
Telefonga virus tushib, kartalar bloklansa nima qilish kerak
Dilafruz Salimova
Zararli ilovalar SMS orqali keladigan kodlarni ushlab qolishi, soxta ekranlarni ko‘rsatishi, kiritayotgan ma'lumotlaringizni ko‘rishi va firibgarlarga kartangizdan pul yechishga yordam berishi mumkin. Pullarni himoya qilish uchun TBC Bank kartalarni vaqtincha bloklab qo‘yadi. Xavfsizlik tizimi telefonda xavfli ilova yoki virus borligini sezsa, shunday bo‘ladi. Blokni yechish uchun virus yoki xavfli ilovani o‘chirish kerak. Bank uning nomini karta bloklangani haqidagi xabarda jo‘natadi.
Xavfli ilova haqida bankdan kelgan xabar shunday ko‘rinadi.
Virus yoki xavfli ilovani qanday o‘chirish mumkin
TBC UZ ilovasiga kiring. Agar xavf qolmagan bo‘lsa, kartalar blokdan chiqadi.
Kartalar blokdan chiqmasa, demak, xavfsizlik tizimi hali ham xavfli ilova yoki xavf belgilarini ko‘ryapti. Ilova boshqa nom bilan yashiringan yoki oxirigacha o‘chmaganda shunday bo‘ladi. Unda ilovani texnik nomi orqali topish kerak.
Ilovani texnik nomi orqali topish
Zararli dasturlar tanish ilovalardek ko‘rinadi. Nomini o‘zgartiradi, ikonkasini nusxalaydi yoki tizim ilovalari orasiga yashirinadi. Ikkita ilovaning nomi va ikonkasi bir xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning “package name”, ya'ni texnik nomi boshqa bo‘ladi.
Bank xabarnomada xavfli ilovaning texnik nomini ham yuboradi. Masalan, ilova RASMLAR deb atalsa, uning texnik nomi com.xlq.eoelprxmcjf bo‘ladi.
Ilovani texnik nomi bo‘yicha qanday o‘chirish mumkin
Ilovani o‘chirib bo‘lmasa
Ilova topilmasa, o‘chmasa yoki kartalar bloklanganicha qolsa, 1150 raqami orqali TBC Bank qo‘llab-quvvatlash xizmati bilan bog‘laning. Mutaxassislar xavfsizlik tizimi qaysi ilova sababli ishga tushgani va uni qanday o‘chirishni tushuntirishadi.
Ilovani o‘chirishni xohlamasangiz
Ilovani o‘chirishni xohlamasangiz, shaxsiy tasdiqlashingizdan keyin bank kartalarni blokdan chiqarib beradi. TBC Bank’ning 1150 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Mutaxassislar qanday xavf-xatarlar borligi va kartalarni blokdan chiqarishni qanday tasdiqlash kerakligini tushuntirishadi.
Shuni hisobga olish muhim: ilova telefonda qolsa, xavf saqlanib qoladi. Firibgarlar SMS orqali keladigan kodlarni olishi, ekrandagi ma’lumotlarni ko‘rishi yoki boshqa operatsiyalarni qilishda telefoningizdan foydalanishi mumkin. Nafaqat TBC Bank kartalari, telefonga ulangan boshqa bank kartalari ham xavf ostida qoladi.
Zararli ilovalardan himoyalanish
Shunday vaziyatga tushib qolmaslik uchun qanday ilovalarni o‘rnatayotganingizga va ularga qanaqa ruxsatlar berayotganingizga e'tibor bering. Xavfni kamaytirishga yordam beradigan bir nechta qoidalar:
Ilovalarni faqat rasmiy manbalardan yuklang. Android uchun bu — Google Play. Xabarlar, chatlar va notanish saytlardagi havolalar orqali ilovalarni yuklamang.
Telegram, WhatsApp va boshqa messenjerlardan APK-fayllarni o‘rnatmang. Firibgarlar ko‘pincha zararli ilovalarni aksiya, sovg‘a, yangilanishlar, o‘yin yoki foydali xizmatlar qilib ko‘rsatishadi. O‘rnatilgandan keyin bunday ilova SMS, xabarnomalar yoki telefon ekraniga kirish ruxsatini olishi mumkin.
Ilova qanday ruxsatlar so‘rayotganini tekshiring. Ilova ishlashi uchun umuman kerak bo‘lmagan ruxsatni so‘rasa, ehtiyot bo‘lish kerak. Masalan, o‘yin, kalkulyator yoki chegirmalar ilovasiga odatda SMS, xabarnomalar, telefonni boshqarish yoki ekranga kirish ruxsati kerak emas.
Notanish xabarlardagi havolalarga kirmang. U bank, yetkazib berish xizmati, do‘kon yoki davlat idorasidan kelgan xabarnomaga o‘xshasa ham. Kerakli ilovani o‘zingiz oching yoki rasmiy saytga mustaqil kiring.
Play Protect xizmatini yoqing. Bu xizmat Android’da xavfli ilovalarni topishga yordam beradi.
Play Protect’ni yoqish
Yodda tuting
- Zararli ilova topilganda, kartalarni vaqtincha bloklash pullaringizni himoya qilishga yordam beradi.
- Blokni yechish uchun xabarnomada ko‘rsatilgan ilovani o‘chiring.
- Agar blokni o‘zingiz yecha olmasangiz, 1150 raqami orqali TBC Bank qo‘llab-quvvatlash xizmatiga qo‘ng‘iroq qiling.




