TBC kapital bozorlari kuni-2022.

06.11.2022

2022 -yil 4-noyabr kuni TBC Bank Group PLC Samarqand shahrida Oʻzbekiston iqtisodiy forumi doirasida TBC kapital bozorlari kuni-2022 tadbiri oʻtkazdi.

Kapital bozorlari kuni TBC Bank tomonidan har yili yoki ikki yilda bir marta oʻtkaziladi va investor hamda tahlilchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir davomida yuqori rahbariyatning taqdimotlari, shuningdek, kompaniyaning strategik ustuvor yoʻnalishlari, moliyaviy va operatsion koʻrsatkichlari ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Tadbirdan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston bozorining TBC Bank strategiyasidagi muhim oʻrnini namoyon qilish.