Yangiliklar

TBC Bank’da intervyu: jarayon qanday o‘tadi va u nima uchun kerak?

Nataly Fein

 

Mijozlarning iste’molchi tajribasini o‘rganish uchun TBC Bank ularni intervyuga taklif etadi. Bu reklama yoki sotuv uchun emas. Aksincha, bank mahsulotlari bo‘yicha taklif va e’tirozlarni to‘plash va ularni bartaraf etish uchundir. Quyida biz so‘rovnoma haqidagi barcha muhim ma’lumotlarni jamladik: u qanday o‘tadi, qancha davom etadi va ishtirok uchun qanday mukofot beriladi.

Bu qanday intervyu

Bu sizning mijozlik tajribangiz haqidagi suhbat. Savollar bank ilovasi va xizmatlaridan kundalik hayotda qanday foydalanishingiz haqida bo‘ladi. Masalan, nima qulay, nima esa tushunarsiz, qaysi jarayonlar sizga qiyinchilik tug‘diradi va qaysi bosqichlarni yanada soddaroq bo‘lishini xohlaysiz.


Buni statistika orqali aniqlash qiyin, chunki u faqat ma’lum darajada ko‘rsatadi. Ya’ni  foydalanuvchilar ilovani qanchalik tez yopayotganini yoki nima sabab jarayonni oxiriga yetkazmayotganini ko‘rsatishi mumkin, lekin muammoning asl sababini ochib bera olmaydi. So‘rovnoma esa muammoni mijoz ko‘zi bilan ko‘rishga hamda mahsulotni optimallashtirishga yordam beradi.

Intervyuga qanday taklif qilishadi

Sizga bank xodimi qo‘ng‘iroq qiladi va intervyuda ishtirok etishni taklif etadi. Qo‘ng‘iroq faqat +998 78 777 27 27 raqamidan amalga oshiriladi. Agar sizga boshqa raqamdan qo‘ng‘iroq qilishsa, suhbatni davom ettirmang va hech qanday shaxsiy ma’lumotlar bilan bo‘lishmang. 

 

Agar rozi bo‘lsangiz, bank mutaxassisi siz bilan uchrashuv vaqtini kelishib oladi. Intervyu telefon orqali o‘tkazilmaydi — bank ofisidagi yuzma-yuz uchrashuv yoki videoaloqa shaklida bo‘ladi.

 

Ofisda. Toshkentliklar uchun bu eng ommabop format: siz uchrashuvga taklif qilinasiz, bank mutaxassisi esa savollar beradi va suhbat davomida barcha tafsilotlarga aniqlik kiritadi. 

 

Videoaloqa orqali. Agar siz boshqa viloyatda istiqomat qilsangiz, intervyu videoaloqa yordamida o‘tkazilishi mumkin. Bu format ofisdagi uchrashuvdan farq qilmaydi, faqat onlayn shaklda o‘tkaziladi. 

 

Muhim eslatma: intervyuga taklif qilish jarayonida yoki uchrashuv davomida bank xodimi sizdan SMS-kodlar, ilova paroli, PIN-kod yoki karta ma’lumotlarini hech qachon so‘ramaydi. Agar sizga shunday savollar berishni boshlashsa — bu TBC Bank xodimi emas. Muloqotni darhol to‘xtating.

Intervyu qanday kechadi

Uchrashuv taxminan bir soat davom etadi, ba’zida kamroq. Boshlashdan avval sizga qisqacha tartib-qoidalar tushuntiriladi va hujjatlarni imzolash so‘raladi: intervyu o‘tkazishga hamda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligingiz haqida. Ushbu hujjatlarda qaysi ma’lumotlaringiz o‘rganilishi va ulardan foydalanish maqsadlari batafsil bayon etilgan.


Bilish muhim bo‘lgan jihatlar:


Anonimlik kafolati: Barcha javoblar anonim shaklda ishlatiladi. Tadqiqot natijalari shaxsiylashtirilmagan holda tahlil qilinadi — xulosalarda foydalanuvchining shaxsi oshkor etilmaydi.


Javoblardan foydalanish huquqi faqat tadqiqot o‘tkazayotgan jamoaga beriladi. 


Agar qaysidir savol sizga noqulaylik tug‘dirsa, unga javob bermasligingiz mumkin.


Fikringiz o‘zgarsa, intervyuni o‘chirishni so‘rash huquqiga egasiz. Bu holda sizning javoblaringiz tahlil qilinmaydi va tadqiqot materiallaridan olib tashlanadi.

Odatda nimalar haqida so‘raladi

Uchrashuv xotirjam va erkin muloqot shaklida o‘tadi. Savollar faqat sizning tajribangiz haqida: odatda bank amallarini qanday bajarasiz, nima sizga qulay va nimani ishlatish qiyin.


Suhbat davomida bank xizmatlaridan foydalanish tajribangiz, ilovaning qulaylik darajasi va yuzaga kelgan noqulayliklar o‘rganiladi. Shu bilan birga, yangi funksiyalar bo‘yicha istak va tavsiyalaringiz ham ko‘rib chiqiladi.


Ba’zida mutaxassis sizga prototipni (ilovaning yangi ko‘rinishi loyihasini) ko‘rsatishi va fikringizni so‘rashi mumkin: nima darhol tushunarli bo‘ldi, nima noaniq? Bunday javoblar biz uchun muhim, chunki ular yangilanishlar barchaga taqdim etilishidan avval noqulayliklarni bartaraf etishga yordam beradi.

Nima uchun aynan sizni tanladik

Mutaxassislar jamoasi mijozlarga tasodifan qo‘ng‘iroq qilmaydi. Har bir loyiha uchun foydalanuvchilarning muayyan guruhi tanlanadi, chunki har xil tadqiqotlar turlicha tajribani talab etadi. Masalan, ba’zan faqat ma’lum bir funksiyadan foydalangan yoki yangi mahsulotni rasmiylashtirgan mijozlarning fikri biz uchun muhim bo‘ladi. Shu sababli, bir loyihada sizga, keyingisida esa boshqa mijozlarga murojaat qilishimiz mumkin.

Ishtirok uchun nima beriladi

TBC Bank intervyudagi ishtirokingiz minnatdorchilik sifatida "Korzinka" supermarketlar tarmog‘ida xaridlar uchun 200 000 so‘mlik vaucher taqdim etadi. Mukofot suhbat yakunlanishi bilan topshiriladi.

Qisqacha: TBC Bank intervyusi haqida nimalarni bilish kerak?

Uchrashuvga taklif faqat rasmiy +998 78 777 27 27 raqamidan amalga oshiriladi. Boshqa raqamlardan kelgan so‘rovlarga javob bermang.


Intervyular ofisda yoki videoaloqa orqali o‘tkaziladi, bu faqat siz bilan uchrashuv vaqti va sanasi kelishib olingandan so‘ng amalga oshiriladi.


Uchrashuvdan avval rasmiy rozilik xatlarini imzolanadi. Ularda tadqiqot uchun qaysi ma’lumotlar olinishi va ulardan foydalanish maqsadlari batafsil bayon etilgan.


Sizning javoblaringiz faqat tadqiqotchilar jamoasiga ma’lum bo‘ladi. Yakuniy xulosalar shaxsiylashtirilmagan (anonim) shaklda tayyorlanadi — shaxsiy ma’lumotlaringiz hech qayerda e’lon qilinmaydi.


Bank hech qachon maxfiy ma’lumotlarni so‘ramaydi. Masalan: ilova paroli, SMS-kod, PIN-kod yoki karta ma’lumotlari.


Intervyudagi ishtirok uchun 200 000 so‘mlik Korzinka vaucheri beriladi. Uni o‘sha kunning o‘zidayoq ishlatishingiz mumkin.