Nodira Sultanxodjaeva TBC Uzbekistan’da biznes-banking yo‘nalishiga rahbarlik qiladi

22.06.2026

Ilgari TBC Uzbekistan ekotizimining marketing bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan hamda payme va TBC Bank brendlarini rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan Nodira Sultanxodjaeva endilikda TBC Biznes Business Owner lavozimini o‘tdi.

Marketing bo‘yicha direktor (CMO) vazifasi esa kompaniyaning ichki nomzodi — Malika Niyazmatovaga egalladi. Bu qaror TBC Uzbekistan’ning ichki iste’dodlarni rivojlantirish va jamoa ichidan yangi yetakchilarni shakllantirish strategiyasini ifoda etadi.

 

Nodira Sultanxodjaeva payme jamoasiga 2020-yilda qo‘shilgan. Uning rahbarligida kompaniya brend pozitsiyasini yangiladi, foydalanuvchilar sonini bir necha barobar oshirdi hamda Toshkent mozaikalarini asrash, Toshkent metropolitenida navigatsiyani yangilash va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim ijtimoiy loyihalarni amalga oshirdi.

 

payme va TBC Bank yagona ekotizimga birlashgach, u har ikkala brendning marketingini muvafaqqiyatli boshqardi. 2025-yilda TBC Bank O‘zbekistondagi eng taniqli uchta bank qatoridan joy olgan bo‘lsa, payme umumiy taniqlilik darajasi 70 foizdan oshgan mamlakatdagi eng mashhur fintex xizmati maqomini saqlab qoldi.

 

“Payqadimki, marketing endi meni qo‘rqitmay qo‘yibdi. Men uchun esa aynan noma’lumlik hissi va yangi chaqiriqlar doimo eng katta motivatsiya bo‘lib kelgan. Bugun men faxrlanadigan ko‘plab loyihalar bir vaqtlar menga juda qo‘rqinchli tuyulgan edi. Biz buni Nika Kurdiani (CEO TBC Uzbekistan) bilan ko‘p muhokama qildik va yakunda u menga ulkan vazifani — O‘zbekistonda biznes uchun eng yaxshi raqamli bankni yaratishni taklif qildi”, — deydi Nodira Sultanxodjaeva.

 

Kuchli raqobat va tadbirkorlarning shakllangan odatlariga qaramay, ekotizim kichik va o‘rta biznes segmentida katta salohiyatni ko‘rmoqda. Hozirgi biznes-banking bozori bir necha yil avvalgi chakana bank xizmatlari bozorini eslatadi: bozor allaqachon taqsimlangandek ko‘rinsa-da, mijozlar hanuz sodda, tezkor va insoniy yondashuvga ega xizmatlarga ehtiyoj sezmoqda.

 

“Tadbirkorlarga aynan ularning ehtiyojlariga moslashgan, 24/7 ishlaydigan va masalalarni ortiqcha vaqt hamda kuch sarflamasdan hal qiladigan bank kerak. Meni payme millionlab foydalanuvchilar uchun qanday qulay xizmatga aylangan bo‘lsa, biznes uchun ham shunday xizmatni yaratish imkoniyati ilhomlantiradi. So‘nggi yillarda men odamlar yaxshi ko‘radigan brendlarni yaratishda ishtirok etdim. Endi mening vazifam — tadbirkorlar hayotini yengillashtiradigan va shu sabab ular yaxshi ko‘radigan bankni yaratishga hissa qo‘shish”, — deydi u.

 

Nodiraning yangi lavozimga o‘tishi bilan CMO pozitsiyasi ochildi. Odatda bu lavozimga bozorning eng kuchli mutaxassislari da’vogarlik qiladi. Biroq kompaniya marketing yo‘nalishini 2022-yildan buyon jamoada ishlab kelayotgan va shu davr ichida Product Marketing Lead darajasiga qadar o‘sgan Malika Niyazmatovaga topshirishga qaror qildi.

 

TBC’da kuchli kommunikatsiyaning asosi nafaqat professional tajriba va bilim, balki noodatiy yechimlarni izlash va yangi g‘oyalarni sinab ko‘rishga undaydigan o‘ziga xos fikrlash tarzida, deb hisoblashadi.

 

“Bunday fikrlash tarzini o‘rgatish qiyin. Buni iste’dodlarni izlash jarayonida ham, yangi xodimlarni moslashtirish davrida ham to‘liq tushuntirib bo‘lmaydi. Chunki bu lavozim tavsifidan kengroq tushunchadir. Ammo ekotizimimizda har kuni kuchli loyihalarni amalga oshirayotgan, shu muhitda o‘sayotgan, kompaniya madaniyati va qadriyatlarini chuqur anglagan ulkan salohiyatga ega mutaxassislar bor, — deydi TBC Uzbekistan Chief Human Capital Officer’i Anna Silagadze. — Shu sababli biz, avvalo, ichki iste’dodlarga e’tibor qaratdik va kompaniyadagi faoliyati davomida doimiy o‘sish va yuqori natijalarni namoyon etgan xodimni tanladik”.

 

Bu yondashuv TBC Uzbekistan ekotizimining yaqinda taqdim etilgan “Orzular bilan borsiz” kampaniyasi g‘oyasini ham davom ettiradi. Insonni uning bugungi holati emas, balki kim bo‘lishga intilishi belgilaydi, degan tamoyil kompaniya uchun nafaqat mijozlar, balki butun jamoaga ham birdek taalluqlidir.