Talab Qilib Olinguncha Depozit Hisobvaragʻi Shartnomasiga Oʻzgarish Kiritilishi
19.07.2022
Foizlarni Qoʻshib Hisoblagan Holda Talab Qilib Olinguncha Depozit Hisobvaragʻi Shartnomasiga Oʻzgarish Kiritilishi Haqida Bildirish Xati
Hurmatli mijozlar,
Sizning foizlarni qoʻshib hisoblagan holda talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻingiz shartnomasining 2.2.6. bandi 1-qismiga quyidagi tahrirda oʻzgarish kiritilganini ma’lum qilamiz:
2.2.6. Foizlar har kuni bir operatsion kun davomida amalga oshirilgan tranzaksiyalarni hisobga olgan holda hisobvaraq boʻyicha eng kam qoldiqqa qoʻshib hisoblanadi. Qoʻshib hisoblangan foizlar mobil ilovada aks etmaydi.
Shartnomadagi oʻzgarishlar 2022-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. E’tirozingiz boʻlsa, TBC Bank’ning oʻzingiz uchun qulay boʻlgan aloqa kanali orqali tegishli ariza bilan murojaat qiling. 2022-yil 1-avgustdan keyin depozitdan foydalanishda davom etarkansiz, siz taklif etilayotgan oʻzgarishlarga nisbatan roziligingizni bildirasiz.