
Visa kartaga O‘zbekiston ichida va xorijga qanday pul yuboriladi
Katya Bulgakova
Endi TBC Bank ilovasida Visa kartalariga O‘zbekiston ichida va xorijga pul yuborish mumkin. TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi Visa Direct qanday ishlashi, o‘tkazma narxi va limitlar haqida gaplashamiz.
Qayerga pul yuborish mumkin
O‘zbekiston bo‘ylab pulni mahalliy banklar chiqargan Visa so‘m kartalariga yuborish mumkin.
Xorijga esa Visa Direct xizmati bo‘lgan mamlakatlarning Visa kartalariga yuborsa bo‘ladi. Masalan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Gruziya, BAA, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Kanada va boshqa mamlakatlarga.
Qaysi kartalardan pul yuborish mumkin
TBC Bank Uzbekistan ilovasiga ulangan istalgan kartadan pul yuborish mumkin. TBC Salom, boshqa banklarning Uzcard yoki Humo kartalari orqali.
Agar sizda hali TBC Salom Visa kartasi bo‘lmasa, Eldor Shomurodovning imzosi tushirilgan, soni cheklangan kartani buyurtma qiling. U orqali ham Visa Direct yordamida pul o‘tkazish mumkin.
Pul qanday yuboriladi
Pul yuborish uchun IBAN, SWIFT yoki boshqa bank rekvizitlari kerak emas. Faqat qabul qiluvchining Visa karta raqami kerak.
Jarayon oson:
1. TBC Bank Uzbekistan ilovasini ochib, “O‘tkazmalar”ni tanlang.
2. Qabul qiluvchining karta raqamini kiriting. Agar Visa karta xorijiy bankniki bo‘lsa, ism va familiyani ham ko‘rsatish kerak.
3. Kerakli summani kiriting, qolganini ilova hisoblaydi. Komissiya, kurs va qabul qiluvchi oladigan summani ko‘rsatadi.
4. Ma’lumotlarni tekshiring va o‘tkazmani tasdiqlang.
Pul yuborish qanchaga tushadi
Komissiya summasi o‘tkazma yo‘nalishiga bog‘liq.
Xalqaro o‘tkazmalar uchun komissiya — summaning 1%, kamida 26 000 so‘m.
Mahalliy Visa kartalariga o‘tkazmalarda komissiya 1,99% kamida 2 500 so‘m. TBC Salom kartasidan yuborilsa komissiya to‘lanmaydi.
Bir kunda va bir oyda qancha pul yuborish mumkin
Limitlar O‘zbekiston va xalqaro o‘tkazmalarga ajratiladi.
O‘zbekiston bo‘ylab:
- bir martalik o‘tkazma — 12 mln so‘mgacha;
- kunlik limit — 20 tagacha o‘tkazma, umumiy summa 50 mln so‘mgacha;
- oylik limit — 400 mln so‘mgacha.
Xorijga:
- bir martalik o‘tkazma — 10 000 so‘mdan 12 mln so‘mgacha;
- kunlik limit — 20 tagacha o‘tkazma, umumiy summa 25 mln so‘mgacha;
- oylik limit — 200 mln so‘mgacha.
12 mln so‘mdan ko‘proq pul yuborish uchun uni bir nechta o‘tkazmaga bo‘lish mumkin. Lekin, kunlik va oylik limitlarga rioya qilish kerak.
Ilovada Visa Direct xizmati bo‘lmasa, nima qilish kerak?
TBC Bank Uzbekistan ilovasini so‘nggi versiyagacha yangilang. Keyin Visa Direct xizmati paydo bo‘ladi.
Shomurodov imzosi tushirilgan yangi TBC Salom Visa kartasiga buyurtma bering
TBC Bank Uzbekistan ilovasida Eldor Shomurodovning rasmi va imzosi tushirilgan, soni cheklangan yangi kartani buyurtma qilish mumkin. Bu oddiy TBC Salom Visa kartasi, u orqali Visa Direct bilan pul o‘tkazish, xaridlar uchun to‘lash va kartadan xorijda foydalanish mumkin.
Agar sizda TBC Salom Visa kartasi bo‘lsa, uni qayta chiqarish shart emas. Yangi kartani qo‘shimcha ravishda buyurtma qilishingiz mumkin — ikkala karta ham bitta hisobga ulangan holda ishlaydi.


