TBC Bank 1 mln dan ortiq TBC Salom kartalarini chiqardi

12.02.2025

TBC Bank yangiliklari

TBC Bank 1 mln dan ortiq TBC Salom kartalarini chiqardi

Toshkent, O‘zbekiston, 2026-yil 13-fevral — Mamlakatning eng yirik raqamli banklaridan biri bo‘lgan TBC Bank mahsulot ishga tushirilganidan buyon bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida flagman debet karta va kundalik bank operatsiyalari uchun asosiy mahsulot hisoblangan TBC Salom kartasining 1 mln dan ortig‘ini chiqarganini ma’lum qildi.

 

TBC Salom 2024-yil noyabr oyida ishga tushirilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida bankning eng talabgir mahsulotlaridan biriga aylandi. Karta bozor ulushini faol ravishda oshirishda davom etmoqda hamda chakana bank xizmatlari segmentida TBC Bankning kundalik moliyaviy operatsiyalar uchun asosiy bank sifatidagi pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda.


TBC Salom’ning o‘sishi, jumladan, organik talab va foydalanuvchilar tavsiyalari hisobiga ham ta’minlanmoqda. 1 mln dan ortiq chiqarilgan karta — bu mijozlarning ongli tanlovi natijasidir: ular kartani shaxsiy foydalanish uchun o‘z tashabbusi bilan rasmiylashtiradi. Ko‘pchilik uchun u Markaziy Osiyodagi yetakchi ekotizimlardan biri bo‘lgan va 22 mln dan ortiq foydalanuvchini birlashtirgan TBC Uzbekistan ekotizimiga ilk qadam bo‘ldi.


Mijozlar mahsulotni qoldiq mablag‘ga yillik 12%, kartani to‘ldirish va naqd pul yechish bo‘yicha komissiyalar kompensatsiyasi, shuningdek hamkorlarda 5% keshbek imkoniyati uchun qadrlaydi. Foydalanuvchilar har oy o‘rtacha 12 mlrd so‘m miqdorida bonus oladi. Kartani chiqarish va yetkazib berish bepul.


2025-yil noyabr oyida TBC Bank karta imkoniyatlarini kengaytirib, Visa to‘lov tizimidagi kartani chiqara boshladi hamda barcha xaridlar uchun 1% keshbek va xalqaro marketpleyslarda, jumladan Taobao va AliExpress’da to‘lov qilganda 5% keshbek qo‘shdi.


Nika Kurdiani, TBC Uzbekistan bosh ijrochi direktori: «TBC Salom kartasining paydo bo‘lishi O‘zbekistonda kundalik bank xizmatlari uchun yangi standartlarni belgiladi. Biz mijozlar moliyaviy hayotni tezroq, qulayroq va shaffofroq qiladigan raqamli yechimlarni tanlayotganini ko‘ryapmiz. Bu bozor yangi xizmat darajasiga tayyor ekanini tasdiqlaydi. Biz millionlab insonlarning kundalik moliyaviy hayotiga tabiiy ravishda mos keladigan mahsulotlarni rivojlantirishda va jismoniy shaxslar hamda kichik biznes uchun yagona moliyaviy ekotizim yaratishda davom etamiz».


Bugungi kunda TBC Salom kartasi O‘zbekistondagi eng tez rivojlanayotgan bank mahsulotlaridan biri hisoblanadi va yangi mijoz segmentlarini jalb qilish hamda kross-sotuvlarni rivojlantirish orqali TBC Uzbekistan raqamli ekotizimini kengaytirishda muhim rol o‘ynamoqda. Karta kredit mahsulotlari, to‘lov yechimlari va BNPL xizmatlari kabi ekotizimning boshqa servislaridan foydalanish hajmining oshishiga ham xizmat qilmoqda.


TBC Salom’ni rivojlantirish TBC’ning mahsulotlar qatorini izchil kengaytirish va jismoniy hamda yuridik shaxslar uchun yagona raqamli moliyaviy xizmatlar ekotizimini shakllantirishga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasining bir qismidir. So‘nggi yillarda bank TBC Osmon kredit kartasini, kichik va o‘rta biznes uchun onlayn kreditlash imkoniyatiga ega birinchi to‘liq raqamli bank xizmati — TBC Business’ni, TBC Sug’urta raqamli sug‘urta servisni ishga tushirdi, shuningdek O‘zbekiston norezidentlari uchun xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ochdi. Ushbu tashabbuslar daromad manbalarini kengaytirdi, bankning asosiy bozor segmentlaridagi pozitsiyasini mustahkamladi va mijozlar uchun ekotizim universalligini oshirdi.