Valyuta ayirboshlash kursi
Menda bor
Sotib olmoqchiman
00:10, 21.01.2026 sanasiga nisbatan kurs
Barcha valyutalar kursi
00:00, 20.01.2026 sanasiga nisbatan kurs. Kurs kun davomida o‘zgarishi mumkin.
| Kod | Valyuta almashinuvi | Birliklar | Sotish | Sotib olish | MB kursi |
|---|---|---|---|---|---|
| Yevro | 1 | 14600.00 | 13700.00 | 14008.91 | |
| AQSH dollari | 1 | 12125.00 | 12025.00 | 12051.71 | |
| GBP | Britaniya funt sterlingi | 1 | 16156.52 | ||
| RUB | Rossiya rubli | 1 | 154.69 | ||
| AUD | Avstraliya dollari | 1 | 8071.03 |
TBC Bankda valyuta ayirboshlash va konvertatsiya
TBC Bankda dollarni TBC UZ ilovasining o‘zida onlay sotib olish yoki sotish mumkin. Konvertatsiya uchun TBC Visa Virtual kartasi kerak bo‘ladi. Uni ham ilovada ochasiz. Konvertatsiya paytida faqat dollar kursi bo‘yicha kerakli summa yechib olinadi — komissiya va qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q.
Amaliyotdan oldin sayt va ilovadagi valyuta kalkulyatorida yakuniy summani oldindan hisoblashingiz mumkin. Hisob-kitoblar va konvertatsiya uchun bankning o‘sha vaqtda amaldagi kursi qo‘llaniladi.
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar
Ha. Buning uchun TBC Bank Visa Virtual kartasini oching. U orqali ilovaga ulangan istalgan so‘m kartasidan dollar sotib olish mumkin. Dollarni so‘mga alamshtirish uchun Visa Virtual kartasidan so‘m kartasiga pul o‘tkazing.
Ha, ilovaning asosiy ekranida "Valyutalar kursi" "Batafsil" "Kalkulyator" bo‘limiga kiring.
Yevro, dollar va so‘m. Yevro va dollarni so‘mga almashtirish, shuningdek dollar va yevroni so‘mga sotib olishni hisoblash mumkin.
Valyuta kursi kuniga bir marta yangilanadi va keyingi yangilanishgacha barcha amaliyotlar uchun amal qiladi.
Yo‘q, hech qanday komissiya yo’q —istalgan valyutani sotib olishda ham, sotishda ham.
Ha, mumkin. Buning uchun TBC Bank saytiga kiring. TBC UZ ilovasida valyuta kalkulyatori faqat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin ishlaydi.
Ayirboshlash va konvertatsiyasining farqi
Valyuta ayirboshlash — pulni oflayn tarzda sotish yoki sotib olish. Buni bank bo‘limida yoki bankomatda amalga oshirish mumkin.
Konvertatsiya — valyutani bank ilovasining o‘zida onlayn sotib olish yoki sotish.
Eng qulay usul — bu konvertatsiya. Chunki barcha amaliyotlar onlayn bajariladi. Bankka borish yoki navbat kutish shart emas.
TBC Bank valyuta kalkulyatori
Valyuta kalkulyatorida valyutani sotib olish yoki sotishda qancha pul olishingizni oldindan bilib olasiz. Bankning amaldagi kursi bo‘yicha yakuniy ayirboshlash summasini darhol ko‘rasiz.
Kalkulyatordan TBC Bank saytida ham, TBC UZ ilovasida ham foydalanishingiz mumkin.
Saytda "Sotaman" maydonida valyutani tanlab, summani kiritsangiz, "Olaman" maydonida ayirboshlash summasi ko‘rinadi.
Buning uchun ilovada alohida "Valyuta kursi" bo‘limi bor. U ham xuddi shunday ishlaydi va konvertatsiyadan oldin hisob-kitobni tezda tekshirish imkonini beradi.
Banklardagi valyuta kurslari
Ayirboshlash uchun ko‘pincha yevro yoki AQSH dollari tanlanadi. Lekin banklar boshqa chet el valyutalari bilan ham ayirboshlaydi. Masalan, Rossiya rubli yoki funt sterling bilan. Aynan qanday valyutalar borligi bankka bog‘liq.
Amaldagi valyuta ayirboshlash kursini bank veb-sayti yoki ilovasida ko‘rasiz. Kurs doim o‘zgarib turadi. Shuning uchun ma’lumotlar har doim yangi bo‘ladi. O‘sha yerning o‘zida valyuta kalkulyatori orqali ayirboshlash summasini taxminan bilish mumkin.
Kursga nima ta’sir qiladi?
Valyuta kurslari ma’lum bir davlatdagi vaziyatga va bir qator qo‘shimcha omillarga bog‘liq. Masalan, Rossiya rubliga neft narxlari, funt sterlingiga esa Buyuk Britaniyadan keladigan iqtisodiy yangiliklar ta’sir qiladi. Yevro kursi esa Yevropa mamlakatlari iqtisodiyotining holatiga qarab o‘zgarib turadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida narxlar oshsa yoki iqtisodiyot sekinlashsa, yevro qadrsizlanadi.
Dollar esa ko‘pincha beqarorlik davrida qimmatlashadi. Misol uchun, jahon bozorlarida xavotir paydo bo‘lganda, investorlar pullarini yanada ishonchliroq valyuta sifatida dollarga o‘tkazishadi.
Almashtirish usulining valyuta kursiga ta’siri
Ayirboshlash va konvertatsiya qilish uchun eng mashhur valyuta — dollar. Ularni istalgan usulda sotib olish yoki sotishingiz mumkin:
- bankomatda;
- bank bo‘limida;
- bank mobil ilovasida.
Lekin unutmang, kurs usulga qarab farq qilishi mumkin. Buning sababi har bir holatda ayirboshlash turlicha amalga oshiriladi: qayerdadir bank ko‘proq xarajat qiladi, qayerdadir operatsiya tezroq va osonroq, bozordagi kurs esa kun davomida o‘zgaradi.
O‘zbekistonda kamroq ayirboshlanadigan valyuta — yevro. Ko‘pincha ularni bank bo‘limlarida almashtirishingiz mumkin. Bank ilovalarida ular juda kam uchraydi.
Ko‘p miqdordagi valyutani ayirboshlash
Katta summani bankomatda ham ayirboshlashingiz mumkin. Lekin buni bank bo‘limida amalga oshirish osonroq va xavfsizroq. Xodim amaldagi valyuta kursini hisoblashda yordam beradi, hujjatlarni tayyorlaydi va ayirboshlashni xavfsiz amalga oshiradi.
Shuningdek, agar summa belgilangan limitlardan oshmasa, bank ilovasida pulni onlayn konvertatsiya qilishingiz mumkin. Buning uchun bankning valyuta va so‘m kartalari kerak bo‘ladi.
TBC UZ mobil ilovasida valyuta konvertatsiyasi
TBC Bankda valyutani faqat TBC UZ ilovasida — Visa Virtual kartasini to‘ldirish yoki unga pul o‘tkazish orqali konvertatsiya qilishingiz mumkin. Kartani ilovaga ulangan istalgan karta orqali komissiyasiz to‘ldirishingiz mumkin. Buning uchun TBC Bankda amaldagi dollar kursidan foydalaniladi — u o‘tkazma ekranida ko‘rinadi.
Agar sizda Visa Virtual kartasi bo‘lmasa, uni TBC UZ ilovasining "Mening kartalarim" bo‘limida ochishingiz mumkin. Karta bir zumda chiqariladi, ishga tushirish uchun 15 daqiqagacha vaqt kerak bo‘ladi. Keyin kartani ilovadagi istalgan so‘m karta orqali to‘ldirishingiz mumkin.
Shuningdek, TBC Salom Visa kartasini buyurtma qilishingiz ham mumkin. Karta balansi so‘mda ko‘rsatiladi. Xaridlar, to‘lovlar va pul o‘tkazmalarida esa kerakli summa bankning amaldagi kursi bo‘yicha dollarga avtomatik konvertatsiya qilinadi.
Teglar
