
Mamlakatdagi barcha to‘lovlarning 20% va banklar orasida tanilganlik bo‘yicha 1-o‘rin: 2025-yilda TBC erishgan yutuqlar
TBC Uzbekistan MHXS (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) bo‘yicha 2025-yil uchun moliyaviy natijalarini e’lon qildi. TBC Bank raqamli bankini o‘z ichiga olgan kompaniyaning ekotizimi asosiy ko‘rsatkichlar, jumladan, daromad va chakana mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi bo‘yicha sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi.
Bank xizmatlaridan foydalanuvchilar soni ortmoqda
Tobora ko‘proq odamlar TBCga o‘z jamg’armalarini ishonib, kredit yordami uchun murojaat qilmoqda. Bir yil ichida depozitlar hajmi 38% o‘sib, 6,68 trln so‘mga yetdi. Kredit portfeli esa 41% o‘sib, 11,4 trln so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, TBC O‘zbekistonning asosiy tranzaksiya tizimi hisoblanadi. Mamlakatdagi barcha to‘lovlarning 20% TBC Bank va Payme ulushiga to‘g’ri keladi. Umuman olganda, 2025-yilgi to‘lovlar hajmi 61% oshib, 114,45 trillion so‘mni tashkil qildi.
Ekotizimda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 23 millionga yetdi. Bu, 2024-yilga nisbatan 25% ko‘proq. Qo‘shimcha bonuslar beradigan obuna xizmatidan foydalanuvchilar soni ham ortib bormoqda. 2025-yilning dekabr oyida TBC Plus va payme xizmatlariga 708 000 kishi obuna bo‘ldi.
TBC karta egalari soni ortmoqda
2025-yil dekabr oyi oxiriga kelib, TBC Bank 950 000 dona TBC Salom debet kartasini va 146 000 dona TBC Osmon kredit kartasini chiqardi. 2026-yil fevral holatiga ko‘ra, chiqarilgan TBC Salom kartalari soni 1 milliondan oshdi.
TBC kartalariga bo‘lgan talab foydali shartlar bilan izohlanadi. Masalan, TBC Salom egalari barcha xaridlaridan kamida 1% keshbek va karta hisobidagi qoldiqqa yillik 12% daromad oladilar, TBC Osmon esa xaridlar uchun 55 kungacha foizsiz muddat beradi.
Kichik va o‘rta biznes orasida hamkorlar soni ortib bormoqda
2025-yil dekabr holatiga ko‘ra, ekotizimning biznes mijozlari soni 55 000 yetdi. Shu yilning aprel oyida TBC Bank kichik va o‘rta biznes, jumladan, o‘zini o‘zi band qilganlar uchun kreditlashni yo‘lga qo‘ydi. Yil yakuniga ko‘ra, biznes kreditlari portfeli 1,83 trln so‘mga yetdi.
TBC Biznes raqamli xizmati foydalanuvchilarga o‘z moliya mablag’larini 24/7 rejimida boshqarish imkonini beradi: pul o‘tkazish, majburiy to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa bank amaliyotlarini bajarish.
TBC xizmatlari SI tufayli yanada qulaylashdi
Sun’iy intellekt xizmat ko‘rsatish darajasini oshirdi: qo‘ng’iroqlarning 90% 30 soniya ichida qabul qilinmoqda, savollarning 97% birinchi murojaatdayoq hal etilmoqda, mijozlarning 94% esa qo‘llab-quvvatlash xizmati ish sifatini 5 dan 5 ga baholamoqda. TBC ekotizimining mobil ilovalari foydalanuvchilar tomonidan doim yuqori baholanib kelinmoqda: ilovalardagi do‘konlarning reytingi 4,7 dan 4,9 gacha.
2025-yilda TBC Bank savdo uchun birinchi ovozli botni taqdim etdi va o‘z ilovasiga Lola ismli sun’iy intellekt yordamchisini qo‘shdi. Hozircha u “Friends & Family” rejimida ishlamoqda, sinovdan so‘ng barcha foydalanuvchilar uchun ommalashadi. 2025-yil dekabr holatiga ko‘ra, sotuvlar bo‘yicha chat-botga mijozlar bir oyda 100 000 marta murojaat qilgan.
Daromad va brend taniqliligi oshdi
2025-yil yakuni bo‘yicha TBC ekotizimining umumiy daromadi 64% o‘sib, 3,17 trillion so‘mga yetdi, sof foyda esa 581 milliard so‘mni tashkil qildi.
2025-yilda o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalariga ko‘ra, TBC Bank tanilish darajasi bo‘yicha Toshkentda 1-o‘rinni, O‘zbekistonda esa 3-o‘rinni egallagan bank brendi bo‘lib, O‘zbekistonning eng ishonchli banklari beshligiga kirdi.
Yangiliklar
foydali takliflar va yangiliklar haqida ma’lumot beramiz


