
Kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi raqamli bank
Alisa Granova
Xalqaro Euromoney nashri TBC Bank Uzbekistan’ni kichik va o‘rta biznes uchun O‘zbekistondagi eng yaxshi raqamli bank deb topdi. Bank bu mukofotni qaysi qulayliklari uchun olgani va bu tadbirkorlarga nima berishi haqida gaplashamiz.
Bu qanday mukofot
Awards for Excellence — Euromoney moliyaviy nashrining yillik xalqaro mukofotidir. U turli mamlakatlar banklariga raqamli banking, biznesga xizmat ko‘rsatish, kreditlash, investitsiyalar va boshqa yo‘nalishlardagi yutuqlari uchun beriladi.
Euromoney nashrining har bir toifa bo‘yicha o‘z baholash mezonlari bor. Ekspertlar bankning moliyaviy natijalari, mahsulotlarining rivojlanishi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda taklif etilayotgan yechimlar mijozlarga qanchalik foyda keltirayotganiga alohida e’tibor qaratadilar. Bunda aniq ko‘rsatkichlar va raqamlar juda muhim. Taqdim etilgan ma’lumotlar esa bank vakillari bilan o‘tkaziladigan intervyular va bozor tahlili orqali qo‘shimcha tekshiriladi.
2026-yilda Euromoney O‘zbekistonda bir nechta toifalar bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi. TBC Bank Uzbekistan esa “Best digital bank for SMEs” — “Kichik va o‘rta biznes uchun eng yaxshi raqamli bank” nominatsiyasida mukofotni qo‘lga kiritdi.
Nega aynan TBC Biznes
TBC Bank Uzbekistan tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan TBC Biznes onlayn xizmatini taklif qiladi. Ushbu servis kompaniya pullarini boshqarish va kundalik ishlarni masofadan turib tezda hal qilishga ko‘maklashadi.
TBC Biznes’ning eng katta qulayligi, uning yordamida bankning ish soatlariga qarab o‘tirmasdan, istalgan paytda onlayn ishlash mumkin. Tadbirkor filialga bormasdan kompaniya moliyasini onlayn boshqarishi, to‘lovlarni o‘tkazishi va kundalik biznes vazifalarini bajarishi mumkin.
Boshqa qulayliklari ham bor.
Biznesni rivojlantirish uchun kreditni uzoq rasmiylashtirishlarsiz olish mumkin. Ariza katta hajmdagi hujjatlar to‘plamisiz, to‘liq onlayn topshiriladi. Agar kredit ma’qullansa, mablag‘ bir necha daqiqa ichida hisobga tushadi. Arizani baholash uchun TBC Bank Uzbekistan avtomatik skoring tizimi hamda o‘zining texnologik ishlanmalaridan foydalanadi.
Bitta ilovaning o‘zida faqat bank ishlari emas, boshqa vazifalar ham bajariladi. TBC Biznes kompaniyasi Billz’ning asosiy ulushini sotib olgandan keyin, tizimga mahsulotlar va savdo hisob-kitobi, mijozlar bilan ishlash hamda analitika funksiyalari qo‘shildi. Natijada tadbirkor turli platformalarga chalg‘imasdan, barcha ishlarni bir joyda nazorat qila oladi.
Bugungi kunda TBC Biznes foydalanuvchilari soni 55 000 dan oshdi. Euromoney nashrining fikricha, servisning tez rivojlanishiga barcha bank xizmatlari, kreditlar va kundalik ish vositalarining bitta ilovada yig‘ilgani asosiy sabab bo‘lgan.
Keyingi rejalar qanday
TBC Biznes tadbirkorlarning kundalik ehtiyojlariga moslashtirilgan xizmatlarni yanada rivojlantirishda davom etadi. Bank va ish jarayonlari qanchalik ko‘p yagona onlayn makonda jamlansa, biznes vakillari odatiy amallarga shunchalik kam vaqt sarflaydi.
"Biz shunchaki raqamli interfeys emas, to‘liq raqamli bankmiz. Bu kichik korxonalarga TBC ekotizimi doirasida o‘z operatsiyalarini boshqarish, aylanma mablag‘larga ega bo‘lish va mijozlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkonini beradi hamda iste’molchilar va biznes faolligi o‘rtasidagi tarmoq samarasini yanada kuchaytiradi."
Sharof Sharipov,
TBC Uzbekistan moliya direktori
Kundalik biznes ishlarini oson hal qilish uchun TBC Biznes hisobini oching
Ro‘yxatdan o‘tish uchun faqat JSHSHIR va pasport ma’lumotlari kerak bo‘ladi. Bankka borib, navbat kutish shart emas.
Ro‘yxatdan o‘tgach, to‘lovlarni o‘tkazish, kompaniya mablag‘larini boshqarish va kredit arizalarini yuborish kabi barcha kundalik xizmatlar foydalanish mumkin.
