TBC Do‘stlar

Do‘stlaringizni taklif qiling va birgalikda pul ishlab oling

Omonat, kredit, obuna va kartalar uchun har biringizga bonus to‘lab beramiz

Nima uchun va qancha to‘lanadi

TBC Salom kartasi

Do‘stingiz karta ochib, 30 kun ichida undan 50 000 so‘mdan ko‘proq sarflasin

Faqat karta bilan to‘langan xaridlar va to‘lovlar hisobga olinadi. O‘tkazmalar va naqd yechish hisobga olinmaydi

Siz va do‘stingizga bonus

50 000 so‘mdan

Ilovani yuklab olish

TBC Osmon kartasi

Do‘stingiz kredit karta buyurtma qilib, undan 500 000 so‘mdan ko‘proq sarflasin

Do‘stingiz birinchi marta TBC Osmon kartasini ochgan bo‘lishi kerak

Siz va do‘stingizga bonus

50 000 so‘mdan

Ilovani yuklab olish

TBC Bankda omonat

Do‘stingiz shartlarda ko‘rsatilgan summada omonat ochsin va unda pulni kamida 30 kun saqlasin

Do‘stingiz oxirgi 3 oy ichida TBC Bankda omonat ochmagan bo‘lishi kerak

Siz va do‘stingizga bonus

50 000-200 000 so‘m

Ilovani yuklab olish

TBC Bankdan kredit

Do‘stingiz kamida 
3 000 000 so‘m kredit olsin

Kredit birinchi 30 kun ichida yopilmasin. Do‘stingiz oxirgi 90 kun ichida TBC Bankdan kredit olmagan bo‘lishi kerak

Siz va do‘stingizga bonus

100 000 so‘mdan

Ilovani yuklab olish

TBC Plus obunasi

Do‘stingiz obunani ulasin

Do‘stingiz oldin TBC Plus obunasini ulamagan bo‘lishi kerak

Siz va do‘stingizga bonus

10 000 so‘mdan

Ilovani yuklab olish

Taklif qilish va pul ishlash bosqichlari

01

Taklif havolasidan nusxa oling

“TBC Do‘stlar” bo‘limida xizmatni tanlang, shartlar bilan tanishing. Keyin “Do‘stimni taklif qilish” → “Ijtimoiy tarmoqlar orqali” knopkalarini bosing

02

Havolani do‘stingizga jo‘nating

Do‘stingiz havola orqali ilovaga kirsin va ekrandagi ko‘rsatmalarga amal qilsin

03

Do‘stingiz hamma shartlarni bajarishini kutib turing

Har bir taklifning o‘z shartlari bor. Masalan, kartadan ma’lum bir summani sarflash kerak, obunani esa shunchaki yoqish yetarli

04

Bonusni oling

Do‘stingiz taklif shartlarini bajarganidan keyin bonusingiz joriy hisobraqamingizga o‘tkazib beriladi

Do‘stlaringiz bilan birga pul ishlab oling

TBC Bank Uzbekistan ilovasini yuklab olib, “TBC Do‘stlar” bo‘limidan kerakli xizmatni tanlang va do‘stingizga taklif havolasini yuboring

iOS va Android uchun ilovani yuklab olish

Ko‘p beriladigan savollar

Bu — TBC Bankning referal dasturi. Do‘stlaringizni bank xizmatlaridan foydalanishga taklif qiling va buning uchun pul ishlab oling.

Hozirda quyidagi xizmatlar uchun referal dastur amal qiladi:

  • TBC Salom kartasi;
  • TBC Osmon kartasi;
  • omonatlar;
  •  kreditlar;
  • TBC Plus obunasi.

Har bir xizmat uchun bonus olishning batafsil shartlarini TBC Bank Uzbekistan ilovasidagi
“TBC Do‘stlar” bo‘limida ko‘ra olasiz.

Cheklov xizmat turiga bog‘liq:

  • TBC Salom — cheklovlarsiz;
  • TBC Osmon — cheklovlarsiz;
  • Kredit — 10 kishigacha;
  • Omonatlar — 10 kishigacha;
  • TBC Plus obunasi — 10 kishigacha.

Ha, siz bir do‘stingizni bir vaqtning o‘zida bir nechta referal dasturlarda ishtirok etishga taklif qila olasiz. Masalan, omonat ochish yoki kredit olishni taklif qilsangiz bo‘ladi.

 

iz bo‘ladi.

Biz sizga ham, do‘stingizga ham bir xil summada bonus o‘tkazib beramiz.

Do‘stingiz referal dasturi shartlarini bajarishi bilan bonus kartangizga avtomatik o‘tkazib beriladi. Masalan, u kamida 3 mln so‘m kredit olsa va uni dastlabki 30 kun ichida muddatidan oldin yopmasa, ikkalangiz ham bonus olasiz.