Barcha maqolalar
Byudjet

Tailandda TBC Salom Visa qanday ishladi: shaxsiy tajriba

Katya Bulgakova

 

2025-yilning dekabr oyida obunachimiz Pxuketga borib keldi. Deyarli barcha xarajatlarni u Visa’ning TBC Salom so‘m kartasi orqali to‘ladi. Umid bizga kartaning qulayliklari, qachon naqd pul kerak bo‘lgani va sayohat oldidan nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida gapirib berdi.

1-qulaylik. Kartani deyarli hamma joyda ishladi

Birinchi to‘lovni aeroportning o‘zidayoq qildim — bir shisha suv sotib oldim. Karta muammolarsiz ishladi. 


Keyin undan doimiy foydalandim. Turistik joylarda, do‘konlar, kafe va restoranlarda, oddiy mahalliy do‘konchalarda, yirik supermarketlarda ham to‘lov qildim. Supermarketlarda suv, mevalar, sneklar, yengil tamaddi qilish uchun har kungi narsalarni oldim. Karta bilan xuddi uydagidek oson to‘ladim. 


Ko‘pincha mahalliy kafelarda ovqatlandim. Bir safar uyimiz yaqinidagi ko‘rimsizgina joyga kirdim. Stollar ko‘chada, oddiygina sharoit edi. Va hatto shu joyda ham karta orqali to‘lashda muammo bo‘lmadi.

 

Butun sayohat davomida faqat bir marta kartadan to‘lov qila olmadim. U ham bo‘lsa taksida. Karta ilovaga bog‘langan edi va bungacha hech qanday muammo bo‘lmagandi. Balki, texnik nosozlikdir. Shuning uchun yonda doim ozroq naqd pul bo‘lgani yaxshi.

2-qulaylik. Kartadan onlayn to‘lov

TBC Salom Visa kartasidan ko‘p onlayn foydalandim. Mahalliy ilovalarga bog‘ladim: taksi chaqirdim, ovqat buyurtma qildim, internetdan buyumlar sotib oldim. 


Mahalliy ilovalardagi to‘lovlar muammosiz o‘tdi. Pullar hech qanday xatoliksiz yechildi, balans tezda yangilandi. Chatdagi ichki tarjimon yordamida kuryer va haydovchilar bilan muloqot qilish osonroq bo‘ldi. Til bilmaganim deyarli sezilmadi. 


Sayohat oxirida, onlayn to‘lovlar xuddi O‘zbekistonda Yandex Go yoki Korzinka Go orqali to‘lov qilishga o‘xshab odatiy holga aylandi.

3-qulaylik. To‘lov uchun terminal shart emas

Bir marta kichik bir kafeda o‘zim uchun noodatiy bo‘lgan to‘lov usuliga duch keldim. U yerda terminal yo‘q edi. Karta orqali to‘lov haqida so‘radim va hozir terminal olib kelishadi deb kutib turdim. 


Uning o‘rniga menga telefonda summani ko‘rsatib, kartani tekkizishni so‘rashdi. Kartani telefonga tekkizdim va to‘lov o‘sha zahoti o‘tdi. Xuddi oddiygina to‘lov qilgandek bo‘ldim, hech qanday farq sezilmadi, terminal o‘rnini smartfon egallagandi. 


Ilgari bunday usul ko‘rmagandim, lekin Tailandda bu odatiy hol ekan.

4-qulaylik. Xarajatlarni kuzatib borish oson

Sayohat davomida xarajatlarni nazorat qilish menga juda qulay bo‘ldi. Balans tezda yangilanib turdi va istalgan vaqtda qancha pul sarflanganini ko‘rish mumkin. 


Hamma pulni kartada saqlamadim. Zaruratga qarab, pulni hisobimdan o‘tkazib, kartani bo‘lib-bo‘lib to‘ldirib turdim. Shunda ko‘ngil to‘q bo‘ldi. Karta shikastlansa yoki bankomat uni qaytarmasa, pulsiz qolib ketmasdim. 


Konvertatsiya kursini ataylab kuzatib bormadim. Keskin o‘zgarishlar bo‘lmadi va bu hech qanday noqulaylik tug‘dirmadi. Lekin, xaridlarning haqiqiy narxini tushunish va budjetdan chiqib ketmaslik uchun vaqti-vaqti bilan kursga qarab turgan yaxshi.

Sayohatda ozroq naqd pul kerak ekan

Deyarli barcha xarajatlarni karta orqali to‘lagan bo‘lsam ham, naqd pul baribir kerak bo‘ldi. Asosan — mayda-chuyda xaridlar uchun. Summa 5–6 dollardan kam bo‘lsa, kichik do‘kon va kafelar naqd pulda to‘lashni so‘rashadi, chunki kichik cheklar uchun kartadan to‘lov komissiyasi ularga juda qimmatga tushadi. Ba’zi joylarda esa karta orqali to‘lash uchun eng kam summa deyarli 10 dollargacha ekan.

 

Yana, naqd pullar tuk-tuklarda yurish uchun ham kerak bo‘ladi. Ayniqsa yolg‘iz bo‘lmasangiz va pulni bo‘lishib to‘lash kerak bo‘lsa. Lekin, tuk-tuklarni ilova orqali chaqirib, karta bilan to‘lasa ham bo‘ladi.

Qanday xulosaga keldim

So‘mlik TBC Salom Visa deyarli barcha xarajatlarni qoplaydi. Karta oddiy do‘konlarda, kafelarda, ilovalarda ham ishladi. Butun sayohat davomida faqat bir marta mahalliy taksi ilovasida nosozlik bo‘ldi. Bunday vaziyatda naqd pul kerak.

 

Ozroq naqd pul olib yurgan yaxshi. Ular mayda-chuyda xaridlar va transport uchun kerak. Yana, mahalliy banklarning yuqori komissiyasi sababli bankomatdan pul yechishning foydasi yo‘q. Men yechmoqchi bo‘lganimda, komissiya butun summaning 5–8 foiziga chiqdi. Valyutani oldindan ayirboshlash shoxobchasidan yoki uchib kelgach almashtirib olish kerak.

 

Sayohatdan keyin men Eldor Shomurodovning dastxati tushirilgan, soni cheklangan TBC Salom Visa kartasiga buyurtma berdim. Shartlariga ko‘ra, bu men chet elda foydalangan o‘sha Visa kartasi bilan bir xil, faqat maxsus dizaynda. Men jamoamizga muxlislik qilaman va Shomurodovni kuzatib boraman, shuning uchun ham kartani o‘zim uchun buyurtma qilishni xohladim. Unga TBC UZ ilovasida buyurtma berish mumkin.