Biznes-mijozlar uchun Bosh Shartlarni yangilash
18.11.2024
Biznes-mijozlar uchun Bosh Shartlarga o‘zgartirishlar kiritilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Mazkur o‘zgartirishlar platforma bilan o‘zaro aloqa tajribasini yaxshilaydi va ish jarayonini yanada qulaylashtiradi.
Endilikda bizning biznes-mijozlarimiz yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatish platformasiga ulanishi va to‘liq onlayn tarzda biznes hisobvaraqlarini ochishi mumkin. Shuningdek, yangilanishlarni hisobga olgan holda "Onlayn" tarifi yaratildi va yangi mijozlarni jalb qilish bo‘yicha aksiya boshlandi.
Barcha o‘zgartirishlar 2024-yil 29 noyabrdan kuchga kiradi.
Biz xizmatlarni yanada takomillashtirib, sizning TBC Uz banki bilan o‘zaro munosabatlaringizni yanada soddalashtiramiz va qulaylashtirishga intilamiz.