyestri 2024 yil 18 iyun holatiga koʻra shakllantiriladi.

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi materiallari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Fidokor ko‘chasi, 10B uy manzili bo‘yicha yoki quyidagi elektron pochtaga so‘rov yuborish orqali tanishish mumkin: contact@tbcbank.uz.

Ma’lumot uchun telefon: (78) 777-27-27.