TBC Uzbekistan ketma-ket ikkinchi yil CNBC va Statista tomonidan dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalari qatorida e’tirof etildi
22.07.2026
London fond birjasida ro‘yxatga olingan TBC Bank Group tarkibiga kiruvchi TBC Uzbekistan raqamli moliyaviy ekotizimi CNBC va Statista tomonidan ketma-ket ikkinchi yil neobanking yo‘nalishida dunyoning eng yaxshi fintex kompaniyalaridan biri deb topilganini e’lon qildi.
CNBC va Statista tomonidan tuzilgan global ro‘yxat — fintex sohasida nufuzli baholash mezonlaridan biri sanaladi. Baholash biznesning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlari, jumladan daromad, rentabellik, kredit va depozit portfellarining o‘sish sur’ati, tranzaksiyalar hajmi hamda bozor ulushining chuqur tahlili asosida amalga oshiriladi.
TBC Uzbekistan’ning ketma-ket ikkinchi yil ushbu reytingdan o‘rin olishi kompaniyaning barqaror va daromadli o‘sish modelini tasdiqlaydi.
Chakana biznes bilan bir qatorda ekotizim biznes uchun xizmatlarini ham kengaytirmoqda. TBC Biznes — O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznes uchun mo‘ljallangan ilk to‘liq raqamli xizmat bo‘lib,
Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan:
Ekotizim rivojlanishining muhim omillaridan biri sun’iy intellektni joriy etish bo‘lib qolmoqda. TBC Uzbekistan mijoz tajribasining barcha bosqichlarida sun’iy intellekt yechimlarini joriy etmoqda. Yaqinda kompaniya o‘zbek tilidagi o‘zining katta til modellari (LLM) asosida yaratilgan Markaziy Osiyodagi ilk bank sun’iy intellekt yordamchisi — Lola’ni ishga tushirdi.