Barcha maqolalar
Biznes

To‘lovlarni qanday tartibga solib, buxgalter ishini osonlashtirish mumkin

TBC Blog tahririyati

 

Buxgalter to‘lovlarga ko‘p vaqt sarflaydi. Hisoblarni to‘laydi, kontragentlarga qayta-qayta pul o‘tkazadi, bir vaqtda bir nechta topshiriqnomalar yuboradi va ularning holatini kuzatadi. Kompaniyalar ko‘proq bo‘lsa, har xil banklar, ruxsatnomalar va qoidalar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Kundalik vazifalarni kamaytirish va to‘lov bilan bog‘liq ishlarni osonlashtirishga TBC Biznes yordam beradi. Maqolamizda servis imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz

TBC Biznes’dan foydalanish uchun kompaniyangizda TBC Bank hisobraqami bo‘lishi kerak. Uni qanday ochish haqida alohida maqolamizda batafsil yozganmiz.

Bir nechta kompaniya uchun bitta kabinet

TBC Bank xizmat ko‘rsatadigan bir nechta kompaniyani yuritsangiz, har biri uchun alohida kabinetga kirishingiz shart emas. TBC Biznes’da hamma kompaniyalar bitta kabinetda bo‘ladi va ularning har biriga osongina o‘tish mumkin.

Kerakli kompaniyani menyudan tanlang

Kirishda har bir kompaniya uchun alohida E-IMZO yoki E-TOKEN fleshkasi kerak bo‘lmaydi. Bir nechta axborot tashuvchini saqlash va har safar kerakli ruxsatnomani izlashga hojat qolmaydi.

To‘lovni istalgan vaqtda o‘tkazish mumkin

Ba’zan to‘lovni zudlik bilan yuborish kerak bo‘ladi. Lekin ish kuni tugagan yoki dam olish kuni boshlangan bo‘lsa, keyingi ish kunini kutishga to‘g‘ri keladi.


TBC Biznes’da esa to‘lovni istalgan vaqtda yaratish va yuborish mumkin. To‘lovlar kechqurun ham, dam olish va bayram kunlarida ham ishlaydi. Hisob kech kelib, bank ish kuni tugab qolgan holatlarda bu qulay.

To‘lovni bir necha soniyada takrorlash mumkin

Ta’minotchi, ijaraga beruvchi yoki pudratchiga qayta to‘lov qilish kerak bo‘lsa, rekvizitlarni yana kiritish shart emas. TBC Biznes ilovasida operatsiyalar tarixidan avvalgi to‘lovni ochib, “Takrorlash” tugmasini bosish kifoya — to‘lov topshiriqnomasidagi barcha ma’lumotlar tayyor bo‘ladi. Sizga faqat to‘lov summasi va maqsadini tekshirib, uni jo‘natish qoladi.

To‘lovni tanlang va “Takrorlash” tugmasini bosing — barcha ma’lumotlar avtomatik to‘ldiriladi

Bu muntazam to‘lovlarga ketadigan vaqtni kamaytiradi va qo‘lda kiritishdagi xatolarning oldini oladi.

Bir nechta hisobraqamga birdan pul o‘tkazish mumkin

Bir nechta hisobraqamga to‘lov o‘tkazish kerak bo‘lsa, har bir topshiriqnomani alohida yaratish shart emas. TBC Biznes ilovasida oluvchilarning ma’lumotlari va summalarini Excel jadvalida yuklash mumkin. Tizim shu ma’lumotlar asosida to‘lov topshiriqnomalarini o‘zi yaratadi.

Pul oluvchilarni belgilang — tizim to‘lov topshiriqlarini avtomatik yaratadi

Shunda o‘nlab topshiriqnomalarni qo‘lda to‘ldirishingizga to‘g‘ri kelmaydi va hisoblarni to‘lashga kamroq vaqt sarflaysiz.

Ko‘chirmani tez yuklab olish va to‘lovni tasdiqlash mumkin

Kontragent to‘lovni tasdiqlashni so‘rasa, ko‘chirma olish uchun bankka murojaat qilish shart emas. TBC Biznes’da hammasi oddiy: "Tarix"dan kerakli operatsiyani topib, bank muhri bosilgan hujjatni yuklab olasiz.

Kerakli hujjatni tanlang va yuklab oling

Hujjatni to‘lov summasi, sanasi va rekvizitlarini tekshirish uchun darhol yetkazib beruvchi yoki pudratchiga yuborish mumkin.

TBC Biznes’ga qanday ulanish mumkin

TBC Biznes’da ishlashingiz uchun kompaniya rahbari yoki administrator sizni tizimga qo‘shishi va taklif havolasini yuborishi kerak. Bu qanday qilinishi haqida alohida maqolada batafsil yozganmiz.                                                                                  

                              
Havola orqali o‘tib, telefon raqamingiz bilan TBC Biznes’ga kirishingiz kerak bo‘ladi.


Agar siz bir nechta kompaniya bilan ishlasangiz, har bir rahbar sizni tizimga alohida qo‘shishi kerak. Sizga kirish huquqini bergan barcha kompaniyalar shaxsiy kabinetingizda ko‘rinadi. Kerakli kompaniyaga o‘tish uchun uni menyudan tanlashingiz kerak.

Qisqacha: TBC Biznes ishingizni qanday osonlashtiradi

Bitta kabinetda bir nechta kompaniya bilan ishlash mumkin. Sizga kirish huquqini bergan barcha kompaniyalar TBC Biznes’da ko‘rsatiladi. Ularga alohida kirish, buning uchun ERI va E-TOKEN fleshkalaridan foydalanish shart emas.


To‘lovlarni istalgan vaqtda o‘tkazish mumkin. Shoshilinch to‘lovni keyingi ish kuniga qoldirmasdan, kechqurun, tunda, dam olish yoki bayram kunlari ham yaratib, jo‘natsa bo‘ladi.


Rekvizitlarni har safar qaytadan kiritish shart emas. Agar bitta kontragentga qayta pul jo‘natish kerak bo‘lsa, "Tarix"dagi avvalgi to‘lovni ochib, uni takrorlash mumkin. Yangi topshiriqnomadagi barcha ma’lumotlar avtomatik ravishda to‘ldiriladi.


Bir vaqtning o‘zida bir nechta hisobraqam-fakturani to‘lash mumkin. Oluvchilarning ma’lumotlari va summalari ko‘rsatilgan Excel jadvalini yuklang, tizim esa to‘lov topshiriqnomalarini o‘zi shakllantiradi.