
“Orzular bilan borsiz”: TBC Bank Shomurodov akademiyasining yosh futbolchilariga sport formalarini sovg‘a qildi
Nataly Fein
Surxondaryodagi Eldor Shomurodov nomidagi akademiyada milliy terma jamoada o‘ynashni orzu qilayotgan bolalar shug‘ullanmoqda. O‘z maqsadi sari intilayotganlar xotirjam mehnat qilishlari uchun TBC Bank akademiya tarbiyalanuvchilariga yangi sport formalarini sovg‘aqildi.
Akademiyada hayot qanday
2026-yil akademiya uchun omadli keldi. Murabbiylar shtabiga Eldor Shomurodovning ustozi Otajon Avezov qo‘shildi. U mashg‘ulotlarga yangicha yondashuv olib keldi. Yangi ish rejalari, tizimli tayyorgarlik boshlandi.
Bu yerda yil davomida tinmay mashg‘ulot qilishadi. Eng kuchli tayyorgarlik qishda boshlanadi. Shu payt butun mavsum uchun poydevor qo‘yiladi. Akademiya murabbiysi Viktor Aleshnikovning ta’kidlashicha, o‘qishga ham jiddiy e’tibor qaratila
“O‘qish hamma narsadan muhim. Usiz maydonga tushirmaymiz”.
Akademiyaga qiziqish katta
Terma jamoa jahon chempionatiga chiqqani uchun viloyatda futbolga bo‘lgan qiziqish sezilarli darajada oshdi. Endi Shomurodovga butun Surxondaryo muxlislik qilmoqda. Bolalar barcha o‘yinlarini tomosha qilib, undan o‘rnak olishmoqda.
Qiziqish akademiyaning o‘ziga ham ta’sir ko‘rsatdi. Qabul avgust oyida ochilsa ham ota-onalar qabul boshlanishidan ancha oldin qo‘ng‘iroq qilib, hujjat topshirish haqida so‘rashmoqda. Maktabga Eldor Shomurodov nomi berilgandan keyin esa bu joy bolalar uchun oddiy futbol akademiyasi emas, balki katta futbol sari yo‘lga aylangan.
”O‘zbekistonning chekka tumanlarida iste’dodli bolalar juda ko‘p. Ularni izlab topib, shug‘ullantirish kerak” — deydi murabbiy”.
Futbol nimalarga o‘rgatadi
Yil oson boshlanmadi. Jamoa yosh bo‘lishiga qaramay, Birinchi ligada tajriba orttirishga ulgurdi. Samarqandda 0:1 hisobidan vaziyatni o‘zgartira oldi, mehmonda Qashqadaryo jamoasini mag‘lub etdi. Kimdir jarohat oldi, kimdir tarkibdagi o‘rnini yo‘qotish xavfi ostida qoldi. Bolalarning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu narsalar xarakterni shakllantiradi.
Jamoa yozda dam olishni rejalashtirgani yo‘q. Maqsad — kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar va yig‘inlar orqali keyingi mavsumni yanada yaxshiroq o‘tkazish.
“Telefonga kamroq qarab, mashg‘ulotlarga ko‘proq vaqt ajratishimiz kerak” — deyishdi bolalar.
Bolalarning akademiyadagi hayoti qanday
Ko‘p tarbiyalanuvchilar akademiyaning o‘zida yashashadi va haftasiga atigi ikki kun uyda bo‘lishadi. Qolgan vaqt — o‘qish, mashg‘ulotlar. Bolalar xonalarni o‘zlari tozalashadi, joylarini yig‘ishtirishadi va sport formasiga qarashadi.
Kun tartibi juda zich: uyg‘onish, darslar, kuniga ikki mahal mashg‘ulotlar, orada esa uy vazifalari va tiklanish. Yozda ham ta’til o‘rniga yig‘inlar va yangi mavsumga tayyorgarlik.
Bolalarning aytishicha, oila ular uchun eng asosiy tayanchdir:
“Uyimizni sog‘inamiz, lekin yaqinlarimiz doim yonimizda. O‘yinlarimizga kelishadi, dalda berishadi. Bo‘shashmaslik kerakligini eslatib turishadi”.
Bolalar nimani orzu qilishad
Ular uchun Eldor Shomurodov bilan uchrashuv unutilmas voqea bo‘ldi. U bolalar bilan suhbatlashdi va suratga tushdi. Ko‘pchilik uchun bu eng asosiy motivatsiya. Har bir bola uning darajasida o‘ynashni xohlaydi. Kimdir o‘z oldiga “Real”da o‘ynashni maqsad qilgan bo‘lsa, kimdir — milliy terma jamoani orzu qiladi.
Murabbiy ham bu ularga ishonadi. Bolalar katta o‘yinchilarga qarab intilmoqda va agar harakat qilishsa, ular buni uddalashadi.
“Bunday futbolchilarni ko‘rganingda ishonch paydo bo‘ladi. Mehnat qilsak, albatta katta futbolga chiqamiz” — deydi 17 yoshli Jamshid.





