
Bepul Bellissimo Pizza pitsasini qanday olish mumkin
TBC Blog tahririyati
Aprel va may oylarida Bellissimo’dan bepul Pepperoni pitsasini olish mumkin. Buning uchun TBC Salom Visa kartasini ochish, uni faollashtirish va promokodni olish kerak. Batafsil tushuntiramiz.
Bu qanday aksiya?
Bellissimo Pizza — TBC Bankning hamkori. Endi 15-apreldan 31-maygacha TBC Salom Visa kartasiga buyurtma berib, Pepperoni pitsasini mutlaqo bepul qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Pitsani qanday olamiz?
Hammasi juda oddiy: Kartaga buyurtma bering va uni TBC Bank ilovasida faollashtiring.
Shundan keyin telefoningizga TBC Stars havolasi bilan push-xabar keladi — u yerda siz bepul pitsa uchun promokodni olasiz.
Ushbu promokodni Bellissimo Pizza ilovasida kiriting yoki istalgan Bellissimo filialida kassirga ko‘rsating va pitsani bepul oling.
Aksiyadan keyin-chi?
Bellissimo Pizza — TBC Salom Visa kartasining doimiy hamkori. Shuning uchun aksiya tugaganidan keyin ham ushbu karta orqali Bellissimo’da qilgan har bir xaridingizdan 5% keshbek qaytadi.
Ya’ni, 15-apreldan may oyining oxirigacha promokod orqali bepul pitsa olish mumkin. Qolgan vaqtlarda esa shunchaki buyurtma berishda davom etib, har bir xaridingizdan 5% keshbekni qaytarib olasiz.
Kartani qanday ochish mumkin?
Uni TBC Bank ilovasida ochish juda oson.
Agar siz TBC Bank mijozi bo‘lmasangiz, ilovani yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting. “Barcha xizmatlar” bo‘limidan “Kartaga buyurtma berish”ni tanlang va TBC Salom Visa’ni bosing.
Agar siz bank mijozi bo‘lsangiz, lekin Salom Visa kartangiz bo‘lmasa, ilovadagi “Kartalar” bo‘limiga kiring, “Karta qo‘shish”ni bosing va Salom Visa’ni tanlang.
Karta uch kun ichida bepul yetkazib beriladi.




