Visa Virtual

TBC Visa Virtual dollar kartasi

Bankka borilmaydi. Depozit kerak emas

  • Bepul

    chiqarib beramiz

  • Komissiyasiz

    to'ldirasiz

Visa Virtual

Chet eldagi xaridlarni TBC Visa Virtual kartasi bilan onlayn to'lang

Kartani Uzcard va Humodan to'ldirasiz

TBC UZ va payme ilovalarida

Kartani yo'qotib qo'ymaysiz

U doim TBC UZ ilovasida saqlanadi

Uydan turib chet eldan xarid qilasiz

Chiptalardan boshlab kiyim-kechakkacha

15 minutda tayyor bo'ladi

Kofe ichib olguningizcha karta ishga tushadi

Visa Virtual qanday ochiladi?

TBC UZ ilovasini yuklang

1-qadam

App Store yoki Google Play'dan yoki pastdagi QR kod orqali

Virtual Visa kartasini oching

2-qadam

Ilovaning asosiy ekranidan “Kartalar” bo'limiga kirasiz

Faollashishini kuting

3-qadam

Karta 15 daqiqada ishga tushadi va undan foydalanishni boshlaysiz

Kartani uydan turib oching

Birpasda bepul chiqarib beramiz

iOS va Android uchun ilovani yuklab oling

Ko‘p beriladigan savollarga javoblar

Bu mahalliy va xorijiy internet do‘konlarda xaridlarni to‘lash uchun dollar kartasi. Visa Virtual bilan TBC Bankda dollarda ochilgan muddatli omonatni to‘ldirish ham mumkin.

TBC UZ ilovasida "Kartani qo‘shish / buyurtma berish" tugmasini bosasiz va Visa Virtual kartasini tanlaysiz. Karta birdan chiqarib beriladi va 15 daqiqa ichida faollashadi. Hammasi tayyor bo‘lsa, sizga SMS keladi.

Kartani faqat TBC UZ ilovasida to‘ldirish mumkin: Visa Virtual kartasini tanlaysiz, "To‘ldirish" tugmasini bosasiz va keyingi ko‘rsatmalarga qarab ish tutasiz.

 

To‘ldirish uchun komissiya olinmaydi.

TBC Bankning o‘sha vaqtdagi bank kursi bo‘yicha. Aniq kursni:

  1. TBC UZ ilovasining "Valyutalar kursi" bo‘limida;
  2. yoki kartani to‘ldirganingizda summani kiritish paytida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Yo‘q, bank hech qachon kartaning to‘liq raqami, amal qilish muddati, shuningdek, ilovaga kirish uchun parollar yoki SMS kodlarni sizdan so‘ramaydi. Agar o‘zingiz TBC Bank texnik yordam bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lsangiz, xodimimiz faqat kartaning oxirgi 4 ta raqamini so‘rashi mumkin.

Bu savolga javob berishdan oldin shunchaki eslatib o‘tmoqchimiz: Visa Virtual uchun xizmat haqi olinmaydi — kartadan foydalanmasangiz, uni bloklashingiz shart emas. U keyinchalik sizga kerak bo‘lishi mumkin.

 

Kartani baribir bloklamoqchi bo‘lsangiz, ilovamizning "Kartalar" bo‘limiga kiring, Visa Virtual → "Boshqalar" → "Kartani bloklash" tugmalarini bosing. Karta yana kerak bo‘lib qolsa, shu yerning o‘zida uni blokdan chiqarishingiz mumkin.

Yordam

Savolingiz bormi?

“Yordam” bo‘limida barcha javoblarni topasiz

TBC nuqtalari xaritasi

Yuzma-yuz muloqot qilmoqchimisiz?

TBC nuqtasiga keling — bank xizmatlarini tushuntiramiz va har qanday muammoni hal qilishda yordam beramiz


TBC Bankning Visa virtual kartasi

 

TBC Visa Virtual kartasi TBC UZ ilovasida chiqariladi — telefon qilish va bankka borish shart emas. Kartadagi boshqa amallar ham ilovaning o‘zida bajariladi: balansni boshqarish, bloklash va blokdan chiqarish.

 

Karta bilan O‘zbekiston va xorijiy do‘konlarda hamda servislarda istalgan onlayn xaridni to‘lash mumkin. Buning uchun TBC UZ ilovasida saqlanadigan karta ma’lumotlarini kiritsangiz bo‘ldi.

 

Visa virtual kartasi nima

 

Visa virtual kartasi — bu plastik kartasiz raqamli bank kartasi. Undan har qanday onlayn to‘lovlar, jumladan, xorijiy do‘konlardagi xaridlar va xizmatlarni to‘lashda foydalanish mumkin.

 

Visa kartasini TBC UZ mobil ilovasida faqat onlayn ochish mumkin. Shu yerning o‘zida biror narsani to‘lash uchun kartaning rekvizitlarini ko‘rolasiz.

 

TBC Bankning Visa virtual kartasini qanday ochish mumkin?

 

Ro‘yxatdan o‘tgach, "Kartalar" bo‘limida "Kartani qo‘shish / Buyurtma berish" knopkasini bosing va "Visa virtual kartasi"ni tanlang. Shartlar bilan tanishib chiqing va "Keyingisi" tugmasini bosing.

 

Karta birdan ochiladi va uni ishga tushirish 15 daqiqadan ko‘p vaqt olmaydi. Karta faollashgach, undan har qanday onlayn xaridlarni to‘lash uchun foydalanishingiz mumkin. 

 

Karta xavfsizligi

 

TBC Visa Virtual kartasi Visa to‘lov tizimining boshqa kartalari kabi 3D Secure tizimi bilan himoyalangan. Bundan tashqari, kartani ilovaning o‘zida darhol bilan bloklash va blokdan chiqarish mumkin. Agar karta ma’lumotlari firibgarlar qo‘liga tushib qolgan deb o‘ylasangiz, uni bloklang va kerak bo‘lsa, qayta chiqaring.

 

Virtual karta yoki plastik karta — internetdagi xarid uchun qaysi biri ko’proq mos keladi?

 

Onlayn xaridlar uchun virtual kartani tanlagan yaxshi. Chunki u xavfsiz va qulay. Balansni bo‘sh saqlashingiz va faqat to‘lovdan oldin kartani to‘ldirishingiz mumkin. Bu sizni tasodifiy pul yechilishidan himoya qiladi. Masalan, siz foydalanmayotgan obuna to‘lovidan.

 

Bundan tashqari, Visa kartasidan faqat ma’lum xaridlar uchun foydalansangiz ham bo‘ladi. Masalan, obunalar va xizmatlar uchun yoki onlayn xaridlar, shu jumladan App Store va Google Play’dagi xaridlar uchun.

 

Agar karta ma’lumotlari firibgarlar qo‘liga tushsa, uni ilovaning o‘zida darhol bloklashingiz mumkin. Qayta chiqarish atigi bir daqiqa, faollashtirish esa taxminan 15 daqiqa davom etadi. Bularning barchasini bankka telefon qilmasdan va  u yerga bormasdan bajarolasiz.

 

Plastik karta esa, o‘z navbatida, kundalik xarajatlar — pul o‘tkazmalari, do‘konlardagi xaridlar va hisoblarni to‘lash uchun ko‘proq mos keladi.

 

Virtual Visa kartasi qulayroq bo‘lgan holatlar

 

Visa Virtual xizmatlar va veb-saytlarda bir martalik to‘lov qilishda, shuningdek, chet el sayohatlarini rejalashtirish paytida qulay. U bilan aviachiptalarni oldindan sotib olishingiz, mehmonxonani band qilishingiz yoki sayohat paketini buyurtma qilishingiz mumkin. Safarga esa o‘zingiz bilan naqd valyuta, plastik Visa yoki Mastercard olib ketsangiz bo‘ladi.

 

Virtual Visa kartasini to‘ldirish

 

Kartani faqat TBC UZ ilovasidagi so‘mdagi kartalardan pul o‘tkazib to‘ldirishingiz mumkin. Visa Virtual — bu plastik karta bo‘lmagani uchun uni bankomatga kiritib, naqd pul bilan to‘ldirib bo‘lmaydi.

 

Karta valyutasi — AQSH dollari. To‘lov qilingach, so‘m dollarga TBC Bankning o‘sha vaqtdagi kursi bo‘yicha avtomatik konvertatsiya qilinadi. TBC Bankdagi kursni TBC UZ ilovasining "Valyutalar kursi" bo‘limida bilishingiz mumkin.  Shuningdek, to‘lov paytida summa kiritilganda, kurs avtomatik ko‘rsatiladi.