“Omonatda qaytim yig‘ish” xizmati bilan pullarni sezmasdan to‘plang
30.07.2026
“Omonatda qaytim yig‘ish” bu — TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi yangi xizmat bo‘lib, u TBC Salom Visa kartasi orqali amalga oshirilgan har bir xariddan so‘ng oz-ozdan pul tejashga yordam beradi.
Ishlash tartibi: siz yaxlitlash qadamini tanlaysiz. Xizmat har bir xarid summasini yuqoriga qarab yaxlitlaydi va ushbu farqni sizning “Odat” jamg‘arma omonatingizga o‘tkazadi. Bank
omonatdagi pulingizga foizlar hisoblab boradi.
Masalan, siz 10 000 so‘mlik qadamni tanlab, 8 500 so‘mlik xarid qildingiz. Kartangizdan 10 000 so‘m yechiladi: uning 8 500 so‘mi xarid uchun to‘lanadi, qolgan 1 500 so‘m esa omonatingizga tushadi.
Shu tariqa, omonatingizdagi mablag‘ asta-sekin ko‘payib boradi va siz o‘z maqsadingizga tezroq erishasiz.
Pul yig‘ishni mana shunday boshlash mumkin:
- TBC Bank Uzbekistan ilovasida "Omonatlar" “Odat” “Omonatda qaytim yig‘ish” bo‘limini oching.
- Yaxlitlash qadamini tanlang — 1000 so‘mdan 100 000 so‘mgacha.
Xizmatni ulab olgach, TBC Salom Visa kartasidan odatdagidek foydalaning va xaridlaringiz uchun to‘lov qiling. Har bir to‘lovdan so‘ng bank sizga push xabarnoma yuboradi. Siz uni ochishingiz bilan qaytim “Odat” omonatiga kelib tushadi.
Bildirishnomani o‘tkazib yuborsangiz ham, qaytim yo‘qolib qolmaydi: u ilovaga keyingi safar kirganingizda hisobingizga o‘tkaziladi.
Ulanish bepul. Istalgan vaqtda yaxlitlash qadamini o‘zgartirishingiz yoki xizmatni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin.
Batafsil shartlar bilan havola orqali tanishing.