Holat yuzasidan Bankning rasmiy munosabati
09.09.2022
“Bankir Kundaligi” (https://t.me/bankirkundaligi/5429) telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarga javoban “TBC Bank” ATB quyidagilarni maʼlum qiladi.
“Bankir Kundaligi” (https://t.me/bankirkundaligi/5429) telegram-kanalida eʼlon qilingan xabarga javoban “TBC Bank” ATB quyidagilarni maʼlum qiladi.
“TBC Bank” ATB o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 123-moddasiga muvofiq Bank xodimlarining ayrim toifalari uchun ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilgan. Har bir xodim oyiga jami 22 ish kuni (bayram kunlaridan tashqari), kuniga 8 soat ishlaydi.
Bank sohasida faoliyat yuritishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, xodimlar bir oy davomida ish yuki yuqori bo‘lgan davrlarni hisobga olgan tarzda oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega. Demak, agar biron-bir sababga koʻra xodim dam olish kunida ishga chiqsa, u oʻz ihtiyoriga koʻra dam olish uchun keyingi haftaning istalgan ish kunini tanlash huquqiga ega boʻladi. Bundan tashqari, har bir qoʻshimcha ish kuni KPI sifatida xodimning oylik ish haqiga qoʻshiladi. Ish haqi va mukofotlarni yakuniy hisoblashda xodimning kunlik koʻrsatkichlari oyiga haqiqatda ishlagan kunlar soniga boʻlinadi. Shunga koʻra, xodim qancha koʻp soat va kun ishlagan boʻlsa, uning ustama haqi mukofot koʻrinishida taqdim etiladi.
Boshqa yangiliklar
20 October