Osmon Card — haqiqiy foyda keltiruvchi kredit karta
Xaridni hozir, to‘lovni keyinroq qiling. 55 kungacha foizlarsiz
Bir necha daqiqada
tasdiqlanadi
50 mln so‘mgacha
limit ajratiladi
Bepul
yetkazib beriladi
Har qanday vaziyatda — pul yoningizda
Bittagina ariza bilan
Karta muddati tugaguncha kredit limiti sizning ixtiyoringizda
Limit tiklanaveradi
Ishlatilgan pulni qaytarasiz — yana foydalanishda davom etasiz
Faqat sarflangan pul uchun foiz to‘laysiz
Ortiqcha to‘lovlar yo‘q
Yoki umuman foiz to‘lamaysiz
Agar qarzni imtiyozli davr ichida qaytarsangiz
Imtiyozli davr qanday hisoblanadi?
Bu xaridlar uchun 30 kun (hisobot davri) + qarzni to'lash uchun ko'chirma vaqtidan boshlab 25 kun (to'lov davri) — jami 55 kungacha foizsiz
Osmon Card’ni uchta oddiy qadamda rasmiylashtiring
TBC UZ ilovasini yuklab oling
1-qadam
App Store yoki Google Play’dan yoki pastdagi QR kod orqali
Kartaga ariza yuboring
2-qadam
Ilovaning asosiy ekranidagi "Kredit kartasi" bo‘limida
Qarorni kuting
3-qadam
Limit ma’qullangach, kartani 3 kun ichida yoki undan ham oldinroq yetkazib beramiz
Kartani uyda o‘tirib oching
Ilovada ariza qoldiring. Kartani 3 kun ichida yetkazib beramiz: Toshkentda bo'lsangiz — uyingizgacha, viloyatda yashasangiz — sizga qulay TBC nuqtasiga
iOS va Android uchun ilovani yuklab oling
Savollar va javoblar
Osmon Card’ni 18 yoshdan oshgan, ammo pensiya yoshiga yetmagan har qanday O‘zbekiston fuqarosi rasmiylashtirishi mumkin. Shuningdek, sizda doimiy daromad va ijobiy kredit tarixi bo‘lishi kerak — unda kechikishlar va qarzlar bo‘lmasligi kerak.
TBC UZ ilovasida ro‘yxatdan o‘ting, asosiy ekrandagi "Kredit kartasi" bo‘limiga kiring → "Buyurtma berish"ni bosing va ko‘rsatmalarga amal qiling.
Ha, salbiy kredit tarixi bilan tizim arizani avtomatik rad etishi yoki kamroq kredit limitini tasdiqlashi mumkin
Bu kredit kartangizdagi barcha mablag‘lar. Foizlar faqat sarflangan summaga va faqat imtiyozli davr tugaganidan keyin hisoblanadi.
Kredit limiti tiklanib boradi. Ya’ni siz limit doirasida pul sarflaysiz, so‘ng kartangizni to‘ldirib, yana xarajat qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Imtiyozli davr — bu kredit kartadan sarflangan mablag‘lar uchun foizlar hisoblanmaydigan vaqt oralig‘i. U ko‘chirma sanasidan boshlanadi va 55 kun davom etadi. Agar qarzlarni imtiyozli davr oxirigacha to‘lasangiz, sarflangan mablag‘lar uchun foiz to‘lashingiz shart bo‘lmaydi.
Eng qulay va foydali usul — TBC UZ ilovasi orqali: pul o‘tkazishda komissiya to‘lamaysiz, mablag‘ kartangizga darhol kelib tushadi. Kartani to‘lov terminallari va bankomatlar orqali naqd pul bilan to‘ldirish ham mumkin, lekin komissiya evaziga.
Ha, TBC UZ ilovasidan tashqari har qanday bank yoki to‘lov ilovasida.
Kredit kartaning imtiyozli davri boshqa kartaga pul o‘tkazilganda amal qilmaydi. Ya’ni, o‘tkazilgan summaga naqd pul yechib olish uchun belgilangan foiz stavkasi bo‘yicha har kuni foizlar hisoblanadi. Bu foiz stavkasini TBC UZ ilovasining: Osmon Card — "Shartlar" bo‘limida bilib olishingiz mumkin.
Ha. Agar minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmasa, ertasi kuni jarimalar hisoblanishni boshlaydi: birinchi kuni qarzning 8,75 foizi, keyin esa qarz to‘lanmaguncha har bir kechiktirilgan kun uchun 0,35% dan.
Ha, buning uchun Humo rasmiy Telegram botida[1] ro‘yxatdan o‘ting. Har qanday karta tranzaksiyalari haqidagi xabarlar bot chatida paydo bo‘ladi.
Yordam
Savolingiz bormi?
“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz
TBC nuqtalari xaritasi
Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?
TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz







